Get Mystery Box with random crypto!

'Kitobxonlar' Hazramiy aytadi: 'Bir paytlar Qurtubada yashadi | Elektron kutubxona

"Kitobxonlar"

Hazramiy aytadi:
"Bir paytlar Qurtubada yashadim. Bir kuni kitob bozoriga kirdim. O‘zim uchun muhim bir kitobni qidirib yurgan edim, nogoh oldimdan o‘sha kitob chiqib qoldi. Nihoyatda go‘zal xat bilan, ajoyib sharhlar bilan yozilgan edi. Juda ham qattiq xursand bo‘ldim. Unga kattaroq narx aytdim. Sotuvchi bir kishi mendan ziyodaroq narx aytganini takrorlayverdi. Kitobning narxi haddan oshib ketdi. Shunda men kitob sotuvchisiga dedim:
- Kim ekan u, bu kitobni shuncha qimmatga oladigan? Kitobning narxi haddidan oshib ketdi-ku!
Sotuvchi menga bashang kiyinib olgan bir kishini ko‘rsatdi. Men u kishiga yaqinlashib bordim va dedi:
- Sayyidimiz faqihni Alloh aziz qilsin! Agar bu kitob siz uchun kerak bo‘lsa men olishdan voz kechaman. Narxini juda ham ko‘tarib yubordik!
U kishi dedi:
- Men faqih emasman. U kitobning ichida nima borligini ham bilmayman. Ammo a’yonlar orasida faxrlanish uchun men bir go‘zal kutubxona bino qilganman. O‘sha kutubxonamda bitta kitobga joy bor. Shu kitob juda chiroyli yozilgan ekan. Jildlari ham chiroyli ekan. Menga yoqib qoldi. Shuning uchun puliga parvo qilmayapman. Alhamdulillah Alloh menga ko‘p rizq berib turibdi!
Men unga dedim:
- Subhanalloh! Tishsiz insonga Alloh yong‘oq beribdi-da!

Bir kungina oldin narsalar bilan faxlanish o‘zimizning asrning kasalligi deb o‘ylagan edim. Ammo u juda qadimdan bor ekan. Insonlar barcha asrlarda insonligicha qolaverar ekan. Ularning faqat ismlari o‘zgarar ekan xolos!
Madaniyatni da’vo qiluvchilar juda ko‘p. Bittasi kitob sotib oladi. Uning yonida bir finjon qahvani qo‘yib rasmga tushiradi. Ammo kitobning ichida nima borligini bilmaydi. Bu ijtimoiy obro‘ga, keng tarqagan modaga aylandi. Juda ko‘pchilik shunga mubtalodir!

Ba’zilar iqtisod qiladigan faxrlanuvchidir. Ular suratga olib ovora bo‘lishmaydi. Boshqa faxrlanuvchi tushirgan suratni olib tarqatib qo‘ya qolishadi. Suratning ostiga bu kitobning juda yaxshiligini yozadi. Aslida kitob ichidan bexabar bo‘ladi!
Ba’zilar kitob rasmlarini xuddi ancha zamonlar oldin o‘qib bo‘lgandek qilib qo‘yadi. So‘ngra esa uni bir necha profillarda ko‘rasan.
Tabiiyki, men kitob bilan qahva suratini qo‘yishga qarshi emasman. Yoki kitob haqida go‘zal iqtiboslar qo‘yishga ham qarshi emasman. Bu ishlar go‘zal ishlarga sherik bo‘lishdir. Men qarshi bo‘lgan narsa madaniyatning da’vosidir.

Oq uy tomonidan e’lon qilingan Avraam Linkolnning tarjimai-holida uning qanaqa diplomlar, qanaqa mukofotlar olgani bilan bir qatorda qanaqa kitoblar o‘qigani haqida ham yozishgan ekan. Buni o‘qigan Avraam Linkoln o‘qilgan kitoblar qatorida u o‘qimagan kitoblarni ham qo‘shib ketishganini ko‘rib qoladi. Shunda yordamchisidan tezda o‘sha kitoblarni topib kelishini talab qiladi va ularni o‘qib chiqadi. Kishi uchun qilmagan ishini qildim deyishi ayb ekanligini aytadi!

- Abdulqodir Samarqandiy

@e_kutubxona