Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.83K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 21

2022-11-05 09:59:06
KITOBGA SHAYDOLIK

    Suriyaning sobiq muftiysi fazilatli shayx Ahmad Kuftaru juda ko‘p kitob o‘qir edi. Qayerga borsa qo‘lida kitob bo‘lar, bo‘sh vaqt topdi deguncha kitob o‘qishga kirishar edi. Birov bilan va’dasi yoki uchrashuvi bo‘lmasa ketma-ket o‘n ikki soatlab kitob o‘qir, charchoqni bilmas edi. Doimo shunday der edi:
  "Peshqadam bo‘lish tomon harakat qilayotgan aqlning kaliti kitob o‘qishdir. Xalqlar va millatlarning uyg‘onish siri kitobdir!".

- Abdulqodir Samarqandiy

@e_kutubxona
2.1K views06:59
Ochish/sharhlash
2022-11-04 19:00:07 #Oʻtkan_kunlar

• Jaholat kelsa, aql qochadir

• Muhabbat juda oz yigitlarga muyassar buladirg'an yurak javharidir. Shuning bilan birga ko'b vaqtlar kishiga zararlik ham bo'lib chiqadir. Shuning uchun kuch sarf kilib bo'lsa ham unitish, ko'b uylamasliq kerakdir.

• Ba'zi yengil muhokamalaring onangnikidin qolishmaydir.

• Ammo otangni ham shu jonivorlar orasig‘a qo‘shib o‘lturishing qisqalig‘ingdir.

• «Ularning orzularini bularga so‘zlamayman-da, Toshkandlariga ham bormayman».

• Bir oz aqlg‘a yon berib ish qilg‘an kishi hech bir vaqt dard qilmaydir.

• O‘rinsiz chiransang, beling sinadir.

• Ikki yorni ajratuvchi bu falakning gardishi emas, ota-onaning orzusi!

• «Mamlakatning tinchlig‘i qipchoqlarni kesish bilan hosil bo‘lsa, mayli, kessinlar!
Yurtning obodlig‘i gunohsiz qipchoqning qizil qonig‘a qolg‘an bo‘lsa mayli, o‘ldirsinlar!
Agarda najotimiz qipchoq tuxumini quritishda bo‘lsa— meni ham ossinlar!
Bu palidlarning marhamatiga men ham muhtoj emasman!»


- Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan

@e_kutubxona
2.5K views16:00
Ochish/sharhlash
2022-11-03 12:00:16 #Olim_odam_va_olam

Qoloq mamlakatlarning qoloqligi sabab esa aynan ilmsizlik va jaholatdir. Ular ilmga e’tiborsizligi sababli hatto Alloh zaminlariga berib qo‘ygan tabiiy boyliklaridan unumli foydalana olishmaydi. Yo ularni mustamlakachilarga boy berishgan yoki arzon-garovga sotishga majbur. Bu toifa davlatlarga Iroq va Liviya yoki Saudiya va BAAni misol qilishim mumkin. Keyingi ikki davlatni ro‘yxatda ko‘rib ajablanmang. Ha, aynan ular o‘zlarining mislsiz boyliklarini aqlsizlarcha isrof qilayotgan, mustamlakachi davlatlar tegirmoniga johillik bilan suv quyayotgan mamlakatlardir. Biz mustamlakachi buyuk davlat bo‘lishni xohlamaymiz. Ammo yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirgan, o‘z tabiiy boyliklarini o‘zi to‘liq mahsulotga aylantirgan va katta davlatlar nog‘orasiga o‘ynamaydigan davlat bo‘lishni xohlasak, faqat ilm tufayligina bu maqsadlarga erisha olamiz. Faqat ilm bilan!

- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan

@e_kutubxona
1.9K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-11-01 20:22:20 O‘YIN-KULGU UMMATI!

   “Kundalik xabarlar” gazetasining yozishicha, Bayrutdagi teatrlardan biri bir raqqosa bilan yigirma kechalik shartnoma tuzibdi. Har kecha raqs tushgani uchun unga yuz junayhdan berishar ekan. Bu degani Suriyaning 885 lirasiga to‘g‘ri keladi. Raqqosa bir kechada topadigan pulni davlat ishchisi olti oyda ishlaydi. Qozi uch oyda ishlaydi. Mahkama raisi, universitet professori, muhandislar ikki oyda ishlaydi. Parlament deputati bir oyda ishlaydi. Raqqosaning ikki kechada ishlaydigan puli vazirning maoshiga to‘g‘ri keladi. Uch kechada topadigan puli bosh vazir maoshiga teng. To‘rt kechada topgan puli Prezidentning maoshi bilan teng!
   Bu nima degani?
Aktyor Mahmud Shokoko besh yilda erishgan mol va shuhratga nega Suriyalik yozuvchi, tarixchi, jurnalist va jamoatchilik arbobi Muhammad Ali Kurd yoki boshqa arab davlatlaridagi olimlar ellik yilda ham yeta olmaydi?!
   Buning ma’nosi shuki, biz hazil-mazah, yengil-yelpi, lag‘v va behuda ishlarga berilib ketdik. Bor g‘amimiz va tashvishimiz shu. Jiddiylikdan uzoqlashdik. Bizga vatanni bino qilishdan, foydali ilm olishdan, go‘zal xulqqa ega bo‘lishdan ko‘ra qayoqdagi o‘yin-kulgular va tomoshalar muhim bo‘lib qoldi!
   Biz ommaga “tasalli” beradigan, shahvatlarni uyg‘otib yuboradigan arzon “san’at”ga ahamiyat beradigan bo‘lib qoldik!
  Biz hali buning badalini universitet professori beradigan ilmning oltmish barobaridan ham qimmatroq miqdorida to‘laymiz!
   Buning ma’nosi shuki, biz yashashga munosib emasmiz!

- Ali Tantoviy

@e_kutubxona
3.4K views17:22
Ochish/sharhlash
2022-11-01 11:53:58 Kitobxonlar klubi: Noyabr oyida muhokama qilinadigan asarlar ro‘yxati

№163 | 12.11.2022 | 20.00 ~ 23.00
Xayriddin Sultonov. "Ko'ngil ozodadir"

№164 | 26.11.2022 | 20.00 ~ 23.00
Gyote. "Faust"

——————————————————
- Tanlovli muhokama
——————————————————
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblar yutib oling. Har shanba va yil davomida.

2022-yil davomida tahlil qilinadigan asarlar ro‘yxati

@e_kutubxona
2.4K views08:53
Ochish/sharhlash
2022-10-31 20:45:17 Kitobxonlar klubi faollari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma

Siz o‘qigan eng yaxshi nobadiiy (non-fiction) kitoblar beshligi qanday?


• Lara Woodwild
"Sapiens" Yuval Noa Harari
"Zukkolar va landavurlar" Malkolm Gladuell
"Educated" Tara Westover
"Anna Frank kundaligi" Anna Frank

• Dilnura Yuldosheva:
1. "Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari"
2. "Omma psixologiyasi"
2. "Kuchsizlar kuchi"
4. "Zukkolar va landavurlar"
5. "Oq nilufarlar yurtida"

• Dilfuza Abdullayeva:
1. Ozodlikdan qochish
2. Kuchsizlar kuchi
3. Omma psixologiyasi
4. Temur tuzuklari

• Sarvinoz Shomuratova
1. "Mahbub ul-qulub"
2. "Temur tuzuklari"
3. "Cho'qqida qolgan ovchining oh-u zori"
4. "Omma psixologiyasi"
5. "Oq nilufarlar yurtida"

Off Line:
1. Mo‘jiza sodir bo‘lmaydi (Li Myon Bak)
2. Mening hayotim (Genri Ford)
3. Mamlakatlar tanazzuli sabablari (Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson)
4. Liderlik qonunlari (Teodor Ruzvelt)
5. Kuchsizlar kuchi (Vatslav Gavel)

• Nargizaxon Muhammad Amin
"Boy boʻlish qoidalari"
"Revolyutsiya "
"Biznes-start"
"Liderlik"
"Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi"
"Omma psixologiyasi"

• Maftuna Nurboyeva:
1. Daron Ajemoğlu va Jeyms Robinson. "Mamlakatlar nega qashshoqlashadi..?"
2. Jeyms Klir. "Atom odatlar".
3. Kel Nyuport. "Diqqat. Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari"
4. Gustav Lebon. "Omma psixologiyasi".
5. Genri Ford. "Mening hayotim".

• Inomiddinova Muhayyo
1. Kuchsizlar kuchi
2. Zukkolar va Landavurlar
3. Molxona

Nazokatoy Valijon qizi
1. "Hammasi rasvo" Mark Menson
2. "Zukkolar va landovurlar" Malkolm Gladuell
3. "Fact fullness" Hans Rosling
4. "Atom odatlar" Jeyms Klir
5. "Morrining seshanba darslari" Mich Elbom


Shuningdek, o‘qing:
01. 2021-yilda o‘qilgan TOP 5 kitob
02. 2022-yilda o‘qilishi rejalashtirilgan TOP 5 kitoblar
03. 18 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
04. 23 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
05. Eng yaxshi 5 ta tarixiy asarlar
06. Meni o‘zgartirgan 3 kitob
07. Men o‘qigan eng yaxshi hikoyalar beshligi
08. Eng ko‘p marta o‘qigan kitoblar beshligi

@e_kutubxona
2.8K viewsedited  17:45
Ochish/sharhlash
2022-10-28 20:35:01 #Olim_odam_va_olam

Muhammad Amin Shinqitiy rohimahulloh yolg‘on guvohlik haqida ma’ruza o‘qiyotgandilar. «U nimaga o‘xshaydi?» dedi o‘tirganlardan biri. U kishi hozirjavoblik bilan: «Universitetdan oladigan shahodatnomangizga o‘xshaydi», deya javob berdilar.

- Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan

@e_kutubxona
4.7K views17:35
Ochish/sharhlash
2022-10-28 12:18:58 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 24/7 rejimida xizmat ko‘rsatishni boshlamoqda!

Kutubxonaga, uning manbalari va xizmatlariga bo‘lgan qiziqish, ehtiyojning ortib borishi, oxirgi yillarda kitobxonlar sonining ko‘payishi, kitobxonlar tomonidan berilayotgan ko‘plab takliflar inobatga olinib, sutkada 24 soat ish rejimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi va 2022-yil 1-noyabrdan Milliy kutubxona 24 soat ish rejimida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi, deb xabar berdi kutubxonaning axborot xizmati.

@e_kutubxona
6.7K views09:18
Ochish/sharhlash
2022-10-28 09:46:13 #mutolaa

«Мусибатлар аслида бир гўзалликдир, Севгили тарафидан тақдим қилинмиш Лутф..
Бир ошпаз ҳатто нўхотни қайнатар экан, пишгунича бошига уриб-уриб қозоннинг остига чўктиради. Бир куни Юсуф алайҳиссалом ойнага боқиб: «Шу қадар гўзалманки, агар бир қул бўлсам, кимнинг ҳам кучи ва пули етар эди мени сотиб олишга!» - деди.. Оқибатда у акалари тарафидан 20 дирҳамга сотиб юборилди.
Баъзан мусибатларнинг булоғи ўзимиздан чиқади. Сабаби Удирки, Робб! Роббнинг маъноси «Тарбия қилувчи» дегани. Агар биз ўзимизни Ислом билан безамасак, У ўзининг Робб сифати билан тарбия қилиш учун даврага киради.
Боязид Бистомий ҳар куни рўза тутар эди ва ифторга бир соат қолганда рўзасини очиб юборар эди. Бунинг сабабини сўрашганида: «Аллоҳнинг ҳузурига чиққанимда ҳар куни рўза тутдим, демаслик учун», деб жавоб берарди...»

|Марзия САЙДАМ
«Фантом оғриғи»


@qalbi_dengizimsan
3.8K views06:46
Ochish/sharhlash
2022-10-27 17:09:27 MAVLONO XO‘ROZ

   Xo‘roz har kuni tongda qichqirib odamlarni uyg‘otar edi. Uning egasi unga: "Sen bizni bezovta qilayapsan. Yana tongda qichqirib bizni bezovta qilsang patingni bitta qolmasdan yulib olaman", dedi.
  Xo‘roz qo‘rqdi. O‘ziga o‘zi: "Zarurat man qilingan narsalarni muboh qiladi-ku! Jonimni saqlash uchun qichqirmasligim shar’iy siyosatdir. Mendan boshqa xo‘roz bordir qichqiradigan", deya  qichqirishdan to‘xtadi.
  Shu kundan e’tiboran uning ovozini hech kim eshitmadi.
  Bir haftadan so‘ng egasi kelib: "Sening borligingdan nima foyda? Hech bo‘lmasa tovuqlarga o‘xshab "qo-qoq"laysan endi. Bo‘lmasa patingni bitta qolmay yulib olaman", dedi.
  Xo‘roz endi qo‘rqqanidan tovuqlarga o‘xshab "qo-qoq" lay boshladi.
  Bir oydan so‘ng xo‘rozning egasi kelib xo‘rozga: "Har kuni bitta tuxum tug‘masang seni so‘yib yeyman", dedi.
  Shunda xo‘roz:
"Koshki o‘sha paytda qichqirib o‘lib ketganimda edi!", dedi.
   
    Yon berish birgina qadamdan boshlanadi. So‘ngra qaytishning iloji bo‘lmaydi. Chunki siz oyog‘ingizni tuproqqa tiqib tog‘dek turib berish o‘rnida boshingizni egdingiz. Mas’uliyatingiz kattalashgani sari sobit turishingiz ham vojib bo‘lib, sabotingiz farz bo‘lib boraveradi. Oddiy avomdan qabul qilinadigan narsa olimdan, adibdan, mutafakkirdan qabul qilinmaydi. Chunki ular peshvo va o‘rnak bo‘ladilar. Insonlar ularga ehtirom bilan nazar solishadi. Tuyaning yiqilishi bilan echkining yiqilishi bir xil bo‘lmaydi.
   Olimlar kengchilikda bir xil bo‘ladi. Ularni bir-biridan faqatgina yodlagan narsasi, istinboti va ijtihodiga qarab ajratsa bo‘ladi. Ammo qiyinchilik kelsa ular bir-biridan farqlanadi.
   Xalifa Ma’mun imom Ahmad rohimahullohdan “sayramasligini” so‘radi. Ya’ni, qur’onni moʻtazila firqasi kabi maxluq deyishini talab qildi.  Sayramaslikning har asrda o‘z yuzi, o‘z surati bor. Ammo imom Ahmad rohimahulloh hozir sayrashni to‘xtatsa keyingi bosqich tovuq kabi qoqolash ekanligini anglagan edi. Ehtimol Ma’mun bu bilan qanoatlanmay tuxum tug‘ishni ham talab qilishi mumkin edi. Imom Ahmad rohimahulloh faqatgina o‘zini namoyon qilmasligini bilar edi. Dinning komilligi, butun ummatning aqidasi taqdiri o‘zining gardanida ekanligini his qilar edi. Bunaqangi vaziyatda haqiqiy olim dindagi ruxsatni olmaydi, taqiyyadan foydalanmaydi. Imom Ahmad rohimahulloh Ma’mun nima qilsa qilsin, baland ovozda sayrashga qaror qildi. Imomni Bag‘doddagi ommaviy maydonga sudrab olib borib darralashdi. Imom sayrashdan to‘xtamadi. Hatto uning bu kundagi sobit turishini kishilar Abu Bakr roziyollohu anhuning murtadlik kunida sobit turganiga qiyos qilishdi.
   Ob-havo yaxshi bo‘lsa kishilar paltoga ehtiyoj sezishmaydi. Ammo sovuq va bo‘ron boshlanishi bilan paltolariga yugurishadi. Olimlar kishilarning paltosi. Ular kishilarni o‘rashlari, qaltirab titrashiga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.
   Aziz olimlar! Biz tahorat, namoz, hayz va nifos ilmlarini bilamiz. Garchi fiqh eng buyuk ilmlardan bo‘lsada, biz sizlardan bularni xohlamaymiz. Biz sizlar bilan himoyalanishni istaymiz. Sizlar o‘zingizni qutqarish uchun sayrashdan to‘xtab ishni boshqa xo‘rozga topshirsangiz biz titray boshlaymiz.
   Aziz fozillar! Beshikdan toki dorga osilgunicha Italiya bosqinchilariga qarshi kurashgan Umar Muxtor rohimahulloh ulamolarga shunday deydi:
   “Ish qanchalar jiddiy bo‘lmasin, egilmang. Aks holda boshingizni yana qayta ko‘tarish imkoni bo‘lmasligi mumkin!”.

- Abdulqodir Polvonov

@e_kutubxona
4.9K views14:09
Ochish/sharhlash