Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.83K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 25

2022-09-19 07:26:45 #Oʻtkan_kunlar

Bizning kattadan-kichigimizning topqan-tutqanimiz faqat bosh olish... 
Biz o‘ylaymizki, go‘yo bosh olish bilan olam tinchiydir va biz o‘z xohlag‘animizni qila olamiz. 
Tuzik, jallod aytkanidek, yomonning boshini olmoqqa men ham qarshi emasman va lekin buning nozik shartlari bor: avvalo manfaati shaxsiyasidan kechib, faqat el baxti uchun bosh tikkanlar jamoasi kerak va bu jamoaning o‘z maslaki yo‘lida kuzatkan ma’lum bir nishonasi bo‘lmog‘i zarur. Ana shundan keyin haligi nishonaga qarab intilishda oyog‘ ostig‘a elashkan cho‘p-xaslarni supira borish lozim. Mana shundagina to‘kilgan qonlar o‘rinlik va mashru’, berilgan boshlar chin qurbon hisoblanadirlar. Yo‘qsa, sizning bosh olishingiz ham anovilarning qirg‘inidan farqlik bo‘lolmas. Shu yoshg‘a yetib bu xalq orasida haligi jamoani uch-to‘rt nafardan ortiq uchratolmadim, afsus.


- Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan

@e_kutubxona
3.5K views04:26
Ochish/sharhlash
2022-09-16 12:30:01 #Ihyou_ulumid_din

Muoz ibn Jabal ilm o‘rganish va o‘rgatish haqida aytadilar: «Ilm o‘rganinglar, zero, uni o‘rganish – Allohdan qo‘rqish, uni talab qilish – ibodat, muzokarasi – tasbih, uni izlash – jihod, bilmaganga o‘rgatish – sadaqa, uni o‘z ahliga bildirish – Allohga qurbatdir. Ilm tanholikda hamroh, xilvatda do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dalil, xursandligu xafalik paytida ko‘makchi, do‘stlar oldida vazir, begonalar oldida yaqin do‘st va jannat yo‘lining minorasidir. Alloh ilm bilan qavmlarni yuksaltirib, yetakchi qilib qo‘yadi. Ular odamlarni yaxshilikka yetaklaydi, boshqalar ularning izidan yuradi, qilgan ishlari e’tiborli bo‘ladi. 
Har bir quruq va ho‘l narsalar, hattoki dengizdagi baliqlaru hasharotlar, yovvoyi va barcha hayvonlar, osmon va undagi yulduzlar ularning haqqiga istig‘for aytadi
».
Zero, ilm ko‘r qalb ko‘zini ochuvchi, qorong‘u zulmatda nur bag‘ishlovchi va zaif badanlarga kuch-quvvatdir. Ilm bilan banda abrorlar darajasiga ko‘tariladi, oliy martabalarga yetishadi. Ilm ustida tafakkur qilish kunduzi ro‘za tutganga, uni muzokara etish kechani ibodat bilan bedor o‘tkazganga tengdir. Allohga toat-ibodat, tavhidni anglash, Allohni ulug‘lash va taqvo qilish ilm bilan bo‘ladi. Ilm bilan qarindoshlik aloqalari bog‘lanadi, harom bilan halol ajratiladi. Ilm peshvo-imomdir, amal unga ergashadi. Ilmdan bahramand insonlar baxtli, mahrumlar esa, baxtsizdir.

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

@e_kutubxona
4.6K views09:30
Ochish/sharhlash
2022-09-15 19:24:50
#Sindim

@e_kutubxona
4.4K views16:24
Ochish/sharhlash
2022-09-15 13:00:04 #Ihyou_ulumid_din

Amallarning eng afzali

Odam farzandi yetishi mumkin bo‘lgan eng ulug‘ martaba, eng oliy daraja saodati abadiyadir. Demak, unga vasila bo‘ladigan narsa eng afzal narsa. Saodati abadiyaga ilm 
va amalsiz hargiz erishish mumkin emas. Amalga esa, qanday amal qilish ilmini bilmasdan erishish mahol. Dunyo va oxiratdagi saodatning asosi ilmdir. Shu jihatdan ilm amallarning eng afzalidir. Nega bunday bo‘lmasin?! Axir bir narsaning fazilati uning samarasi bilan bilinadi.

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

@e_kutubxona
4.4K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-09-15 09:01:20 #Maqola
Abu Muslim
"Overton oynasi" yoxud "yo‘q qilish texnologiyasi"
Maqola
0,2 MB
PDF
11 sahifa

@e_kutubxona
4.0K views06:01
Ochish/sharhlash
2022-09-14 13:00:03 ​​​​Ahmad A'zam. "Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar" romanidan tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (2)

• Bu tanku qiruvchi uchoq, avtomatu to‘p, atomu vodorod bombalarini ishlab chiqarmasa, yashab bo‘lmaydimi? Qaysi mamlakatning harbiylaridan so‘rasangiz, bostirib kiradigan dushmandan himoya qilish uchun, deydi, bostirib borishimiz uchun, demaydi. Hammasi himoyalanadi, bosib oladigan dushman kim, bilmaysiz. Boshqa mamlakatning hududiga ham o‘zining xavfsizligini ta’minlash uchun kiradi. Mayli, bu boshqa gap-u, lekin ana shu yo‘ke dushmanga qarshi tayyorlanishga qancha kuch, qancha mablag‘, qancha mehnat ketishini o‘zingiz, ha, yaxshi bilasiz. Ha, endi bu juda sodda savollar-u, lekin doim odamni o‘ylantiradi-da.

• Men o‘ttiz yettinchi yillari otuvga hukm qilinganlarni xalq orasida muhokama bo‘lib, ommaviy qoralaganlarini o‘qib, ularga yo‘q yerdagi aybni taqab, yolg‘ondaqa sud qilib, hayotdan mahrum etib, yana odamlarga nafratlantirishning nima keragi bor, deb hayron bo‘lar edim. Endi tushunsam, haqiqiy, tamomila o‘ldirish shu - ko‘pchilikning qarsagi bilan qilingani, endi bu dunyoda qo‘llab turadigan hech narsa qolmagani uchun bechora qatag‘on qurbonlari miltiqning mili qarshisida ham partiyaga, Stalinga qasam aytib, ko‘kraklarini o‘qqa tutib bergan ekanlar.

@e_kutubxona
4.5K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-09-13 09:00:09 Eng yaxshi zamonlar

Sahobalar va tobeinlarning maqomi Rasulullohning hadislarida bunday bayon qilinadi: "Zamonlarning eng yaxshisi — mening zamonim. Insoniyat paydo bo‘lganidan to Qiyomatgacha men yashagan zamondan yaxshi zamon bo‘lmaydi. Mening zamonimdan keyin sahobalarim yashagan zamon ham yaxshi zamon. Sahobalarimni ko‘rgan tobeinlar yashagan zamon ham yaxshi zamon. Lekin tobeinlardan keyin zamon buzilib, yolg‘on yoyilib, odamlar orasida fitna-fasodlar ko‘payib ketadi".

- Alouddin Mansur. "Imomi A'zam - buyuk imomimiz"

@e_kutubxona
5.0K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-09-13 08:31:55 "Imomi A'zam - buyuk imomimiz"
Alouddin Mansur
0,4 MB
PDF
50 sahifa


@e_kutubxona
4.8K views05:31
Ochish/sharhlash
2022-09-11 09:19:36 Amina Shenliko‘g‘li. «Muslima ayol Yevropada» romanidan tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (2)

• Sen kemangni tayyorla, Alloh dengizni oyog‘ingga keltiradi.

• Bilimsizlik aqlli insonlar ham johillar qatoriga qo‘shadi.

• Ayrim din ilmi egalari o‘zlari jannat hamda jahannamni yaqindan idrok etganlari bois bolalarining ham darhol idrok etishlarini istashadi. Biroq niyatlari yaxshi bo‘lsa-da, muomalalari yomon bo‘lardi.

• Biror bir inson agar ma’lum mafkura tomonidan jabrlanmagan bo‘lsa, o‘sha inson o‘z dinini tashlasa-da, undan haddan ziyod nafratlanmaydi. Biroq din uchun o‘zga bir kishi tomonidan kamsitilgan yoki bosim o‘tkazilgan bo‘lsa, insondagi nafrat zulm etuvchiga emas, aksincha to‘g‘ri o‘sha din tomon yo‘naladi.

• Odamzod juda qiziq-da. Salib yurishlarida yurtimizga bostirib kelgan o‘zlari bo‘lishlariga qaramay, bizni ayblashlarini haligacha tushunolmayman.

• Chin musulmon kishisi hamma narsaga dunyo moli sifatida o‘tkinchi bir matoh deb qaraydi. Oltin saroyda yashasa ham, oxir-oqibat kafan kiyadigan badanining o‘lchovidan ayrilmaydi. Hozir buyuk maqomlarda bo‘lganlarga bir nazar sol hammasining ham kun kelib vafot etishini o‘yla. Agar ichlarida kekkayganlar bo‘lsa, o‘sha kekkaygan hollari bilan ularning o‘lik badanlarini ko‘z oldingga keltir. Ana o‘shanda bu kekkayishlarning naqadar keraksiz bo‘lganligini tushunib yetasan.


@e_kutubxona
5.2K views06:19
Ochish/sharhlash
2022-09-10 08:43:21
Amina Shenliko‘g‘li. «Muslima ayol Yevropada» romanidan qiyqim yoxud "kamalakranglilar" qanday paydo bo‘ladi?

@e_kutubxona
5.0K views05:43
Ochish/sharhlash