Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.08K
Kanalning ta’rifi

«O'qish - o'sish demakdir»
Loyihalar:
📼 Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
🧲 Kitob izlash: @ilmbot
Sovrinli tanlov: @kitobxonlar_ligasi
Kitob muhokamasi: t.me/e_kutubxona/5656
Mualliflik huquqingiz buzilsa murojaat qiling.
Aloqa: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 27

2022-08-09 16:40:53 Ilmga yetishish

Tavoze’ hamda ustozni jon qulog‘i bilan tinglash bilangina ilmga yetishish mumkin. Zero,
Alloh taolo:
«Albatta, bunda uyg‘oq qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lib, quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir» (Qof surasi, 37-oyat), deb aytadi.

Oyatdagi «qalb egasi»dan murod ilmni qabul qiluvchi, fahmlovchi kishidir. Shogird ustozining tavsiyalariga quloq solmagunicha, qalbini ilm eshitish uchun hozirlamagunicha uni fahmlay olmaydi. Muallimning ko‘rsatmalarini go‘zal tarzda eshitishi, unga itoatda bo‘lishi, shukrini, xursandligini, minnatdorligini izhor etishi lozim. Talaba ustozga nisbatan yumshoq tuproqdek bo‘lishi kerak. Qachon yumshoq tuproqqa mo‘l yomg‘ir
yog‘sa, darrov o‘ziga singdiradi. Xuddi shuning singari ustoz dars davomida biror narsaga buyursa, o‘z fikridan voz kechib, so‘zsiz unga itoat etish talabaning burchidir.
Zero, ustozning yanglish so‘zi uning o‘z nazdidagi to‘g‘ri so‘zidan foydaliroq. Manfaati katta bo‘lish bilan birga, eshitilishi g‘aroyib sanalgan daqiq narsalar tajriba orqali bilinadi. Aslida tabib harorati baland kasalga ba’zan quvvatini oshirish uchun muolajani buzadigan darajada haroratni ko‘taruvchi dori bersa, tabobatdan xabari yo‘q kishi taajjublanadi.

- Imom G‘azzoliy

@e_kutubxona
6.5K viewsedited  13:40
Ochish/sharhlash
2022-08-08 11:47:42 Munozara qoidasi

Munozara qiluvchi tortishuvni faqatgina xaqni bilmoq, topmoq uchun qilishi kerak.
Xuddi yo‘qolgan molini qidirayotgan inson kabi. Ya’ni, yo‘qotgan molini o‘zi topadimi, yoki birodarining vositasi bilan topadimi farqi yo‘q. Qarshisidagi insonni tortishuvchi raqib emas, balki yordamchi deya qabul qilmog‘i lozim. Qachonki unga xatosini bildirib, haqiqatni oshkor qilsa, go‘yo yo‘qolgan molini qidirib yo‘lga chiqqan vaqtida birodari yo‘l ko‘rsatsa, uni mazammat qilmasdan, balki unga xursand holda tashakkur aytgani kabi, unga ham tashakkur aytmog‘i kerak.
Ha, sahobai kiromlarning mashvaratlari, munozaralari xuddi shunday edi. Bir xotin Hazrati Umarga (r.a.) e’tiroz bildirganida, u zot jamoat huzurida: «Bu ayol to‘g‘ri so‘zladi, Umar esa xato ketdi», deya e’lon qilganlar. Bir kishi Hazrati Alining (r.a.) oldilariga kelib, u zotga savol berdi. Hazrati Ali berilgan savolga javob berganlaridan so‘ng, boyagi kishi: «Ey Amirul mo‘minin! Berilgan savolning javobini yanglish aytdingiz, menimcha javob bunday bo‘ladi», deb fikrini izhor qildi. Shunda Hazrati Ali unga: «Sen to‘g‘ri aytding, men xato qildim. Har bir ilm sohibidan buyukroq ilm sohibi chiqaveradi», dedilar.

- Imom G‘azzoliy

@e_kutubxona
5.5K views08:47
Ochish/sharhlash
2022-08-07 20:59:44
Siz uchun rus adabiyotining eng yaxshi asari bu — ...
Anonymous Poll
4%
12 stul
11%
Anna Karenina
17%
Jinoyat va jazo
6%
Telba
22%
Urush va tinchlik
10%
Usta va Margarita
10%
Yevgeniy Onegin
5%
Zamonamiz qahramoni
5%
O‘lik jonlar
11%
Boshqa
1.4K voters5.2K views17:59
Ochish/sharhlash
2022-08-06 10:01:57 #Qiyomat

Inson bolasi boyish vasvasasida yalpi tus olgan taqlidchilikka taqlid qilish va manmanlik o‘rtasida ovorayu sarson bo‘lib yuradi. Mana shu uch narsa - ommaviy ongning uch nahang balig‘i. Hamma yerda va hamma zamonlarda odmi odamlarning hayotlari shular zaminida barqaror turadi. Barcha katta-kichik kulfatlar ulardan hosil bo‘ladi. Ularga in quradi. E’tiqodlar va qarashlarning qashshoqligi, nochorligi ham ulardan. Odmi odamlarning tengsiz qudratga ega bo‘lgan bu mafkurasini yengadigan kuchni yer yuzida topish mushkul. Ichi bo‘sh va xavol bo‘lsa-da, hech qachon nuramas bu qoyaga ruhning qanchadan-qancha parvozlari o‘zini urib, parcha-parcha bo‘lib ketmagan deysiz... Uning choparlarga qo‘shilib borayotgani ham o‘shandan dalolat - ruh nochor, lekin horimas.

- Chingiz Aytmatov. "Qiyomat" romanidan

@e_kutubxona
5.6K views07:01
Ochish/sharhlash
2022-08-05 13:33:46 O‘rta Osiyolik bir mashhur shayx bor edi. Unga shogird va murid bo‘laman degan talabgorlar ko‘p edi.

Bir kuni navbatdagi “potok”ka shogirdlikka qabul qilish marosimi o‘tkazildi. Katta maydonga yuzdan ortiq odamlar yig‘ilgandi. Shayx yig‘ilganlarga murojaat qildi.

“Kimki ta’limdan ko‘ra o‘yin-kulguni afzalroq bilsa... kimki o‘rganish mashaqqatidan qochib oson yo‘lga o‘zini urishga moyil bo‘lsa... kimki haqiqiy bilim olish o‘rniga nomiga go‘yoki o‘zini bilim olayotgandek imitatsiyani afzal bilsa... bir qadam oldinga chiqsin!”

Tabiiyki, hech kim joyidan jilmadi.

“Juda yaxshi”, dedi shayx. “Yuringlar, men sizlarni o‘zimning eski shogirdlarim bilan tanishtiraman.”

Katta bir zalga kirishdi. Zalda bir necha yuzta odam yerda o‘tirishar edi. Shayx u yerda o‘tirganlarga qarab, boyagi so‘zlarini takrorladi:

“Kimki ta’limdan ko‘ra o‘yin-kulguni afzalroq bilsa... kimki o‘rganish mashaqqatidan qochib oson yo‘lga o‘zini urishga moyil bo‘lsa... kimki haqiqiy bilim olish o‘rniga nomiga go‘yoki o‘zini bilim olayotgandek imitasiyani afzal bilsa... o‘rnidan tursin!”

Birdan butun zal oyoqqa turdi...

Yangi kelgan shogirdlikka talabgorlar hayron bo‘lib qolishdi. Shayx ularga qaradi:

“Bular mendan uch yildan beri ta’lim olishadi. Ular ham uch yil oldin o‘zlarini haqiqiy bilimga talabgor, o‘rganishga moyil deb hisoblashar edi. Ko‘rib turganingizdek, hozir unaqa emas. Sizlarni ogohlantiraman: hozir sizlar, yangi kelganlar, o‘z haqingizda juda yaxshi fikrdasiz. Uch yildan keyin mana bularga o‘xshab o‘zingizni rasvo odam deb hisoblay boshlaysizlar. Shuning uchun menga shogird bo‘lishdan oldin o‘ylab ko‘ringlar: o‘zingiz haqingizda yoqimsiz ma’lumotlarni kashf qilishga tayyormisizlar?”

- Idris Shoh. “Qanday o‘rganishni o‘rganish” kitobidan.

@e_kutubxona
5.4K views10:33
Ochish/sharhlash
2022-08-04 18:14:25 Kitobxonlar klubi: Avgust oyida muhokama qilinadigan asarlar ro‘yxati

№150 | 06.08.2022 | 21.00 ~ 23.00
Muhammad Sharif. Parvoz (hikoya, 14b)

№151 | 13.08.2022 | 20.00 ~ 23.00
Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon (roman, 149b)

№152 | 20.08.2022 | 21.00 ~ 23.00
Frans Kafka. Jazo koloniyasida (hikoya, 27b)

№153 | 27.08.2022 | 20.00 ~ 23.00
Ilya Ilf, Yevgeniy Petrov. O‘n ikki stul (roman, 351b)

——————————————————
- Oddiy muhokama
- Tanlovli muhokama

——————————————————
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblar yutib oling. Har shanba va yil davomida.

2022-yil davomida tahlil qilinadigan asarlar ro‘yxati

@e_kutubxona
4.9K views15:14
Ochish/sharhlash
2022-08-04 18:03:00 O‘zbek adabiyoti
Muhammad Sharif
"Parvoz"
Hikoya
0,1 MB
PDF
14 sahifa

@e_kutubxona
4.5K views15:03
Ochish/sharhlash