Get Mystery Box with random crypto!

#Mamlakatlar_tanazzuli_sabablari Qudratli guruhlar ko‘pinc | Elektron kutubxona

#Mamlakatlar_tanazzuli_sabablari

Qudratli guruhlar ko‘pincha iqtisodiy o‘sishga va taraqqiyot vositalariga qarshi bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish faqat yaxshiroq uskunalar yoki bilimliroq kadrlar soni ko‘payishi emas, balki keng miqyosdagi bunyodkor buzg‘unchilik bilan bog‘liq amaldagi vaziyatni o‘zgartirish va beqarorlashtirish demakdir. Shu bois taraqqiyot iqtisodiy imtiyozlardan mosuvo bo‘lishdan qo‘rqadiganlar hamda siyosiy hokimiyatdan mahrum bo‘lishdan xavfsiragan kuchlar tarafidan to‘siqqa uchramagan taqdirdagina oldinga siljiydi.
Cheklangan resurslar, daromad va hokimiyat uchun kurash o‘yin qoidalarini, iqtisodiy faoliyat ko‘rinishlari va ulardan kim foyda olishini aniqlab beruvchi iqtisodiy institutlar ustidagi kurashga aylanadi. Kelishmovchilik bo‘lgan joyda hammaning istaklari bir xil bo‘lishi mumkin emas. Ba’zilar yutqazib, norozi bo‘lsa, boshqalar o‘zlari istagan natijani qo‘lga kiritadi. Mazkur kurashda kim g‘olib bo‘lsa, o‘shalar mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishini belgilab beradi. Agar taraqqiyotga qarshi bo‘lgan jamoa g‘alaba qozonsa, ular yuksalish yo‘lini to‘sadi va iqtisodiyot o‘sishdan to‘xtaydi.
Qudratli kishilar farovonlik keltiradigan iqtisodiy institutlarni joriy etishni istamasligining sababini siyosiy institutlarni tanlash jarayonida ham osongina ko‘rish mumkin. Cheklanmagan boshqaruv sharoitida elita sinfi o‘zi istagan iqtisodiy institutlarni joriy etish qudratiga ega bo‘ladi. Ularda siyosiy institutlarni plyuralistik ko‘rinishdagi tuzumga o‘zgartirishga qiziqish bo‘lishi mumkinmi? Umuman olganda, yo‘q. Negaki bu faqat ularning siyosiy hokimiyatini zaiflashtiradi, ularga keyinchalik o‘z manfaatlariga mos keluvchi iqtisodiy institutlarni qurishni qiyinlashtiradi, hattoki uni imkonsiz ishga aylantiradi. Aynan shu yerda yana o‘zaro kurash uchun asos topiladi. Ekstraktiv iqtisodiy institutlardan jabr ko‘rgan kishilar cheklanmagan hokimiyatga ega
hukmdorlarning siyosiy tuzumni o‘z xohishlari bilan o‘zgartirishlariga va hokimiyatni bo‘lishishlariga umid qila olmaydilar. Mavjud siyosiy institutlarni o‘zgartirishning yagona yo‘li elitani birmuncha plyuralistik institutlar joriy qilishga majbur qilishdan iborat.


- Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson. "Mamlakatlar tanazzuli sabablari"

@e_kutubxona