Get Mystery Box with random crypto!

#Mamlakatlar_tanazzuli_sabablari Odamlarning qanday iqtisodiy | Elektron kutubxona

#Mamlakatlar_tanazzuli_sabablari

Odamlarning qanday iqtisodiy institutlar asosida yashashini siyosiy jarayon hal qiladi, bu jarayon qanday kechishini esa siyosiy institutlar belgilaydi. Masalan, fuqarolarning siyosatchilarni nazorat qilish va ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatlarini mamlakatning siyosiy institutlari belgilaydi. Bu esa, o‘z navbatida, siyosatchilarning fuqarolar vakili ekani yoki yo‘qligi, shaxsiy boyliklarini ko‘paytirish hamda aholiga zarar keltirib, o‘z manfaatlari himoyasida ishonib topshirilgan (balki egallab olingan) vakolatni suiiste’mol qilishi masalasini aniqlab beradi. Siyosiy institutlarga konstitusiya va jamiyatning demokratik yoki gayridemokratik ekanligi kiradi, lekin siyosiy institutlar shular bilangina cheklanmaydi. Davlatning jamiyatni tartibga solish va boshqarish qudrati, layoqati ham shular sirasiga kiradi. Bundan tashqari, siyosiy hokimiyatning jamiyatda qanday taqsimlanishini, ayniqsa, turli guruhlarning o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida yoki boshqa guruhlar maqsadlariga erishishining oldini olish uchun birgalikda harakat qila olish imkoniyatini belgilab beruvchi omillarni yanada kengroq mulohaza qilish ham muhim.
Modomiki, institutlar kishilarning xatti-harakatlari va intilishlariga ta’sir ko‘rsatar ekan, ular mamlakatlarni taraqqiyot yoki tanazzul sari yetaklaydi.
Shaxsiy iqtidor jamiyatning har qanday jabhasida muhim, ammo uni ijobiy shaklda yuzaga chiqarish uchun sharoit bo‘lishi kerak.


- Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson. "Mamlakatlar tanazzuli sabablari"

@e_kutubxona