Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.83K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 22

2022-10-26 11:04:59 ​​Toshkentda milliy axborot-kutubxona haftaligi va xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi

31-oktabr – 4-noyabr kunlari  Toshkentda «INFOLIB – 2022» XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi va «Tashkent Book Fest» III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi maʼlumotiga ko‘ra,  «Kitobsevar millat» shiori ostida  o‘tkazilayotgan mazkur haftalik Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va hududiy axborot-kutubxona markazlarida bo‘lib o‘tadi.

Haftalik doirasida, shuningdek, 2-4 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “OʼZEKSPOMARKAZ” majmuasida «Tashkent Book Fest—2022» III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etiladi.
Unda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan tadbirlar, xorijiy va mahalliy kitob mahsulotlari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimoti, yozuvchi, shoirlar hamda soha mutaxassislari bilan tashkil etiladigan davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslari va treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.  

@e_kutubxona
4.4K views08:04
Ochish/sharhlash
2022-10-25 14:49:56 #Jorj_Oruel_1984

Telekranlar kecha-kunduz qulog‘ingni odamlar to‘yib ovqatlanayotgani, kiyim-kechak ko‘paygani, uylar yaxshilangani, ko‘ngilochar tadbirlar yanada quvnoqlashgani, odamlar uzoqroq yashayotgani, kam ishlayotgani va o‘zlari ham kattalashayotgani, sog‘lomlashgani, kuch-quvvatga to‘lib borayotgani, ellik yil oldingidan baxtliroq, aqlliroq, ma’rifatliroq ekani haqidagi statistik hisobotlar bilan to‘ldiradi. Bu yerda biror so‘zni isbotlab yoki inkor etib bo‘lmaydi. Partiya, masalan, shuni ta’kidlaydiki, bugun voyaga yetgan prollarning qirq foizi savodli, inqilobdan oldin savodlilar bor-yo‘g‘i o‘n besh foiz edi. Partiyaning da’vosicha, bugun bolalar o‘limi bor-yo‘g‘i tug‘ilgan har ming bolaga 160 ta bo‘lib, inqilobgacha 300 ta edi ... va hokazo. Bu ikkita noma’lumli bitta tengamaga o‘xshaydi. Katta ehtimol-la, tarix kitoblaridagi deyarli har bir so‘z – unutilgan, yolg‘on haqiqatga aylangan.

- Jorj Oruell. "1984"dan

@e_kutubxona
4.7K views11:49
Ochish/sharhlash
2022-10-25 08:51:42 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №162 muhokama uchun Lev Tolstoyning "Anna Karenina" romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 29-oktabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Manzil: Kitobxonlar klubi
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting. Har shanba va yil davomida.
9.1K views05:51
Ochish/sharhlash
2022-10-24 20:23:08
Lev Tolstoy: Anna Karenina

Kitobni baholang:
Anonymous Poll
47%
7%
5%
1%
3%
37%
Kitobni o‘qimaganman (natijani ko‘rmoqchiman)
1.8K voters8.9K views17:23
Ochish/sharhlash
2022-10-24 12:00:11 ​​​​#Yangi_dunyo

Postindustrializm – bu sanoatning yo‘q bo‘lib ketishi emas, balki davr iqtisodi bo‘lib, bu qo‘shimcha qiymatning asosiy qismi yeonlar, bolg‘alar bilan emas, balki miya orqali topilishi deganidir. Yanada yaxshiroq tushunish uchun postindustrial gigant hisoblanadigan Apple va industrial gigant "Gazprom” misolida ko‘rib chiqaylik. 2014-yil "Gazprom”ning 459 ming xodimi kompaniyaga $ 3,5 mlrd sof daromad keltirgan. Apple kompaniyasining 80 mingdan oshiq dizayner, dasturchi va ofis xodimlari esa o‘z egalari $ 39,5 mlrd sof foyda olishiga sabab bo‘lgan. Har bir xodimga shu pullarni taqsim qiladigan bo‘lsak, Apple xodimlarining har qaysisiga $ 493 750 dan, “Gazprom" hodimlariga esa, $7 625 dan to‘g‘ri keladi. Demak, aqlini ishlatadigan xodim yer qa’ridan boylik qazib olish bilan shug‘ullanadigan odamdan 65 marta ko‘p pul topar ekan...

- Abu Muslim. "Yangi dunyo"

@e_kutubxona
4.9K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-10-23 14:41:24 ANNA KARENINA KIM O‘ZI?

Bir kuni Aleksandr Trifonovich Tvardovskiyning mashinasi buzilib qolganda u bilan yaqin bo‘lgan keksa Marshak taklif qiladi:
– Men qarib qoldim, baribir hech yoqqa bormayman Mening mashinamni ola qol.
Ertasi kuni sahar chog‘i Marshakning mashinasi Tvardovskiyning yo‘lagida turardi.
Haydovchi xo‘jayinni ko‘rgach, o‘qib o‘tirgan qandaydir qalin kitobni bir chetga qo‘yib, qayoqqa boramiz degandek savolomuz qaraydi.
Tvardovskiy haydovchi qanday kitob o‘qiyotganini bilgisi keladi. U o‘rindiqdan engashib, kitobga ko‘z tashlaydi. Bu «Anna Karenina» edi. Shoirning ko‘nglida bir quvonch qalqiydi.
– Qalay? Yoqyaptimi? – javobning qanday bo‘lishini bilgandek, kitobga ishora qilib so‘raydi.
– Eh, siz so‘ramang, men gapirmay, – deya haydovchi bir xo‘rsinib qo‘yadi.
Yo‘l-yo‘lakay haydovchi shunday bir alamli voqeani hikoya qiladi.
– Bir kuni Samuil Yakovlevich bilan qayoqqadir ketayotgandik. Qandaydir bir temir yo‘li yonidan o‘ta boshladik. Bir mahal Samuil Yakovlevich shunday deb qoldi: «Qaerda ketayotganimizni bilyapsizmi? Bu aynan Anna Karenina o‘zini poezd ostiga tashlagan joy». Men shunday dedim: «Bu yerlar-ku, tanish. Faqat, bu... Anna Karenina deganingiz kim bo‘ldi? Men uni siznikida hech uchratmovdim shekilli...» Shu gapni aytishim hamon Samuil Yakovlevichning rangi quv oqarib ketdi. «Mashinani to‘xtating, bo‘tam! – dedi u. – Men Anna Kareninaning kim ekanligini bilmaydigan odam bilan bitta mashinada ketolmayman». Uni uygacha borishga zo‘rg‘a ko‘ndirdim. Uyga yetib kelganimizda u shunday gap qotdi: «Tepaga men bilan chiqasiz, bo‘tam!» Endi tamom deb o‘yladim. Hozir meni ishdan haydaydi. Ammo ish boshqacha bo‘ldi. Ichkaridan mana shu kitobni olib chiqdi. Uni qo‘limga tutqazib, dedi: «Mana, o‘qing. To o‘qib chiqmaguningizcha siz bilan tanish emasmiz deb hisoblayvering...» Mana endi o‘qiyapman, – dedi haydovchi.


Benedikt Sarnov, adabiyotshunos.

@e_kutubxona
5.0K views11:41
Ochish/sharhlash
2022-10-22 10:00:49 #Qiyomat

Gap shundaki, anchayin sabablarga ko‘ra odam yoshlikda o‘ziga qattiq bino qo‘yadi. Turli-tuman odamlar fe’l-atvori, ta’lim-tarbiyasiga ko‘ra bu turlicha namoyon bo‘ladi. Turmushning tegirmonidan butun chiqqan, yoshi bir yerga borib qolgan odam hayot shomida Xudoga ishonchini yo‘qotgani yoki ilohiy istiloh va tushunchalarni o‘zboshimchalik bilan talqin qilganligini hech eshitganmisan? Yo‘q, bunaqa voqea ro‘y bersa ham, ahyon-ahyon tasodif bilan ro‘y beradi. Odamning yoshi ulg‘aygan sari ilohiyotning mohiyatini shuncha chuqur anglaydi.

- Chingiz Aytmatov. "Qiyomat" romanidan

@e_kutubxona
4.5K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-10-21 10:14:06 TIL DAYUSLIGI

BIZ NIMAGA BUNAQAMIZ?
O‘zbekchada "YAXSHI BORIB KELDINGIZMI?", "XUSH KELIBSIZ!" bo‘ladi, o‘zbeklarimiz "S PRIYEZDOM!" deyapti.
O‘zbekchada "BARAKALLA!", "YASHANG!", "QOYIL!", "OFARIN!"... bo‘ladi, o‘zbeklarimiz "MALADES!" deyapti.
O‘zbekchada "CHUQUR" bo‘ladi, o‘zbeklarimiz "YAMA" deyapti.
Yana davom ettiraveraymi?
Bunaqa misolni o‘nlab, yuzlab emas, balki o‘nminglab, hatto cheksiz sonda keltirsa bo‘ladi.
Nimaga?
Bu holga qanday tushdik?
Chunki, menimcha, birinchi galda uzoq yil qullikda yashaganimiz bois bizda milliy hamiyat yo‘qoldi. Qizg‘anish tuyg‘usi, or, nomus yo‘qoldi. Yo‘qotildi.
Onasini, opa-singlisini, xotinini, qizini qizg‘anmaslik, ularni har xil tahqirlardan saqlamaslik "dayuslik" deyiladi. Xuddi shuningdek, ey millatimning mard o‘g‘lonlari, tilini qizg‘anmaslik, so‘z boyligini, tozaligini, bokiraligini, go‘zalligini, mustaqilligini, mahramiyatini saqlashga intilmaslik, o‘z holiga tashlab qo‘yish, yot so‘zlar palapartish kirib kelaverishiga bemalol yo‘l qo‘yib berish ham dayuslikning bir turiga kiradi!
Ko‘z o‘ngimizda tilimiz zo‘rlanyapti! Biz esa tomosha qilib o‘tiribmiz!
Bu holimizni "TIL DAYUSLIGI" desa bo‘ladi.
Shu ketishda davom etsak, o‘zbek tili qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketadi va juda qisqa zamonda o‘zligimizni yo‘qotishimiz mumkin.
Aziz yurtdoshlarim, do‘stlarim, ukalarim, BIR OZ HAMIYATLI BO‘LING! Gapirayotganingizda va yozayotganingizda ishlatayotgan so‘zlaringizga diqqat qiling! Tilingizni onangiz, opa-singlingiz, xotiningiz, qizingizni qizg‘angandek qizg‘aning! Til dayusi bo‘lib qolmang!
Iltimos...

- Nurulloh Muhammad Raufxon

@e_kutubxona
12.2K views07:14
Ochish/sharhlash
2022-10-20 18:00:04 ​​​​#Yangi_dunyo

Yaltiroq jurnallar iste’molchilar jamiyatining muhim belgi – nishoni bo‘lib, foydali ma’lumot berishi yoki xordiq chiqarish uchun tarqatishmaydi. Masalan, ayollarga tegishli jurnallarni kosmetika, gigiyena, liboslar, xullas, hashamatli hayot uchun mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi turli xil kompaniyalar qo‘llab-quvvatlaydi va moliyaviy yordam berib turishadi. Nega? Avvalo, ularga nikohi buzilganlar kerak. So‘qqaboshlarni sizlar doim go‘zal va o‘zingizga munosib juft izlashingiz va munosib yashashingiz lozim, degan da’vatga laqqa tushirish oson-da. Qarabsizki, yosh ko‘rinish uchun ayamay sarf-harajat qilishga tushadi. Qarabsizki, farzand tarbiyasidan ko‘ra, "charchoqni qoldiruvchi kremlar” yoki yoshartiradigan shampunlar xayolini qamraydi. Shu yo‘l bilan mahsulot ishlab chiqaruvchi firmalarning
ijozlari ko‘payadi. Bundan 50 yil oldin bunga o‘xshash firmalarning nigohi faqat yoshlarga, aniqrog‘i, yoshlarning boy qatlamiga qaratilgan edi. Hozir esa 60 yoshlik tentak ayollar ham ularni o‘qiydilar va navbatdagi lifting-kremlarni sotib oladilar. Bu baxtiqarolar evaziga kimdir mo‘may pul ishlab olyapti. Ular qanday qilib o‘ziga tez juft topishi va so‘ng... qanday qilib undan tez qutilishi, qanday qilib mansabga minish haqidagi “dono” maslahatlarni o‘qishadi.
O‘n-o‘n besh yil o‘tgach, yozini o‘tkazib yuborgan ninachi misol yillarni behudaga sovurganini tushunishadi. Biroq endi kech. Nima qiladi? Yordamga muhtoj nigohlarini davlatga qaratishadi-da. Ular tibbiy xizmatlar, nafaqalar uchun kafolatlar talab qila boshlashadi, chunki vaqtida e’tibor qilmagan farzandlari bugun ularning talablarini qondira olmayaptilar. Qarilik haqida fikr qilmagan, yengil-yelpi yashab yurgan otalarga ham bu gap tegishli.


- Abu Muslim. "Yangi dunyo"

@e_kutubxona
5.1K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-10-18 15:32:42 ​​#TIL

«O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklari­ni o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar».

- Abdulla Qodiriy

@e_kutubxona
5.4K views12:32
Ochish/sharhlash