Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.08K
Kanalning ta’rifi

«O'qish - o'sish demakdir»
Loyihalar:
📼 Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
🧲 Kitob izlash: @ilmbot
Sovrinli tanlov: @kitobxonlar_ligasi
Kitob muhokamasi: t.me/e_kutubxona/5656
Mualliflik huquqingiz buzilsa murojaat qiling.
Aloqa: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-06-25 12:04:52 #Mamlakatlar_tanazzuli_sabablari

Qudratli guruhlar ko‘pincha iqtisodiy o‘sishga va taraqqiyot vositalariga qarshi bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish faqat yaxshiroq uskunalar yoki bilimliroq kadrlar soni ko‘payishi emas, balki keng miqyosdagi bunyodkor buzg‘unchilik bilan bog‘liq amaldagi vaziyatni o‘zgartirish va beqarorlashtirish demakdir. Shu bois taraqqiyot iqtisodiy imtiyozlardan mosuvo bo‘lishdan qo‘rqadiganlar hamda siyosiy hokimiyatdan mahrum bo‘lishdan xavfsiragan kuchlar tarafidan to‘siqqa uchramagan taqdirdagina oldinga siljiydi.
Cheklangan resurslar, daromad va hokimiyat uchun kurash o‘yin qoidalarini, iqtisodiy faoliyat ko‘rinishlari va ulardan kim foyda olishini aniqlab beruvchi iqtisodiy institutlar ustidagi kurashga aylanadi. Kelishmovchilik bo‘lgan joyda hammaning istaklari bir xil bo‘lishi mumkin emas. Ba’zilar yutqazib, norozi bo‘lsa, boshqalar o‘zlari istagan natijani qo‘lga kiritadi. Mazkur kurashda kim g‘olib bo‘lsa, o‘shalar mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishini belgilab beradi. Agar taraqqiyotga qarshi bo‘lgan jamoa g‘alaba qozonsa, ular yuksalish yo‘lini to‘sadi va iqtisodiyot o‘sishdan to‘xtaydi.
Qudratli kishilar farovonlik keltiradigan iqtisodiy institutlarni joriy etishni istamasligining sababini siyosiy institutlarni tanlash jarayonida ham osongina ko‘rish mumkin. Cheklanmagan boshqaruv sharoitida elita sinfi o‘zi istagan iqtisodiy institutlarni joriy etish qudratiga ega bo‘ladi. Ularda siyosiy institutlarni plyuralistik ko‘rinishdagi tuzumga o‘zgartirishga qiziqish bo‘lishi mumkinmi? Umuman olganda, yo‘q. Negaki bu faqat ularning siyosiy hokimiyatini zaiflashtiradi, ularga keyinchalik o‘z manfaatlariga mos keluvchi iqtisodiy institutlarni qurishni qiyinlashtiradi, hattoki uni imkonsiz ishga aylantiradi. Aynan shu yerda yana o‘zaro kurash uchun asos topiladi. Ekstraktiv iqtisodiy institutlardan jabr ko‘rgan kishilar cheklanmagan hokimiyatga ega
hukmdorlarning siyosiy tuzumni o‘z xohishlari bilan o‘zgartirishlariga va hokimiyatni bo‘lishishlariga umid qila olmaydilar. Mavjud siyosiy institutlarni o‘zgartirishning yagona yo‘li elitani birmuncha plyuralistik institutlar joriy qilishga majbur qilishdan iborat.


- Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson. "Mamlakatlar tanazzuli sabablari"

@e_kutubxona
4.4K viewsedited  09:04
Ochish/sharhlash
2023-06-23 19:41:24 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №177 mutolaa uchun Remarkning "Jannatdagi soyalar" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 24-iyun, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
4.7K views16:41
Ochish/sharhlash
2023-06-23 07:27:49 Huquq ustuvorligi va qonun ustuvorligi farqlari

Huquq ustuvorligi va qonun ustuvorligi ikki xil tushuncha bo‘lib, ular boshqaruv va adliyani amalga oshirishga nisbatan turli yondashuvlarni ifodalaydi. Bu iboralar o‘xshash eshitilsa-da, ularda asosiy tamoyillari va oqibatlari jihatidan sezilarli farqlar mavjud.

1. Huquq ustuvorligi (qonun vositasida huquqiy prinsiplarning hukmronligi) adolatli jamiyatda qonun-qoidalar ustuvorligini taʼkidlaydigan asosiy huquqiy tamoyilga ishora qiladi. Bu - har bir shaxs, jumladan hukumat ham qonunga bo‘ysunishi va uning oldida hisobdor bo‘lishi deganidir. Huquq ustuvorligining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

a. Qonun oldida tenglik: Qonunlar barcha shaxslarga, ularning mavqei, boyligi va hokimiyatidan qatʼi nazar, teng qo‘llaniladi. Hech kim qonundan ustun emas va har kim qonun ostida teng himoyaga va muomalaga haqlidir.

b. Shaffoflik va oqibatlardan xabardorlik: Qonunlar va huquqiy jarayonlar hamma uchun ochiq, aniq belgilangan va oldindan ko‘rish mumkin. Bu shaxslarning o‘z huquq va majburiyatlarini anglashi va o‘z harakatlarining oqibatlarini oldindan bilishini taʼminlaydi.

c. Odil sudlov va protsessual adolat: Sud jarayonlari xolis va adolatli tarzda amalga oshiriladi. Bunga odil sudlov huquqi, qonuniy vakillik huquqi, aybsizlik prezumpsiyasi hamda isbot va dalillarni taqdim etish huquqi kiradi.

d. Fundamental huquqlar himoyasi: Huquq ustuvorligi so‘z, yig‘ilishlar va ifoda erkinligi kabi fundamental inson huquqlari va erkinliklarini qo‘llab-quvvatlaydi va himoya qiladi. Ushbu huquqlarga nisbatan har qanday cheklovlar aniq qonun-qoidalarga asoslanadi va alohida ko‘rib chiqilishi lozim.

2. Qonun ustuvorligi (qonun vositasida siyosiy hukmronlik) esa qonunlar adolat va shaxsiy huquqlarning kafolati sifatida emas, balki hokimiyatdagilar tomonidan nazorat vositasi sifatida foydalaniladigan tizimni anglatadi. Qonun ustuvorligida hukumat o‘z irodasini qonunlar orqali amalga oshiradi, ammo bu qonunlar adolat, tenglik va hisobdorlik tamoyillarini o‘zida mujassamlashtirmasligi mumkin. Qonun ustuvorligining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

a. Nazorat vositasi: Qonunlar hokimiyatdagilarning harakatlarini qonuniylashtirish uchun ishlatiladi va bunda ko‘pincha tiyib turuvchi mexanizmlar bo‘lmaydi. Hukumat o‘zgacha fikrni bostirish, muayyan shaxslar yoki guruhlarni nishonga olish yoki o‘z qudratini mustahkamlash uchun qonunlarni manipulyatsiya qilishi yoki ularni selektiv (tanlovli) ravishda qo‘llashi mumkin.

b. Sud tizimining mustaqil bo‘lmasligi: Siyosiy hokimiyat unga taʼsir ko‘rsatishi yoki aralashishi mumkin. Sud qarorlari huquqiy tamoyillar va dalillarga asoslangan holda emas, balki hokimiyatdagilarning manfaatlariga xizmat qilish uchun qabul qilinadi.

c. Huquqlarning cheklangan himoyasi: Baʼzi huquqlar qonunda yozib qo‘yilgan bo‘lsada, ularning himoyasi ko‘pincha buziladi. Jismoniy shaxslar odil sudlovdan to‘laqonli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lolmaydi hamda ularning huquqlari samarali arz qilish yoki qayta tiklash vositalarisiz poymol qilinadi.

d. Hokimiyatni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirish: Qonun ustuvorligi hukumatning o‘zboshimcha va tiyiqsiz harakatlariga olib kelishi mumkin bo‘lib, bunda qonunlar oldindan aytib bo‘lmaydigan yoki nomuvofiq tarzda qo‘llaniladi yoki talqin qilinadi. Bu noaniqlik va qo‘rquv muhitini yaratadi, chunki odamlar o‘z harakatlarining oqibatlari qanday bo‘lishini bila olmaydilar.

Xulosa qilib aytganda, Huquq ustuvorligi qonunlar xolis, oshkora va barchaga teng amal qiladigan hamda fundamental huquqlarni himoya qilish va adolatni taʼminlashga xizmat qiladigan tizimni targ‘ib qiladi. Bundan farqli o‘laroq, Qonun ustuvorligi (yoki Qonun hukmronligi) qonunlar hokimiyatdagilar tomonidan, ko‘pincha shaxsiy huquq va erkinliklarni cheklash hisobiga nazorat vositasi sifatida foydalaniladigan tizimni anglatadi.

NeoJadid

@e_kutubxona
4.9K views04:27
Ochish/sharhlash
2023-06-17 16:28:50 #Maqola
Sardor Salim
"Qonun bilan boshqarilamizmi, huquq bilanmi?"
Maqola
0,1 MB
PDF
3 sahifa


@e_kutubxona
6.8K views13:28
Ochish/sharhlash
2023-06-16 18:17:47 YOMON TARBIYACHILAR

Tarbiya san’atining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u deyarli hammaga tanish va tushunarli, ba’zi birovlarga hatto juda osondek tuyuladi. Kishi tarbiya san’ati bilan nazariy yoki amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo‘lsa, unga bola tarbiyalash shunchalik oson bo‘lib tuyuladi.
Ota-onalar ko‘pincha «tarbiya» so‘zi bilan «ma’lumot» so‘zini chalkashtirib qo‘yadilar va bolani ma’lum bir kasbga o‘qitib-o‘rgatish bilan unga tarbiya berdik deb o‘ylaydilar. Yillar o‘tgach, ota-onalarning o‘z farzandlaridan hafsalasi pir bo‘lishining sababi ham mana shunda!
Yana bir haqiqat borki, undan aslo ko‘z yumib bo‘lmaydi: bolaga yaxshi tarbiya berish uchun, ota-onaning o‘zi axloqan toza inson bo‘lmog‘i shart. Axloq masalasida qusuri bor ota-ona o‘z farzandlariga qanchalik mehr bermasin, yomon tarbiyachiligicha qolaveradi. Chunki ota-onaning har bir xatti-harakati va fe’l-atvori bola tabiatida o‘chmas iz qoldiradi.

- Anton RUBINSHTEYN.

@e_kutubxona
6.9K views15:17
Ochish/sharhlash
2023-06-14 17:55:47 #Diktaturadan_Demokratiyaga

«Tinchlik» so‘zini ishlatayotganlarning barchasi ham ozodlik va odillikni ko‘zda tutuvchi tinchlikka intilishayotganlari yo‘q. Shafqatsiz istibdodga tobe bo‘lish va minglab odamlarga yirtqichlarcha munosabatda bo‘lgan diktatorlarga yon berish haqiqiy tinchlik bo‘lolmaydi. Gitler bir necha bor tinchlikka da’vat qilgan. Lekin u buni o‘z izmiga bo‘ysindirish deb tushungan.
Diktatorlar uchun tinchlik ko‘pincha qamoqxona yoki qabr tinchligidan bo‘lak narsani anglatmaydi.


- Jin Sharp: Diktaturadan Demokratiyaga

@e_kutubxona
6.2K views14:55
Ochish/sharhlash
2023-06-13 06:57:00 TIPIK O‘ZBEK

Mentalitet va tafakkur jihatidan tarixiy eksponatlar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz birorta tipik o‘zbek bilan gaplashib ko‘ring. Tipik o‘zbek jamiyatdagi turli tabaqadan bo‘lishi mumkin. Masalan, oldin o‘ylardimki poytaxt aholisi har tomonlama rivojlangan bo‘ladi, odamlari boshqa joylarga nisbatan ilg‘or fikrli bo‘ladi deb o‘ylardim, mutlaqo xato ekan. Poytaxtlik ham fikrlash va mentalitet jihatidan respublikadagi eng olis qishloqdagidan farq qilmaydi.

Yana o‘ylardimki, akademiklar ziyoli bo‘ladi, ochiq fikrli bo‘ladi deb o‘ylardim. Yo‘q, aksincha g‘irt dimiqqan tafakkurli akademiklar behisobligini ko‘rdim.

O‘zbeklardagi qoloq fikrlash asosan nimada namoyon bo‘ladi bilasizmi? Ayollarga munosabatda, xususan kelinga bo‘lgan munosabatda yarq etib o‘zini ko‘rsatadi, shunchalik yaraqlaydiki ko‘zingizni olib qo‘yadi.

Masalan, o‘zi poytaxtda tug‘ilib o‘sgan, nihoyatda zamonaviy yashaydigan fan doktori bo‘lgan qaynona kelinidan cho‘rilikni talab qiladi. Uning akademik darajasi ijtimoiy qarashlariga zarracha ta’sir o‘tkazmagan.

Eng so‘nggi modeldagi brend kiyimlarda yuradigan, telefonning eng so‘nggi modelini tutadigan yigit ammo xotin izlayotganda birinchi talabi "ota-onasiga xizmat qiladigan" kelin bo‘lishi kerak.

Dunyodagi eng qoloq xalqlarda shunday mentalitetni ko‘rdim.

Biz 18-asrlarda qolib ketganmiz va buni normal qabul qilamiz. Qaynona-qaynotasiga ularning injiq talabi darajasida xizmat qilolmagani uchun qanchadan qancha kelinlar haydab yuborilgan.

Mehribon qaynonalar ham bor dersiz. Ammo qanchalik mehribon bo‘lmasin kelinidan xizmat qilishni kutdimi u mehribon emas, chunki xizmat qilish kelinning mutlaqo shar’iy majburiyati emas bo‘lib ham agar ular soppa-sog‘ bo‘lsa. Shuni miyasidan chiqarib tashlashi lozim. Ana shunda menimcha sog‘lom muhit bo‘ladi.

O‘zbek erkaklari, shuni bilib qo‘yingki, ayolingiz ota-onangiz bilan bitta uyda yashashga rozi bo‘lishining o‘zi uning uchun katta qurbonlik, hali xizmat qilishini qo‘yib turing. Eng qashshoq arab davlatlarida ham ayollar erining ota-onasi bilan bitta uyda yashashga rozi bo‘lmaydi.

- Fayziddin Mo‘min

@e_kutubxona
7.4K views03:57
Ochish/sharhlash
2023-06-12 21:07:12 #Hikoya

Ko‘tarilish

Uch kishi to‘qsoninchi qavatga zinapoyadan ko‘tarila boshlashdi. Lift dushanbagacha ishlamas ekan, dam olish kunlari Semga u-bu hujjatlari kerak bo‘lib qolgandi. Qavatma-qavat ko‘tarilisharkan, vaqtni o‘ldirish hamda zerikib qolmaslik uchun galma-gal turli-tuman – quvnoq va qayg‘uli hikoyalarni aytib berishga kelishib olishdi. Nihoyat, to‘qsoninchi qavatga chiqishganda, eng qayg‘uli hikoyani Sem aytib berdi.
– Pastda kalitni unutib qoldiribman, – dedi-yu, behush bo‘lib yiqildi.

Norman Lir va Ben Lir

@e_kutubxona
5.3K views18:07
Ochish/sharhlash
2023-06-11 18:19:34 Maxsus loyiha: Kitob almashamiz

Bu yerda:
Kitob sotishingiz, sotib olishingiz, sovg‘a qilishingiz, almashtirishingiz yoki almashib o‘qishingiz mumkin.
5.0K views15:19
Ochish/sharhlash
2023-06-11 17:53:28 Olomon roziligi uchun harakat qiladiganlar, gohida saroy roziligi uchun harakat qiladiganlardan xatarliroq bo‘ladi. Chunki ular qalbaki xalqparvarlik ortiga yashiringan bo‘ladi va ularni fosh qilish qiyin kechadi.

- Shayx Yusuf Qarzoviy

@e_kutubxona
5.1K views14:53
Ochish/sharhlash