Get Mystery Box with random crypto!

O‘rta Osiyolik bir mashhur shayx bor edi. Unga shogird va muri | Elektron kutubxona

O‘rta Osiyolik bir mashhur shayx bor edi. Unga shogird va murid bo‘laman degan talabgorlar ko‘p edi.

Bir kuni navbatdagi “potok”ka shogirdlikka qabul qilish marosimi o‘tkazildi. Katta maydonga yuzdan ortiq odamlar yig‘ilgandi. Shayx yig‘ilganlarga murojaat qildi.

“Kimki ta’limdan ko‘ra o‘yin-kulguni afzalroq bilsa... kimki o‘rganish mashaqqatidan qochib oson yo‘lga o‘zini urishga moyil bo‘lsa... kimki haqiqiy bilim olish o‘rniga nomiga go‘yoki o‘zini bilim olayotgandek imitatsiyani afzal bilsa... bir qadam oldinga chiqsin!”

Tabiiyki, hech kim joyidan jilmadi.

“Juda yaxshi”, dedi shayx. “Yuringlar, men sizlarni o‘zimning eski shogirdlarim bilan tanishtiraman.”

Katta bir zalga kirishdi. Zalda bir necha yuzta odam yerda o‘tirishar edi. Shayx u yerda o‘tirganlarga qarab, boyagi so‘zlarini takrorladi:

“Kimki ta’limdan ko‘ra o‘yin-kulguni afzalroq bilsa... kimki o‘rganish mashaqqatidan qochib oson yo‘lga o‘zini urishga moyil bo‘lsa... kimki haqiqiy bilim olish o‘rniga nomiga go‘yoki o‘zini bilim olayotgandek imitasiyani afzal bilsa... o‘rnidan tursin!”

Birdan butun zal oyoqqa turdi...

Yangi kelgan shogirdlikka talabgorlar hayron bo‘lib qolishdi. Shayx ularga qaradi:

“Bular mendan uch yildan beri ta’lim olishadi. Ular ham uch yil oldin o‘zlarini haqiqiy bilimga talabgor, o‘rganishga moyil deb hisoblashar edi. Ko‘rib turganingizdek, hozir unaqa emas. Sizlarni ogohlantiraman: hozir sizlar, yangi kelganlar, o‘z haqingizda juda yaxshi fikrdasiz. Uch yildan keyin mana bularga o‘xshab o‘zingizni rasvo odam deb hisoblay boshlaysizlar. Shuning uchun menga shogird bo‘lishdan oldin o‘ylab ko‘ringlar: o‘zingiz haqingizda yoqimsiz ma’lumotlarni kashf qilishga tayyormisizlar?”

- Idris Shoh. “Qanday o‘rganishni o‘rganish” kitobidan.

@e_kutubxona