Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.08K
Kanalning ta’rifi

«O'qish - o'sish demakdir»
Loyihalar:
📼 Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
🧲 Kitob izlash: @ilmbot
Sovrinli tanlov: @kitobxonlar_ligasi
Kitob muhokamasi: t.me/e_kutubxona/5656
Mualliflik huquqingiz buzilsa murojaat qiling.
Aloqa: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-04-04 10:05:02 "Kimyoi saodat"
Abu Homid G‘azzoliy
1.5 MB
PDF
233 sahifa

Asrlar davomida "Hujjatul Islom" deb ulug'lanib kelayotgan muallifning ko'p qismdan iborat, g'oyat keng qamrovli mashhur "Ihyou ulmiddin" asarining muxtasar mazmuni o'laroq yaratilgan ushbu kitobda o'sha jarayonda insonning abadiy barhayot ruxi, unga asosiy ko'makchi bo'lmish akdi qanday ishtirok etishi ishonchli misollar yordamida ko'rsagib berilgan. Ular tanadagi har bir a'zoni, his-tuyg'u va sezgini qay tariqa boshqarishi qiziqarli dalillar bilan isbotlanib, odamlar orasidagi munosabatlar zamirida ayni shu omillar yotishi xususida bizning ongu shuurimiz, tafakkurimizga kuchli ozuvqa berguchi g'oyat teran, keng mulohaza yuritilgan.

@e_kutubxona
2.1K views07:05
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:13:16
Bunaqa xalq bilan qo‘ylar singari muomala qilib bo‘lmaydi!

- Abdulqodir Samarqandiy

@e_kutubxona
553 views06:13
Ochish/sharhlash
2023-04-02 07:43:32
Kitob mutolaasi haqida (davomi)

Agar har bir o‘qilgan kitob quvonch va alam, shijoat hamda ruhiy tazarru olib kelmasa, jahon adabiyoti tarixini bilishdan ma’no yo‘q. Fikr-mulohaza qilmasdan o‘qish – xushmanzara tabiat qo‘ynida ko‘zni bog‘lab yurmoq demak. Biz o‘zimizni va turmushimizni unutish uchun emas, balki hayot jilovini yanada ongliroq ravishda anglash uchun o‘qishimiz kerak. Kitobga dimog‘dor o‘qituvchiga qaragan qo‘rqoq o‘quvchi singari emas, balki eng baland cho‘qqini zabt etmoqqa shaylangan shiddatkor alpinist kabi yondashmoq talab etiladi.

- Hermann HESSE

@e_kutubxona
2.1K views04:43
Ochish/sharhlash
2023-04-01 17:18:52 #Hikoya

Anton Chexov. "GO‘L" (hikoya)

   Ancha bo‘ldi...xonamga bolalarimning murabbiyasi Yuliya Vasilyevnani maoshini berish uchun chaqirdim:
- Yuliya, o‘tir! Hisob-kitob qilaylik. Bilib turibman, pulga ehtiyojing bor. Ammo xijolat bo‘lib o‘z haqingni ham so‘ray olmayapsan.
  Xo‘o‘p, sen bilan ish boshlashdan oldin bir oyda o‘ttiz rubl maosh olishingni belgilab olgan edik. To‘g‘rimi?
- Qirq rubl...
- Yo‘q! O‘ttiz rubl. Men daftarimga yozib qo‘yibman. Murabbiyalarga doimo o‘ttiz rubl beraman. Ikki oy ishlabsan.
- Ikki oy-u besh kun...
- Ikki oy ishlagansan. Aniq. Menda yozig‘liq turibdi. Demak oltmish rubl bo‘ladi. O‘nta yakshanbani chiqarib tashlaymiz. Yakshanbada dars bermagansan. Faqat bolalar bilan sayr qilgansan. Uch kun bayram bo‘lgan uni ham chiqarib tashlaymiz.
  Uning yuzlari qizarib qo‘li bilan kuylagi popuklarini behuda g‘ijimlay boshladi. Bir og‘iz ham gapirmadi. Davom etdim..
- Demak uch kun bayramni chiqarib tashlaymiz. Hammasi o‘n ikki rubl bo‘ladi. Kolya to‘rt kun bemor bo‘ldi. Faqatgina Varyaga dars bergansan. Uch kun tishing og‘rigan. Xotinim tushdan so‘ng senga javob bergan. Demak o‘n ikkiga yettini qo‘shsak o‘n to‘qqiz bo‘ladi. Ayirib tashlasak qirq bir rubl qoladi. Shundaymi?
  Yuliya Vasilyevnaning chap ko‘zi qizarib yoshga to‘ldi. Iyaklari titrab yo‘taldi va yutindi. Ammo bir og‘iz ham gapirmadi. Men davom etdim:
- Yangi yildan oldin bitta piyola va tovoqni sindirgan ekansan. Bunga ikki rubl chiqarib tashlaymiz. Piyola bundan qimmatroq turadi. U bizga meros qolgan. Ammo yaratgan seni kechirsin. O‘rniga boshqasini olaqolamiz. Sening e’tiborsizliging tufayli Kolya daraxtga chiqqan va pidjakini yirtgan. Sening aybing bilan Varyaning oyoq kiyimini xizmatkor o‘g‘irlagan. Sen hamma narsaga e’tibor berishing lozim edi. Shunday qilib yana besh rubl chiqaramiz. O‘ninchi yanvarda mendan o‘n rubl olgansan.
  Yuliya Vasilyevna pichirladi:
- Olmaganman!
Men:
- Olgansan. Daftarimda yozilgan turibdi.
- Xo‘p. Shunday bo‘la qolsin.
Davom etdim...
- Qirq birdan yigirma yettini ayiramiz. O‘n to‘rt rubl qoladi.
  Uning ko‘zlari yoshga to‘ldi. Uzun va chiroyli burunlari ustida ter ko‘rindi. Bechora qiz! U titroq ovozda dedi:
- Bir marta olganman. Bir marta uch rubl olganman. Boshqa olganim yo‘q!
Men:
- To‘g‘ri aytding. Men shuni yozmagan ekanman. O‘n to‘rtdan uchni ayirsak o‘n bir qoladi. Mana pullaring azizam. Uch...uch... uch va bir...bir...
  Unga o‘n bir rubl berdim. U qo‘llari qaltirab pulni olib cho‘ntagiga soldi va "rahmat" dedi.
    Men asabiylashib xonada uyoqdan buyoqqa borib kela boshladim. Gʻazabim chiqdi:
- "Rahmat"?! Nega rahmat?
- Pul uchun.
- Jin ursin! Axir men seni taladim-ku! Tortib oldim-ku haqingni, o‘g‘irladim-ku! Sen nega rahmat deyapsan?!
U dedi:
- Boshqa joylarda menga hech narsa berishmagan.
- Hech narsa berishmagan?! Sen indamaganmisan? Men sen bilan hazillashdim. Senga qattiq dars berdim. Senga hamma pulingni beraman. Mana bu konvertda turibdi. Ammo sen shu darajada  ham ojiz bo‘lasanmi?! Nima uchun hujjatlashmaysan? Nega sukut saqlaysan? Bu dunyoda tirnoqlaring o‘tkir bo‘lmasligi mumkinmi? Shu darajada go‘l bo‘lish mumkinmi?
  U ojizona tabassum qilib: "Mumkin", dedi.
Undan qattiq sabog‘im uchun kechirim so‘rab sakson rublni berdim. U xijolat bo‘lib "rahmat" , deb chiqib ketdi. Men uning ortidan qarab fikr qildim:
  "Bu dunyoda zaif bo‘lmoq qanchalar jirkanch!".

@e_kutubxona
1.7K views14:18
Ochish/sharhlash
2023-04-01 15:29:00 Bepulga qalam tebratishni bas qiling

Kitobxonlarning koʻpchiligi ijodkor ham boʻladi, yaʼni baʼzida kayfiyat uchun oʻzi qalam tebratib turadi. Oʻzlarining shaxsiy bloglarini yuritadigan obunachilarimiz ham yoʻq emas.

Ammo tasavvur qiling, yozganlaringiz uchun sizga pul toʻlansa. Uyda oʻtirib, kompyuter yoki telefonda matn yozib, pul topsangiz, qiziqmi?

Buning uchun kompaniyalarning reklama matnlarini, saytlardagi maqolalarni, Telegramdagi postlarni yozishni oʻrganishingiz kerak. Bunday mutaxassis KOPIRAYTER deyiladi.

Ammo maslahatim, bu sohaga shunchaki kirib kelavermang, oʻzingizga ustoz toping va sohaning yoʻl-yoʻriqlarini oʻrganing.

Bu borada matnlar bilan ishlash boʻyicha 8 yillik tajribaga ega mutaxassis, @xatoliklar Telegram-kanali asoschisi Abduazim Rustamxoʻjayevga shogird tushishni tavsiya qilaman. Ayni damda ularning «Toʻgʻri kopirayting» kursi uchun kattagina chegirma ham ketyapti.

Agar siz:
aqliy mehnatni maʼqul koʻrsangiz;
noutbuk (yoki telefon) va internetingiz boʻlsa;
sotuv matnlarini yozish orqali pul topishni istasangiz

— @Copywriting_Support'ga murojaat qiling va KOPIRAYTING sohasi haqida batafsil maʼlumot oling.

Kurs asl narxi: 650 000 soʻm
Chegirmadagi narx: 430 000 soʻm

Kursga yozilish: @Copywriting_Support
1.8K views12:29
Ochish/sharhlash
2023-04-01 15:21:58 O‘zbek adabiyoti
T. N. Qori Niyoziy
"Hayot maktabi"
Esdaliklar, xotiralar
15,3 MB
PDF
358 sahifa

@e_kutubxona
1.8K views12:21
Ochish/sharhlash
2023-03-29 17:34:17 Kitob mutolaasi haqida (davomi)

Shunchaki o‘qish, bu – diqqatni to‘plashga majbur etuvchi mashg‘ulot va ovunish uchungina o‘qish, o‘z-o‘zini aldash. Loqayd kishilar uchun, umuman, biror narsadan ovunishning hojati yo‘q. Aksincha, ular hamma joyda diqqat-e’tiborli bo‘lishlari, qayerda nima ish bilan shug‘ullanishmasin, nima haqda fikr yuritishlaridan qat’i nazar, o‘zlarini butun vujudlari bilan voqealar girdobida his etmoqlari zarur.
Hayot qisqa, uning poyonida hech kimdan o‘qilgan kitoblar soni so‘ralmaydi. Foydasi yo‘q ekan, o‘qishga vaqt sarflash aqllilik belgisi emas, aksincha, koni ziyon emasmikin? Men bu o‘rinda faqat yomon kitoblarni emas, avvalambor “sifatli mutolaa”ni nazarda tutayapman. Hayotda bosgan har bir qadaming kabi o‘qishdan ham biron natija kutiladi. Mutolaadan yangi kuch-g‘ayrat olmoq uchun avval kuch sarf etmoq, yanada yaxshi tushunmoq uchun oldin o‘zingni “yo‘qotmoq” kerak.

- Hermann HESSE

@e_kutubxona
1.7K views14:34
Ochish/sharhlash
2023-03-27 13:00:05 "Yaqinda Yevropaga ko‘chasiz. Qonunlariga amal qilasiz. Sigareta qoldig‘ini yerga tashlamaydigan bo‘lasiz. Jamoatchilik joylarida chekmaysiz. O‘tish uchun maxsus belgilab qo‘yilgan joylardangina o‘tasiz. Sizda xavfsizlik tushunchasi shakllanadi. Derazangiz oldidan mushuk o‘g‘irlansa polisiyaga xabar beradigan bo‘lasiz. Mashina haydasangiz xavfsizlik kamarini taqib olasiz. Bolalarni orqa o‘rindiqda o‘tirg‘izasiz. Navbatning uzunligi kilometrga yetsada navbatda turadigan bo‘lasiz. Yevropa fuqaroligini olganingizdan so‘ng o‘zingizga yoqqan kishini saylaysiz. Ana shunda saylaydigan kishingizning o‘tmishiga, qilgan ishiga qiziqasiz. Agar shu ishlarning barchasini yurtingizda qilganingizda Yevropaga ko‘chishga qaror qilmagan bo‘lar edingiz!".

- Mahmud Darvish

@e_kutubxona
1.8K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-03-26 17:37:43 Kitob mutolaasi haqida

Ko‘pchilik, afsuski, kitob o‘qishni bilmaydi va ko‘p kishilar nima uchun o‘qiyotganini tuzukroq tushunib ham yetmaydilar. Ba’zilar buni savodli bo‘lishning qiyin, biroq yagona yo‘li, deb biladi. Ularning fikricha, har qanday kitob kishini “o‘qimishli” qila oladi. Boshqa birovlar uchun esa o‘qish, bu – dam olish, shunchaki vaqtni o‘tkazish va ularga nimani (maqola, roman, she’r, xabar va hokazo) o‘qish baribir, zerikarli bo‘lmasa bas. Shunchaki dam olish, vaqt o‘tkazishni istagan va “o‘qimishli” bo‘lish haqidagina qayg‘uradigan o‘quvchi kitobdagi dilni poklovchi, kishini ruhlantiruvchi qandaydir noma’lum bir kuchni sezadi. Biroq bu kuchni u aniq tasavvur etolmaydi va baholay ham olmaydi. Bunday kitobxon tibbiyotdan mutlaqo bexabar bemorga o‘xshaydi, ya’ni aynan qaysi dori kerakligini anglamasdan, har bir qutichadagidan tatib ko‘ra boshlaydi. Aslida, mutolaa borasida ham har bir kishi o‘zi uchun zarur, yangi kuch hamda ruhiy ta’sir baxsh eta oladigan kitoblarnigina topa bilishi maqbul emasmikin?
Albatta, biz mualliflarga odamlar ko‘p mutolaa qilishlari yoqadi. Muallifning kitobxonlar haddan tashqari ko‘p kitob o‘qishlariga e’tibor qaratishi u qadar to‘g‘ri emas. Chunki mingta loqayd o‘quvchidan o‘nta yaxshi kitobxon afzal. Shu bois, bemalol ta’kidlayman, hamma joyda haddan tashqari ko‘p mutolaa qilishadi va bu – adabiyot uchun obro‘ emas, balki ziyon keltiradi, xolos. Kitob mustaqil bo‘lmagan kishilarni yana ham ma’naviy zaiflashtirish uchun yozilmaydi, bundan tashqari, undan ba’zan noqobil odamlarga arzon-garov manzara hamda osongina o‘zgartirilgan hayotni ko‘rsatish uchun ham foydalanishadi. Kitoblar insonni hayotga yo‘llagandagina, unga xizmat qilgandagina foydali. Agar kitob o‘quvchiga oz bo‘lsa-da, kuch-g‘ayrat, shijoat, ma’naviy poklik baxsh etmasa, mutolaa uchun sarf etilgan har bir soat behuda va besamar qolaveradi.

- Hermann HESSE

@e_kutubxona
1.9K views14:37
Ochish/sharhlash
2023-03-24 12:07:20 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №171 mutolaa uchun Ahmad Muhammad Tursunning "Sohilsiz dengiz" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 25-mart, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
1.5K views09:07
Ochish/sharhlash