Get Mystery Box with random crypto!

TIPIK O‘ZBEK Mentalitet va tafakkur jihatidan tarixiy ekspona | Elektron kutubxona

TIPIK O‘ZBEK

Mentalitet va tafakkur jihatidan tarixiy eksponatlar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz birorta tipik o‘zbek bilan gaplashib ko‘ring. Tipik o‘zbek jamiyatdagi turli tabaqadan bo‘lishi mumkin. Masalan, oldin o‘ylardimki poytaxt aholisi har tomonlama rivojlangan bo‘ladi, odamlari boshqa joylarga nisbatan ilg‘or fikrli bo‘ladi deb o‘ylardim, mutlaqo xato ekan. Poytaxtlik ham fikrlash va mentalitet jihatidan respublikadagi eng olis qishloqdagidan farq qilmaydi.

Yana o‘ylardimki, akademiklar ziyoli bo‘ladi, ochiq fikrli bo‘ladi deb o‘ylardim. Yo‘q, aksincha g‘irt dimiqqan tafakkurli akademiklar behisobligini ko‘rdim.

O‘zbeklardagi qoloq fikrlash asosan nimada namoyon bo‘ladi bilasizmi? Ayollarga munosabatda, xususan kelinga bo‘lgan munosabatda yarq etib o‘zini ko‘rsatadi, shunchalik yaraqlaydiki ko‘zingizni olib qo‘yadi.

Masalan, o‘zi poytaxtda tug‘ilib o‘sgan, nihoyatda zamonaviy yashaydigan fan doktori bo‘lgan qaynona kelinidan cho‘rilikni talab qiladi. Uning akademik darajasi ijtimoiy qarashlariga zarracha ta’sir o‘tkazmagan.

Eng so‘nggi modeldagi brend kiyimlarda yuradigan, telefonning eng so‘nggi modelini tutadigan yigit ammo xotin izlayotganda birinchi talabi "ota-onasiga xizmat qiladigan" kelin bo‘lishi kerak.

Dunyodagi eng qoloq xalqlarda shunday mentalitetni ko‘rdim.

Biz 18-asrlarda qolib ketganmiz va buni normal qabul qilamiz. Qaynona-qaynotasiga ularning injiq talabi darajasida xizmat qilolmagani uchun qanchadan qancha kelinlar haydab yuborilgan.

Mehribon qaynonalar ham bor dersiz. Ammo qanchalik mehribon bo‘lmasin kelinidan xizmat qilishni kutdimi u mehribon emas, chunki xizmat qilish kelinning mutlaqo shar’iy majburiyati emas bo‘lib ham agar ular soppa-sog‘ bo‘lsa. Shuni miyasidan chiqarib tashlashi lozim. Ana shunda menimcha sog‘lom muhit bo‘ladi.

O‘zbek erkaklari, shuni bilib qo‘yingki, ayolingiz ota-onangiz bilan bitta uyda yashashga rozi bo‘lishining o‘zi uning uchun katta qurbonlik, hali xizmat qilishini qo‘yib turing. Eng qashshoq arab davlatlarida ham ayollar erining ota-onasi bilan bitta uyda yashashga rozi bo‘lmaydi.

- Fayziddin Mo‘min

@e_kutubxona