Get Mystery Box with random crypto!

#Hikoya Ko‘tarilish Uch kishi to‘qsoninchi qavatga zinapoyad | Elektron kutubxona

#Hikoya

Ko‘tarilish

Uch kishi to‘qsoninchi qavatga zinapoyadan ko‘tarila boshlashdi. Lift dushanbagacha ishlamas ekan, dam olish kunlari Semga u-bu hujjatlari kerak bo‘lib qolgandi. Qavatma-qavat ko‘tarilisharkan, vaqtni o‘ldirish hamda zerikib qolmaslik uchun galma-gal turli-tuman – quvnoq va qayg‘uli hikoyalarni aytib berishga kelishib olishdi. Nihoyat, to‘qsoninchi qavatga chiqishganda, eng qayg‘uli hikoyani Sem aytib berdi.
– Pastda kalitni unutib qoldiribman, – dedi-yu, behush bo‘lib yiqildi.

Norman Lir va Ben Lir

@e_kutubxona