Get Mystery Box with random crypto!

Ilmga yetishish Tavoze’ hamda ustozni jon qulog‘i bilan tingl | Elektron kutubxona

Ilmga yetishish

Tavoze’ hamda ustozni jon qulog‘i bilan tinglash bilangina ilmga yetishish mumkin. Zero,
Alloh taolo:
«Albatta, bunda uyg‘oq qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lib, quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir» (Qof surasi, 37-oyat), deb aytadi.

Oyatdagi «qalb egasi»dan murod ilmni qabul qiluvchi, fahmlovchi kishidir. Shogird ustozining tavsiyalariga quloq solmagunicha, qalbini ilm eshitish uchun hozirlamagunicha uni fahmlay olmaydi. Muallimning ko‘rsatmalarini go‘zal tarzda eshitishi, unga itoatda bo‘lishi, shukrini, xursandligini, minnatdorligini izhor etishi lozim. Talaba ustozga nisbatan yumshoq tuproqdek bo‘lishi kerak. Qachon yumshoq tuproqqa mo‘l yomg‘ir
yog‘sa, darrov o‘ziga singdiradi. Xuddi shuning singari ustoz dars davomida biror narsaga buyursa, o‘z fikridan voz kechib, so‘zsiz unga itoat etish talabaning burchidir.
Zero, ustozning yanglish so‘zi uning o‘z nazdidagi to‘g‘ri so‘zidan foydaliroq. Manfaati katta bo‘lish bilan birga, eshitilishi g‘aroyib sanalgan daqiq narsalar tajriba orqali bilinadi. Aslida tabib harorati baland kasalga ba’zan quvvatini oshirish uchun muolajani buzadigan darajada haroratni ko‘taruvchi dori bersa, tabobatdan xabari yo‘q kishi taajjublanadi.

- Imom G‘azzoliy

@e_kutubxona