Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17.08K
Kanalning ta’rifi

«O'qish - o'sish demakdir»
Loyihalar:
📼 Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
🧲 Kitob izlash: @ilmbot
Sovrinli tanlov: @kitobxonlar_ligasi
Kitob muhokamasi: t.me/e_kutubxona/5656
Mualliflik huquqingiz buzilsa murojaat qiling.
Aloqa: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-04-28 15:35:55
#Yangi_nashr

Kitob nomi: «Xolid ibn al-Valid. Yengilmas qo'mondon»
Muallif: Ali Ibrohim Akram

• Tarjimon: Gulinur Oymatova
• Nashriyot: Yangi asr avlodi
• Til: O'zbekcha
• Yozuv: Kirillcha
• Betlar soni: 688
• Muqovasi: Qattiq
• Chop etilgan yili: 2022

Ushbu asar, avvalo, muallifning aniq tarixiy manbalarga asoslangani, qolaversa, jang bo‘lib o‘tgan hududlarni shaxsan borib ko‘rib, xaritalarini shakllantirgani, islomning dastlabki, muhtasham yillarida sodir bo‘lgan janglar va voqealarni jonli tarzda tavsiflagani bilan ahamiyatlidir.

Narxi qancha?
• Bookuz: 70 000 so'm
• Azon kitoblari: 72 000 so‘m
• Qamar: 72 000 so‘m
• Hilol Nashr: 72 500 so‘m
• Asaxiy Books: 79 000 so‘m

Izoh: Kitob do‘konlaridan kitoblarni yuqorida ko‘rsatilgan narxda xarid qilishingizga «@e_kutubxona» sahifasi kafolat bermaydi.

@e_kutubxona
2.5K views12:35
Ochish/sharhlash
2023-04-27 14:06:01 #Vatandoshlik_dasturi

Majburiylikda tanlov erkinligi yo‘q va bunday vaziyatda hech narsani hal qilib [qaror berib] bo‘lmaydi. Inson o‘zini tanlov vaziyatida his qilgandagina qaror berishi (nimanidir hal qilishi) mumkin. Qaror qabul qilish, qarorni rad etish, yoki uni kechiktirish javobgarlikni (mas’uliyatni) ergashtirib kelishini inson haqiqiy, (sof) tanlov holatidagina tushunadi. Bu haqda insonlar bir-biriga muhim vaziyatlarda doimo eslatib turishlari kerak!
Tanlov imkoniyati bo‘lgan vaziyatdagina qaror qabul qilish mumkin.


- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

@e_kutubxona
843 views11:06
Ochish/sharhlash
2023-04-26 19:03:33 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №173 mutolaa uchun Sharlotta Brontening "Jeyn Eyr" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 29-aprel, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
2.2K views16:03
Ochish/sharhlash
2023-04-26 18:06:38
#Qalblardan_soʻrang

Jahshologiya

Agar farzandlarimiz Messi haqida Umar roziyallohu anhudan ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lsa, Xadicha onamizdan ko‘ra Shakirani ko‘proq tanisa, ana shu "jahshologiya".

@e_kutubxona
2.7K views15:06
Ochish/sharhlash
2023-04-25 18:21:02
#Yangi_nashr

• Kitob nomi: «Sayyid Nosirxon to‘ra Kosoniy»
• Mualliflar: Bahrom Irzayev, Nodirjon Abdulahatov
• Nashriyot: Azon kitoblari
• Til: O'zbekcha
• Yozuv: Kirillcha
• Betlar soni: 220
• Muqovasi: qattiq
• Chop etilgan yili: 2023
• Adadi: 3000

Ushbu kitobda favqulodda qobiliyat sohibi, qomusiy olim, Turkiston Muxtoriyatining maorif vaziri, Turkiston ozodligi yo‘lida shahid ketgan Sayyid Nosirxon tura Kosoniy (1873-1930) hayoti va faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Monografiya, tarix, dinshunoslik, agiografiya va masavvuf adabiyoti bilan qiziquvchi kitobxonlarga mo‘ljallangan

Narxi qancha?
• Azon kitoblari: 33 ming so'm
• Qamar: 36 ming so'm
• Asaxiy Books: 45 ming so‘m

Kitob do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.

@e_kutubxona
2.7K views15:21
Ochish/sharhlash
2023-04-25 08:53:54 #Nazm

Muhammad Yusuf tilidan
(Bitilmagan so‘nggi she’r) 

VIDO

Rizqim uzilganga o‘xshaydi, chog‘i, 
Izlama, hech qanday tashhisu, malham.
Tobora avjlanar dardning o‘chog‘i, 
Yetolmasam kerak Toshkentgacha ham. 

Tek qo‘y, kuzatmagin, vujudim og‘rir,
Ellikqal’a degan yurtda ne gunoh 
Vatanning sharqida tug‘ilib, oxir, 
G‘arbida o‘lmoqni bitibdi, Alloh! 

Ig‘vo tarqatmanglar maza-bemaza, 
Mabodo, yuz bersa biror bir kor-hol. 
Toshkentda ochmasin, hech qanday aza,
Sim qoqqin, Abdulla Orifga darhol! 

To‘xta, aytib qolay, jon pishmasidan,
Hammasi joyida: seyf, stol, palos... 
Faqat Yozuvchilar uyushmasidan, 
Bir varaq ariza qarzim bor, xolos. 

Aytgancha, stolim chap tortmasida, 
Bir shoir yigitning qo‘lyozmasi bor. 
Adashmasam, edi yurtga qasida, 
Shuni nashriyotga-taqrizga yubor. 

Og‘zim quriyapti, suv ber, bir qultum,
"Ruh o‘zin ulfati jondan toʻymoqda". 
Oh, ota bo‘lib men, nima ham ko‘rdim, 
Yuragim kuymoqda, ichim kuymoqda! 

"To‘rt" bolamdan birin menda ko‘ngli yo‘q,
Nima qilay axir, Xudoyim aytsin. 
Nazira o‘gaymas, uning o‘g‘li yo‘q, 
Boburga aytinglar, Darxonga qaytsin! 

Shoirning she’rlari-taqdiri, derdi, 
Rosti ishonmasdim, bosmasdi titroq.
Nahot, Robbim menga shunday dard berdi
Taqdirim bo‘ldimi "Lolaqizg‘oldoq"!?

Jonsiz jigarimga botmoqda tikan, 
Qoraytirib borar yuzlarimni g‘am. 
Aslida, she’rlarim peshonam ekan, 
To‘yin ko‘rolmadim qizlarimni ham. 

O‘lsam, uch qizimga bo‘ladi og‘ir, 
Ehtimol, ular ham qilishar toqat. 
Yig‘lashib, yig‘lashib ko‘nadi oxir, 
Onamni ko‘ndirib bo‘lmaydi faqat! 

Kor qilmaydi unga hech himmatingiz, 
O‘zin ado qilar, jonini yeya 
Ayting sekingina-Muhammadingiz, 
Ketdi MUHAMMADning yoniga-deya. 

Soat nechchi bo‘ldi, qosh qoraydimi,
Jonga tegdi dersan, shu shoiri ham. 
"Menga havo yetmas...", jon toraydimi, 
Buncha hayalladi, Azroili ham. 

Kelishin kutamiz endi nachora, 
Bir shoir jonida intiqomi bor. 
Aytgancha, uch kundan keyin, bechora,
Nozima qizimning imtihoni bor. 

Eh, nima bo‘lar-a, rektorga borgin, 
Bir iltimos qilgin, uchrab o‘ziga. 
Tegsa, tegibdida, yordami axir, 
Muhammad Yusufning bitta qiziga. 

Ana kelayotir, ajal pishqirib, 
Uzmoq bo‘lar rizqu-saodatimni. 
Qaysi bir so‘zimda olar...ishqilib, 
Aytishga ulguray Shahodatimni. 

Oh, nima deysan-a, Naziramga ayt, 
Sho‘rlikni yoz qolib, qishi tushmasin. 
Yana tilga chiqar, o‘zim bitgan bayt: 
"Nomard odamlarga ishi tushmasin!" 

Unga shon kerakmas, unvon kerakmas,
Yetadi xilqatu-xayoli degan. 
Unvon berib ketay men unga, abad, 
Muhammad Yusufning ayoli degan! 

Ichim achiyapti Adabiyotga, 
Arzirli bo‘lmadi, o‘gitlarim ham. 
So‘zini muhrlab abadiyatga, 
Odam bo‘larmikan shogirdlarim ham? 

Bilaman, yozadi qalamin o‘pib, 
Sirojiddinlaru, Azim Suyunlar. 
Qo‘rqaman, qo‘shiqchi shoirlar qo‘pib, 
Bosib kelmasmikan qaro quyunlar! 

Nahot o‘z o‘zimdan ko‘nglim to‘lmasa, 
Chala qoldi saboq, bo‘ldi endi kech! 
Faqat bir o‘gitim: dardi bo‘lmasa, 
Shogirdman demasin Muhammadga, hech! 

Muhammaddan iymon, Yusufdan jamol, 
Yashadim, lek shoir jismi bilan, men. 
Gunoh ham qilganim rostdir, ehtimol, 
Ikki Payg‘ambarning ismi bilan, men!

O‘zi kechirguvchi, istig‘for aytgum, 
Darig‘ tutma mendan muhabbatingni. 
O‘zingdan yaraldim, o‘zingga qaytgum,
O‘zing kechir sodda Muhammadingni!

O‘LIM NIMA,
BU HAM BITTA SAYR, ONA, 
O‘G‘LING QARO YERGA KЕTDI
XAYR ONA...!


O‘lmasbek Samarqandiy

@e_kutubxona
3.2K views05:53
Ochish/sharhlash
2023-04-24 17:01:50 #Turkiston_qaygʻusi

"Hayot tarixi insonlarning sinfiy kurashlaridangina iborat", degan xato fikr Karl Marks tomonidan o‘rtaga otilgan kundan boshlaboq, xalqaro yashirinib yotgan hasad o‘ti qo‘zg‘olib, insoniyat olamiga fitna-fasodlar eshigi ochilmish edi. Bu fikrni ko‘rlarcha qabul qiluvchi odamlar qo‘liga hukumat o‘tgandan so‘ngra xalq o‘rtasida sinfiy ayrimachilikni va ham xususiy mulkni yo‘qotish uchun ishchilar hokimiyati nomidan dahshatli qonunlar chiqardilar. Shuning natijasida qora ishchi, nodon dexqonlardan boshqa xalq ichida "haqlik-haqsiz" degan fitna g‘avg‘osi boshlandi. Dindorlarcha - Olloh odatiga, dahriylarcha tabiat qonuniga qarshi turishib, hayot olamida bir tekis haqli yaratilgan insonlar ichida bir qismini o‘zlari chiqargan xayoliy qonunlariga asoslanib, tub huquqlaridan butunlay mahrum qildilar.

- Alixonto‘ra Sog‘uniy. "Turkiston qayg‘usi"

@e_kutubxona
1.1K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-04-23 13:12:55 #Vatandoshlik_dasturi

Jamiyatni tartibga solishning asosiy mexanizmi - bu axloqdir. Ma’lumotlarga ko‘ra, inson xatti-harakatlarining 60 foizi axloqiy me’yorlarga bog‘liq.
Axloqiy va g‘ayriaxloqiy xulq o‘rtasidagi chegarani ko‘rsatishning yengil misoli
taqiqlansa-da, dalaga zaharli moddalarni (pestisidlarni) sepib, asalarilarning o‘limiga sabab bo‘lgan dehqon harakatlarida ko‘rish mumkin. Yuridik nuqtai nazardan, bu harakatni xohlagancha talqin qilish mumkin, ammo uyat hissi bo‘lmasa, unda hech qanday qonun yordam bermaydi. Qonunlar axloqiy qadriyatlar tizimining o‘rnini bosa olmaydi.
Insonning xulq-atvori va ijtimoiy hayoti asosan axloq bilan tartibga solinadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, insonlarning 60 foiz xulq-atvori vijdonga, bilimga va axloqiy me’yorlarni hurmat qilishga bog‘liq. Axloqni hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Agar axloq ishlamasa, jamiyatdagi barcha institutlar tashkilotlar, muassasalar, jamoalar, oilalaru boshqa hamma narsa zulmatga yuz tutadi.

- Yulo Vooglayd. "Vatandoshlik dasturi" kitobidan

@e_kutubxona
971 views10:12
Ochish/sharhlash
2023-04-21 07:13:32 Assalomu alaykum!

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin, azizlar!
887 views04:13
Ochish/sharhlash
2023-04-20 12:32:57 #Fozil_odamlar_shahri

JAHOLATDAGI SHAHARLARNING
AHOLISI HAQIDA SO‘Z


   Adashgan jaholatda qolgan shaharlarning aholisiga kelsak, ularning ruhlari kamol topmagan bo‘ladi, chunki ular (ruhni tarbiyalash o‘rniga) faqat moddiy mulk, noz-ne’matlarga qiziqadilar va dastlabki tushunchalar yordamida haqiqiy baxt-saodat haqidagi haqiqatlarni o‘zlashtirib olmaganlar. Ular ishongan moddiy mulk, buyumlar abadiy emas, buziluvchi, yo‘qoluvchi bo‘lgani, ba’zilari avvalroq, ba’zilari keyinroq yo‘qoluvchi bo‘lgani sababli, ularning modasi yo‘qolmaydi-yu, boshqa (keraksiz) chiqindilarga aylanishi mumkin. Bu chiqindilar ham aynib, chirib ketganida eng oxiri yana ilk unsurlar holiga keladi.
Shundan so‘ng o‘sha ilk unsurlar turlicha birlashib, aralashib, (Yer yuzida yana jonli va jonsiz mavjudotlar paydo bo‘lib) yangi hayot boshlanadi. Bu ilk unsurlardan qanday mavjudot paydo bo‘lishi ular aralashadigan muhitning holatiga bog‘liq.
Fazilatli shaharlar aholisi esa, ularning ruhlari avvalgi ajdodlari qoldirgan ma’rifat va ma’naviyatni o‘zlashtirib, kamolotga yetishganlari sababli moddiy mol-mulklarga kishanlanib, qattiq bog‘lanib qolmaydilar. Ular aslida, fitratda vijdonli, sofdil bo‘lgani sababli dunyoviy hayotda ba’zi yomon xulqlarga berilib, gunoh, yomon ishlar qilgan bo‘lsalar, vijdonan, ruhan azoblanadilar, avvalgi fazilatlari bunday tuban ishlarga qarshilik ko‘rsatadilar va shu sababli yana azoblanadilar. Jaholatdagi shaharlarning aholisi baxt-saodat deb o‘ylab tuban ishlarni qilayotganida ular ruhining aqlli qismida qattiq-og‘riq paydo bo‘lsa ham, hissiy lazzat bu og‘riqni sezdirmay qo‘yadi. Agar inson hissiyotlarini jilovlay olsa, ruhning aqlli qismi yomon xulq va tuban qilmishlardan og‘riq sezadi va moddiy buyumlar, zebu ziynatlardan uzoqlashadi. Biror falokatga uchrab, xafa bo‘lgan odam hissiy rohat vaqtida qayg‘usini unutganiday, hissiy rohat tamom bo‘lganida yana qayg‘usi esiga tushganiday holat yuz beradi. Shunga inson hissiy rohatlar bilan doimo mashg‘ul bo‘laversa, ruhining sog‘lom qismi qayg‘u-kulfati bergan vijdon og‘rig‘ini sezmay yashayveradi. Hissiy rohatlar, lazzatlar jism zaiflashganida yoki jonsizlanganida tugaydi, ana shunda ruh o‘z hayotida qolgan yomon qilmishlari, gunohlarini eslab, doimiy azoblanaveradi. Agar shunday holat oddiy fuqaroga nisbatan ancha baland mavqedagi odamda yuz bersa, uning tortadigan azoblari oddiy odamning azoblariga nisbatan ko‘p marta og‘irroq bo‘ladi. Agar shunday (yuqori mavqedagi) odamning qayg‘usiga o‘ziga o‘xshash do‘stlarining ham qayg‘ulari qo‘shilsa, azob-uqubatlar yanada kuchayadi va doimiy davom etadi. Baxt-saodatning ziddi bo‘lgan baxtsizlik shunday bo‘ladi.
Adashganlar shahrining aholisiga kelsak, uning boshlig‘i, raisi o‘zi haqiqiy baxt nimaligini bilsa ham, o‘zining qandaydir g‘azabli maqsadlariga yetishni ko‘zlab, xalqni yo‘ldan urgan, adashtirgan, shu sababli bunday shahar (davlat) aholisi xulqi buzilgan, ma’naviyatsiz bo‘ladi. Bunday shahar boshlig‘i ham, aholisi ham haqiqiy baxt-saodat yo‘lidan adashgani uchun baxtsiz bo‘ladilar.

- Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri"

@e_kutubxona
964 views09:32
Ochish/sharhlash