Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.83K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 20

2022-11-14 13:39:49 ​​O‘ylab ko‘ring.

​​Zamonamiz ota-onalari o‘z burchlarini qanchalik "qoyillatib qo‘yayotganlarini" bilmoqchi bo‘lsangiz Youtube'da eng ko‘p ko‘rilgan videolarni qarang: aksari yosh bolalar uchun olingan multfilmlar (hatto "islomiy" multfilmlar bo‘lsa ham!), ashulalar va shu kabi narsalar.
Qachon bolasi yig‘lasa, asrimiz ota-onalari qo‘liga telefon berib, Youtube ni ochib beradi. Ba’zilar islomiy tarbiya beryapman, deb islomiy multfilm yo nashidlar qo‘yib beradi. Islomiy tarbiya oson ekan-da! Bola hatto kipriginiyam pirpiratmay, qorni ochganiniyam unutib videolardan ko‘zini uzolmay, Youtube dunyosiga sho‘ng‘ib ketadi. Undagi jozibadorlik, rang-baranglilik bolani "zombi"ga aylantiradi.

Soha egalarining aytishicha, ijtimoiy tarmoqdan ko‘p foydalangan odamlarda  oxytocin, dopamine kabi hayotdan rozilik, xursandlikni ta’minlovchi gormonlar har soniya katta miqdorda chiqaveradi. Oqibatda ularda bu garmonlar tabiiy ravishda chiqishi buzilib, depressiya, tushkunlik, baxtsizlikni juda ko‘p his qiladigan bo‘lib qoladi. Ayniqsa, bolalarda bu yanayam kuchliroq tarzda bo‘ladi.

Unutmang, farzand o‘stirishda oson yo‘l aslo to‘g‘ri yo‘l bo‘lmaydi. Bolaga youtube'ni ochib berib, bu bilan chalg‘itishingiz, turli kompyuter o‘yinlar olib berishingiz, ularni koka-kola kabi ichimliklar, shirinliklar bilan aldashingiz - bu kabi ishlarning bari sigaret yoki nasha olib berish kabi ishlar toifasidan. Hech biri sog‘lom ruhiyatga ega bolani paydo qilmaydi. Aksincha, undagi Alloh yaratgan sog‘lom fitratni bulg‘aydi, yo‘q qiladi.
O‘ylab ko‘ring.

- Mahmud Usmon

@e_kutubxona
3.9K views10:39
Ochish/sharhlash
2022-11-13 18:26:34
Yulo Vooglayd: Vatandoshlik dasturi

Ushbu kitobning nashr etilishini kutayotganlar bormi?
Anonymous Poll
36%
Ha, kutyapman
12%
Yo‘q, qiziq emas
48%
Bu qanday kitob?
3%
Hali bu kitob saviyasida emasman(
354 voters1.7K views15:26
Ochish/sharhlash
2022-11-13 18:17:15 #Vatandoshlik_dasturi
"Vatandoshlik dasturi" kitobi annotatsiyasi

Ushbu o‘quv qo‘llanma eston olimi Yulo Vooglayd tomonidan yozilgan bo‘lib, unda insoniyat oldida turgan muhim masalalar “Inson”, “Hayot”, “Yashash muhiti”, “Jamiyat”, “Madaniyat”, “Mehnat”, “Rahbarlik”, “Hamkorlik”...  kabi mavzular asosida o‘ziga xos tarzda yoritiladi.

Qo‘llanma eston jamiyatiga yo‘naltirilgan bo‘lsada, unda Estoniya juda kam tilga olinadi va umumiy ma’noda asarni, butun post sovet jamiyatlari uchun mo‘ljallangan deyish mumkin.

Ushbu qo‘llanma - vatandoshga aylanishni istaydigan, vatandosh bo‘lib qoladigan va o‘zini vatandoshlardek tutadigan vatanparvar insonlar uchun yozilgan.

Asar konsepsiyasining negizida – “Davlat va jamiyat - vosita, maqsad esa - baxtli insondir!” g‘oyasi yotadi.

“Inson - nafaqat resurs. Inson va uning farovonligi - ibtido va intiho, maqsadlar asosi va qarorlar maqsadi, asosiy tamoyil va baholashning asosiy mezoni hamdir” deb urg‘ulanadi asarda.

- Hamid Sodiq

@e_kutubxona
9.1K viewsedited  15:17
Ochish/sharhlash
2022-11-11 18:02:06 #Olim_odam_va_olam
OLIMLAR VA AMIRLAR

Rivoyat etilishicha, usmonli xalifa sulton Sulaymonga saroy xizmatchilari To‘pqopi qasri daraxtlarining shoxlarini chumoli bosib ketgani xabarini berishadi.

Mashvarat ahlidan daraxtlar shoxini yog‘lash maslahatini olgach, sulton o‘z odati bo‘yicha oldin rasman Shayxul-islom deb nomlanadigan davlat muftiysi fikrini olmoqchi bo‘ladi. 

Shayx Abu Saud afandidan fatvo olish uchun sulton o‘zi boradi. Joylarida topmagach she’r shaklida quyidagi xatni yozib ketadi: 

Gar chumoli daraxtda o‘rmalar
Uni o‘ldirmoq bo‘lurmi zarar?


Shayx uning maktubini ko‘rgach shunday javob qiladilar: 

Gar adl mezoni qo‘yilsa to‘g‘ri
Chumoli nasibin olur beo‘g‘ri. 


Bu bilan shayx sulton so‘raganidan ham muhimroq vazifadan ogoh etgandilar. 
Sultonning odati doim shunday, ya’ni o‘zi ijro qiladigan har qanday ishga muftiyning yoki davlatdagi ulamolar oliy hay’atining fatvosini olardi.

Sulton Venaga qilgan yurishida Zektor jangida shahid bo‘ladi. Uning jasadini Istambulga keltirishadi.

Dafn asnosida o‘zi bilan qabrga bir sandiqni qo‘yishlarini vasiyat etgani ma’lum bo‘ladi. Uni mol-dunyoga to‘la deb o‘ylashadi va tuproq ostida uvol bo‘lishini o‘ylab sandiqni ochishadi.

Sandiq qiyomatda o‘zini himoya qilish uchun sulton yig‘ib qo‘ygan fatvolarga to‘laligini ko‘rib hayratda qolishadi.

Shunda davlat muftiysi shayx Abu Saud yig‘lagan holda shunday deydilar: "Ey Sulaymon, sen o‘zingni qutqarib olding. Ammo fatvomizda xato qilgan bo‘lsak, bizni qaysi osmon soyalantirib, qaysi yer ko‘tarib turadi??"

Ulamolar shunday bo‘lishgan!!
Hokimlar shunday bo‘lishgan!!

- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan

@e_kutubxona
1.0K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-11-11 14:00:14 Elektron kitoblar to‘plami:
3.6K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-11-10 21:09:07 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №163 muhokama uchun Xayriddin Sultonning "Ko‘ngil ozodadur" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 12-noyabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Manzil: Kitobxonlar klubi
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting. Har shanba va yil davomida.
2.2K views18:09
Ochish/sharhlash
2022-11-10 15:00:09 #Anna_Karenina

Lev Tolstoy. «Anna Karenina» romanidan tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (2)

| 1-kitobdan

Dunyoda ikki toifa ayol bor: biri — faqat o‘z huquqini talab etadi; bu huquq — sening sevging, sen esa sevgingni unga bag‘ishlay olmaysan; ikkinchi toifa ayol esa, borlig‘ini senga qurbon qiladi-yu, sendan hech nima talab etmaydi. Shunda nima qilishing kerak? Qanday harakat etishing kerak? Mana bu dahshatli fojia. (54b)

• Chinakam baxt aql-mulohaza bilan turmush qurishda. (178b)

• Qancha kalla bo‘lsa, shuncha aql bor, qancha ko‘ngil bo‘lsa, demak, shuncha sevgi xili bor. (179b)

• Erkaklar pastkashlik nimaligini tushunishmaydi-yu, lekin shu to‘g‘risida ko‘p gapirishadi. (179b)

• Boshqa xalqqa oliy taraqqiyotga ega bo‘lganlargina ta'sir o‘tkaza oladi. (495b)

• O‘limni o‘ylaganingda hayot zavqi kamayadi-yu, lekin tinchliging ortadi. (482b)

• Biz yashab turgan shu kattakon dunyo — zinqarcha planetamizda paydo bo‘lgan kichkina mog‘ordan boshqa narsa emas, biz bo‘lsak, bizda ulug‘ narsalar — fikrlar, ishlar bo‘lishi mumkin deb o‘ylaymiz.
(482b)

@e_kutubxona
2.9K views12:00
Ochish/sharhlash
2022-11-09 15:40:10 AQL

Aqlning ilm bilan aloqasini aqoid ilmining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri Umar Nasafiy rahmatullohi alayhi quyidagicha ta’riflaydi:
«Aql ham ilmning vositasidir. Unda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan ilm zaruriydir. Har bir narsa o‘zining bo‘lagidan katta ekani haqidagi ilm kabi. Aqlning mushohadasi orqali sobit bo‘lgan ilm kasbiydir. Ahli haq nazdida ilhom bir narsaning to‘g‘riligi haqidagi ma’rifat uchun vosita emas».
    Insonning aqli ilm hosil qilish uchun eng muhim omildir. Aql vositasi ila hosil bo‘ladigan ilm ikkiga bo‘linadi.
    Birinchisi – tahlil va mushohadasiz, bir ko‘rgandayoq o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan ilm. Har bir narsa o‘zining bir parchasidan ko‘ra katta ekani bir ko‘rishda o‘z-o‘zidan bilinadi. Bu «zaruriy ilm» deb ataladi.
    Ikkinchisi - aqlni ishga solib, tahlil va mushohada qilish bilan hosil bo‘ladigan ilm. Bu esa «o‘zlashtirilgan ilm» deb ataladi.
    Aql ila hosil bo‘ladigan ilm his qilish a’zolari vositasida hosil bo‘ladigan ilmdan kuchlidir. Aql vositasi ila his qilish a’zolari yo‘l qo‘ygan xatolar ham tuzatiladi.
    Masalan, suvda biror narsaning aksini singan holatda ko‘rish mumkin. Bu ko‘zning noto‘g‘ri xabaridir, lekin aql suvda aksi shunday ko‘rinayotgan narsaning aslida butun, to‘g‘riligi haqida ilm beradi.
    Kasal odamga shirin taom ham nordon tuyulishi mumkin, lekin aql u taom aslida shirin ekanini anglatadi.
    Ha, Alloh taolo odam bolasini O‘zi bergan aql bilan azizu mukarram qilib qo‘ydi. Inson o‘zidagi aql bilan boshqa hamma maxluqotlardan ustun turadi. Alloh bergan aql ila inson turli tadbirlar qiladi, turli ashyolarni, har turli maxluqotlarni o‘z foydasiga ishlatadi.
    Ayniqsa, bugungi kunimizga kelib, inson o‘z aqlini ishlatib, ilm-ma’rifatning cho‘qqilarini birin-ketin zabt etmoqda. Oyga chiqmoqda, fazoni zabt etmoqda, o‘zining baxt-saodati uchun turli kashfiyotlarni qilmoqda. Yana son-sanoqsiz ishlarni qilishni rejalashtirmoqda.
    O‘z-o‘zidan, demak, inson aqlini ishlatib topgan narsalari uni to‘liq baxt-saodat bilan ta’minlashga yetarli ekan-da, degan xulosa chiqadi. Bu fikrni bir ovozdan tasdiqlaganlar «Chunki bu inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqat-da», - deb qo‘yishadi.
     Ammo musulmon ulamolar bu gapga qo‘shilmaydilar. Ularning barchasi bir ovozdan «Insonning aqli uning to‘liq baxtli bo‘lishi uchun yetmaydi», - deydilar va bu fikrlarining tasdig‘i uchun quyidagilarni aytadilar:
    Insonning barcha jihatlari, imkoniyatlari chegaralangani kabi, aqli ham chegaralangandir. Uning aqli ko‘p narsalarga yetgani bilan, ba’zi narsalarga yetmasligi turgan gap. Insonning barcha a’zolari, jumladan, his qilish a’zolari kamchilik va xatoga yo‘l qo‘ygani kabi uning aqli ham kamchilik va xatoga yo‘l qo‘yishi turgan gap. Bunga misol keltirishning hojati ham yo‘q. Chunki bugungi dunyo inson aqli yo‘l qo‘ygan xatolarga to‘liq yotibdi va o‘sha xatolardan azob chekmoqda.
    Insonda aql bo‘lishi bilan birga, havoyi nafs ham bor. Gohida uning havoyi nafsi aqlidan ustun kelishi hech kimga sir emas. Ana o‘shanda aql bovar qilmaydigan xatolarga yo‘l qo‘yishi ham hammaga ma’lum. Havo deganda nafsning lazzat baxsh etuvchi va shariat ruxsat bermagan shahvatlarga moyil bo‘lishi tushuniladi.
    Shuning uchun ham bugungi aql o‘z rivojining cho‘qqisiga chiqqan bir paytda odamlar o‘zlari uchun koni zarar bo‘lgan mast qiluvchi ichimliklarni o‘zlari man qila olmasdan, ularni ishlab chiqarish bo‘yicha turli musobaqalar uyushtirib, mazkur zaharni ishlab chiqarishda peshqadam bo‘lganlar bir-birlarini mukofotlab yurishibdi.
    Shuning uchun ham bugungi aql o‘z rivojining cho‘qqisiga chiqqan bir paytda odamlar erkakning erkakka, ayolning ayolga nikohlanishi haqida qonunlar chiqarib, bu ishlari bilan maqtanib yurishibdi. Bunday ishlardan jirkanganlarni turli ayblar ila qoralashmoqda.
    Bunga o‘xshash misollarni istalganicha keltirishimiz mumkin. Ammo bugun inson o‘z hayotidagi shikoyat qilayotgan muammolarining barchasi aqldagi nuqsonning va xatoning samarasi ekanini anglab yetsak, kifoya qiladi.

-- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Mukammal saodat yo‘li" kitobidan

@e_kutubxona
1.9K viewsedited  12:40
Ochish/sharhlash
2022-11-08 16:00:13 #Anna_Karenina

Lev Tolstoy. «Anna Karenina» romanidan tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (1)

| 1-kitobdan

Ayollar bamisoli vint — hamma narsa o‘shaning tevaragida aylanadi. (53)

• Undaqalarni mashinada yasab chiqarishadi, hammasi bir-biriga o‘xshaydi. Menga desa shahzoda urug‘idan bo‘lmaydimi. (72)

• Qalbimizni kavlashtirganimizda, ba’zan shunday narsalarni kavlab chiqaramizki, unday narsalar o‘sha yerida ko‘rinmay yotgani yaxshiroq bo‘lardi. (191)

• Bizning hayotimiz payvand qilingan, lekin odamlar tomonidan emas, Alloh tomonidan payvand qilingan. (191)

• Ayol degan narsa shunday bir olamki, uni qancha o‘rganmagin, yana hamma vaqt undan yangi narsa topasan.  Qaysi bir matematik lazzat — haqiqatni topishda emas, uni qidirishda, degan ekan. (210)

• Shuhratparast, mansabparast kishining yuragida hech nima yo‘q. Balandparvoz mulohazalar, ma’rifat va ma’rifatga bo‘lgan sevgisi, din-diyonat bularning hammasi baland martabaga erishish yo‘lidagi quroldir, xolos. (267).

• Bu masalaning ikki tomoni bor: bir tomonida poyga qatnashchilari tursa, ikkinchi tomonida tomoshabinlar. Bu xil tomoshaga ishqibozlik — tomoshabinlarning saviyasi pastligini ko‘rsatadigan eng to‘g‘ri alomatdir. (270)

• O‘z muassasalaridagi muhim, ahamiyatli narsalarni darrov payqab oladigan, ularni ardoqlaydigan xalqlarninggina istiqboli bo‘lishi ana shunday xalqlarnigina tarixiy xalq deb atash mumkin. (322)


@e_kutubxona
1.9K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-11-07 08:00:10 ​​#Olim_odam_va_olam
#Antikorrupsiya
Vo Umaro!!!

Aytishlaricha, Umar ibn Abdulazizning qizchalari bir kun huzurlariga yig‘lab kirdi. O‘sha paytda u yoshgina qizcha bo‘lib, u kun esa hayit kuni edi.
- Sizni nima yig‘latdi, deb amirul-mu’miniyn so‘radilar.

Qizlari: "Hamma bolalar bugun yangi kiyimlar kiyishdi, men amirul-mumininning qizi bo‘la turib, eski kiyimdaman", deya javob qildi.

Umar uning yig‘isidan ta’sirlanib, Baytulmol xazinaboni oldiga bordilar va unga: "Keyingi oy maoshimni menga berib tura olasizmi", dedilar.

Xazinabon: "Nega, yo amiral-mu’miniyn", dedi.
Umar unga bo‘lgan voqeani aytib berdilar.

Shunda xazinabon: Men qarshimasman, lekin bitta shartim bor, dedi.
Umar: U qanday shart ekan, dedilar.

Xazinabon: "Menga keyingi oygacha tirik qolib, oldindan olmoqchi bo‘lgan maoshingizni to‘lab bera olishingizga kafolat bering", dedi.

Umar uni qoldirib, uylariga qaytdilar. Farzandlari: "Otajon, nima bo‘ldi?", deb so‘rashdi.

Umar dedilar: "Yo sabr qilasizlar va hammamiz barobar jannatga kiramiz, yoki sabr qilmaysizlar va otangiz do‘zaxga kiradi". Shunda bolalari: "Sabr qilamiz, otajon", deya javob qilishdi.

Qaniydi bizda ham mana shu uchlik bo‘lganda edi; Umar, xazinachi va Umar bolalari...

- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan

@e_kutubxona
2.8K views05:00
Ochish/sharhlash