Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.83K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 23

2022-10-17 20:28:25 #Ihyou_ulumid_din

Odamlar turli xil, ba’zilari ko‘zi ochiq, fahm-farosatli, ayrimlari faqat tanbeh, ta’lim bilan anglaydi, ba’zilariga esa ta’lim ham, tanbeh ham kor qilmaydi.
Bu xilma-xillik tuproq tarkibining har xil bo‘linishiga o‘xshaydi. Ya’ni, ba’zi yerlarda suv to‘planadi va so‘ng buloq bo‘lib oqib chiqadi, ayrim yerlarga ariq qazib, suv olib boriladi, ayrimlariga esa, suv borgan-bormaganining farqi yo‘q. Xuddi shuningdek, odamlar ham aql g‘arizasida farqlanadi. Aqllarning naql jihatidan tafovutiga Abdulloh ibn Salom rivoyat qilgan hadis dalolat etadi. Arshning ulkanligi vasf etilgan uzun hadisda Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Farishtalar: «Yo Rabbimiz, Arshdan ham ulkanroq narsa yaratganmisan?» deyishdi. U zot: «Ha, u aqldir», deya javob qildi. «Uning o‘lchovini nima bilan bilsa bo‘ladi?» deyishganida, Alloh: «Hayhot, uning ilmini ihota qilib bo‘lmas, sizlar qum sonini bilarmisizlar?» dedi. Ular: «Yo‘q», deya javob berishdi, Alloh shunday dedi: «Men aqlni qum adadicha turli-tuman qilib yaratdim. Odamlardan ba’zilariga bir dona-bir donadan berilgan bo‘lsa, ayrimlariga ikki dona berilgan, yana boshqalariga uch, to‘rt dona ato etilgan. Ulardan faraq miqdori, vasaq miqdori, va undan ham ko‘p berilganlari bor» dedi».

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

@e_kutubxona
5.6K views17:28
Ochish/sharhlash
2022-10-16 05:00:01 Maqolalar:

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayhning asarlarini o‘rganish tartibi

O‘zbekistonda eng ko‘p o‘qilayotgan 10 ta kitob

O‘tgan asrning 7 rus adabiyoti durdonasi

Garvard tomonidan tavsiya etilgan 5 ta kitob

Yosh yozuvchi uchun foydali 50 kitob

Barkamollikka yetaklovchi 40 ta kitob ro’yxati

Insoniyat tarixidagi eng yaxshi romanlar

Kitob javoningizdan o‘rin olishi kerak bo‘lgan 10 ta mashhur avtobiografik asar

O’ta qiziqarli syujetga ega bo’lgan 10 ta kitob

Milliardlarni lol qilgan kitoblar: Top 10

Urush haqida 5 ta o‘ta ta'sirli kitob

«Rahbarlarning sevimli kitobi»: Vazirlar va hokimlar qanday kitoblarni o‘qiydi?

«Rahbarlarning sevimli kitobi»: Oliy sud raisi va Ichki ishlar vazirining sevimli kitoblari

@e_kutubxona
7.5K viewsedited  02:00
Ochish/sharhlash
2022-10-15 11:29:35 #Oʻtkan_kunlar

«Hamma fasod ululamirda, agar ululamir durust odam bo‘lsa, uch-to‘rtta muttahamning yomonlig‘i hech qayerg‘a bormas va buncha gunohsiz bechoraning qoni o‘rinsiz to‘kilmas edi. Janobi payg‘ambari xudo hadisi shariflarida aytadirlarkim, «agar bir qavmning ishi noahl odamg‘a topshirilg‘an bo‘lsa, bas, o‘shal qavmning qiyomatini yaqin bil, ya’ni halokatiga muntazir bo‘l». 
Bas, bizning korlarimiz ham ko‘b fursatlardan beri noahl odamlarning qo‘lig‘a qolib va har zamon ul nobakorlar bizlarning boshimizg‘a anvo‘i kulfatlarni soladirlar. Ilohi kori badlari o‘z boshlari birlan daf’ bo‘lg‘ay
». 

- Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan

@e_kutubxona
5.1K viewsedited  08:29
Ochish/sharhlash
2022-10-12 13:16:31 #Oʻtkan_kunlar

«Burodarlar! Oʻrus o'z ichimizda chiqadirg'an fitna-fasodni kutib, darbozamiz tegida qo'r to'kib yotibdir. Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovgʻa beradirgan kuchimizni o'z qoʻlimiz bilan oʻldirsak, sen falon deb qirilishsaq holimiz nima boʻladir. Bu toʻgʻrida ham fikr qilgʻuchimiz bormi? Kunimizning kofir qoʻlig'a qolishi toʻgʻrisida ham oʻylaymizmi yoki bunga qarshi hozirlik koʻrib qoʻygʻanmizmi?!
Mana, burodarlar! Siz oʻz qipchog'ingiz uchun qabr qazigʻan fursatda, sizga ikkinchilar tobut chopadir. Biz qipchoqqa qilich ko'targanda, oʻrus bizga toʻp oʻqlaydir. Siz dunyoda oʻzingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni koʻrsangiz, men boshqa yovni har zamon oʻz yaqinimg'a yetgan koʻraman! Agarda dunyodan o'tayozg'an bir keksangizning maslahatiga quloq bersalaringiz bu fikringizdan qayting, burodarlar! Illo Yusufbekni oʻldiga chiqarib, bu shum ishingizdan meni tashqarida hisoblangiz!»


- Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan

@e_kutubxona
1.2K views10:16
Ochish/sharhlash
2022-10-10 18:53:06 IRSHOD

Hayotda avval ilm tahsil qil, keyin kasb-hunar qilib haloldan mol-dunyo to‘pla! Shunday keyin uylan! Chunki agar ilm tahsil qilayotgan vaqtingda mol-davlat talabiga o‘tsang, shubhasiz ilm olishga ojiz bo‘lasan. Mol-davlating ko‘payib, maishatga qiziqasan, cho‘ri va yosh xizmatchilarga sotib olishga rag‘bating oshadi. Shu bilan davlat ko‘paytirish va xotinlar bilan mashg‘ul bo‘lib qolib, ilmdan benasib bo‘lasan. Umring va qimmatli vaqtlaring bekor ketadi. Keyin bolalaring ko‘payadi, ahli ayol g‘am-tashvishlari ham ortib, o‘z-o‘zing bilan bo‘lib qolasan. Shubhasiz, hojatlarini chiqarish va manfaatlarini ziyoda jalb qilishga berilasan. Natijada ilmni va uning foydalarini tark qilasan!
Ey farzand! Yoshlik vaqtingda ilm bilan shug‘ullan! Yoshlikni g‘animat bilib ilm, kasb-hunar egalla! Chunki unda qalbing turli g‘am-tashvish, muammolardan holiy bo‘ladi. Nimani qiziqib o‘rgansa, qalbga o‘rnashadi. Ilm va kasb egallagandan keyin mol-davlat yig‘ishga harakat qilsang, to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lasan. Ahli ayol, farzandlarni ko‘pligi, shubhasiz, qalb va xayolingni egallayli tashvish va muammolar ko‘nglingni band qiladi.
Qachon mol-davlat to‘plasang uylan. Maslahat bilan munosib va salohiyatli kishilarning soliha farzandini turmushing mazmuniga aylantir.

Imomi A’zam Abu Hanifa hazratlarining shogirdlari imom Abu Yusufga irshod va vasiyatlari

- «Ta'lim al-muta'allim» kitobidan

@e_kutubxona
955 views15:53
Ochish/sharhlash
2022-10-08 09:00:07 #Olim_odam_va_olam

Ramziy hikoya

   Shayton kelib eshakning bogʻichini yechib yubordi. Eshak qoʻshnining bogʻini payhon qilib, xomu pishganni barobar yeb tashladi. Buni koʻrgan bogʻbonning xotini qoʻliga miltiq olib, eshakni otib tashladi. Eshak egasi oʻq ovozini eshitib chiqdi va eshagining oʻlib yotganini koʻrgach gʻazablanib, bogʻbonning xotinini otib oʻldirdi. Bogʻbon kelib xotinining oʻlib yotganini koʻrdi. Miltigʻini qoʻlga olib, u ham oʻz oʻrnida eshak egasini otib oʻldirdi...

   Shunda shaytondan: «Sen oʻzi nima qilib qoʻyding?» deya soʻrashdi. U javob qildi: «Hech narsa qilganim yoʻq. shunchaki jamiyatni buzmoqchi boʻlsam, bir eshakni qoʻyvoraman, eshak oʻzi uni xarob qiladi-qoʻyadi»

- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan

@e_kutubxona
2.4K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-10-07 19:33:20 #Maqola
Abu Muslim
"Kalamushlar texnologiyasi"
Maqola
0,2 MB
PDF
8 sahifa


«Odamlar hali ham ozodlik, baxt va teng huquqlik haqidagi chiroylik gaplarga laqqasidan tushib o‘tirar ekan, hamda elektorat bilan ishlash, saylovlarda qatnashish yoki “rangli” inqiloblar ishtirok etishlari bilan o‘zlari bilmagan holda “kalamush qirollari”ni ko‘paytirib beradigan tizimni (sistema) barpo qilishga xissa qo‘shmoqdalar.
Bugun odamlar bir-birlarini yeyish bilan ovoradirlar. Ko‘ziga lo‘q qarab yoki turli xil xiyla-nayranglar bilan bo‘ladimi farqi yo‘q, bu yerda texnologiya ikkilamchidir. Asosiysisi ochiqcha odamxo‘rlik bo‘lyapti. To‘g‘ri, tepadagilar qo‘llarini qonga botirayotganlari yo‘q. Ammo, kalamushlarning quyidagi tabaqalaridagilar o‘z hamjinslarini beayov to‘namoqdalar
».

@e_kutubxona
2.6K views16:33
Ochish/sharhlash
2022-09-30 14:00:06 #Olim_odam_va_olam

Usmonlilar davrida hovli eshiklarida ikki qo‘ng‘iroq osilardi. Katta va kichik. Agar eshik kichik qo‘ng‘iroq bilan qoqilsa, uni ayol kishi qoqqani ma’lum bo‘lar va peshvoziga xonadonning ayoli chiqardi. Kattasi ishga tushganda esa, eshik oldida erkak kishi turgani tushunilardi va tabiiyki javobga erkak kishi chiqardi.
Xastasi bor xonadon eshigiga esa qizil gul bog‘lami osib qo‘yilardi. Bu bilan o‘tkinchi, sotuvchi va sayoqlarga ichkarida kasal borligidan ishora berilardi. Gulni ko‘rgan mazkurlar shu sabab shovqin ko‘tarmay o‘tishardi.
Bular buyuk ummat bo‘lgan kunlarimiz xotiralaridan edi...

- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan

@e_kutubxona
2.6K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-09-30 08:16:02 Jahon adabiyoti
Lev Tolstoy
"Faqirlar"
Hikoya
0,1 MB
PDF
4 sahifa


@e_kutubxona
1.1K views05:16
Ochish/sharhlash
2022-09-29 21:16:24 Kitobxonlar klubi: Oktabr oyida muhokama qilinadigan asarlar ro‘yxati

№158 | 01.10.2022 | 21.00 ~ 23.00
Lev Tolstoy. Faqirlar (hikoya)

№159 | 08.10.2022 | 21.00 ~ 23.00
Abu Muslim. Kalamushlar texnologiyasi (maqola)

№160 | 15.10.2022 | 20.00 ~ 23.00
Onore de Balzak. Gobsek (qissa)

№161 | 22.10.2022 | 21.00 ~ 23.00
Abduqayum Yo‘ldoshev. Puankare (hikoya)

№162 | 29.10.2022 | 20.00 ~ 23.00
Lev Tolstoy. Anna Karenina (roman)

——————————————————
- Oddiy muhokama
- Tanlovli muhokama

——————————————————
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblar yutib oling. Har shanba va yil davomida.

2022-yil davomida tahlil qilinadigan asarlar ro‘yxati

@e_kutubxona
2.0K views18:16
Ochish/sharhlash