Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.83K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 24

2022-09-29 08:08:27 #Olim_odam_va_olam

Taraqqiyotda oldinga yurdik, insoniylikda ortga...

Besh ming yildan beri olamning ahvoli shu; raqqosa yozuvchidan ko‘p topadi, do‘mbirachi yo mashshoq novvoy, duradgor va temirchidan ko‘p pul ishlaydi. Agar bugun siz Eynshteynni ilmiy anjumanga chaqirsangiz, so‘ng yarim yalang‘och ayolni matbuot bilan uchrashuvga taklif etsangiz, olomon Eynshteyn va ilmini tashlab, yalang‘och ayolni qurshab oladi. Bunga biz aybdor emasmiz. Balki ayb aksar odamlarning hayvonsifat, nafs va shahvat quli bo‘lishlaridandir. Chunki bundaylar mayda ishlarni qo‘llab-quvvatlab, jiddiylaridan yuz o‘giradi.

- Mustafo Mahmud, «Qaynash nuqtasi» kitobidan

@e_kutubxona
684 views05:08
Ochish/sharhlash
2022-09-28 12:14:00 Dunyo zavodi

«Xitoyliklar avvallari o‘zlarini dunyo zavodi ekanligidan g‘ururlanardi. Hozirda barcha bunday zavod bo‘lish qanchaga tushishini anglab yetgan. Suvimiz ichib bo‘lmas, oziq-ovqatlarimiz yeb bo‘lmas darajaga yetgan, sutimiz esa zaharli va hammasidan ham yomoni, shaharlarimizdagi havo shu qadar ifloslanganki, ko‘pincha quyoshni ham ko‘ra olmaymiz».

- Dunkan Klark: "Alibaba. Jek Ma bunyod etgan maskan"

@e_kutubxona
1.2K views09:14
Ochish/sharhlash
2022-09-24 10:35:08 ​​​​#Yangi_dunyo

Hamma narsani muhayyo qilishni talab qilayotgan avlod haqida yoshlar nima deb oʻylashar ekan-a? Bu iste’molchilar davrining avlodidir.
Bular qishloqlardan kelib sanoat davrini barpo qilganlarning avlodlari.
Bular yoshliklarida na dipressiyaga duchor boʻlgan, na urushni koʻrgan, bularning oʻrniga tanballikka gʻarq boʻlganlarning oʻgʻil-qizlardir.
Bular uy sotib olishni yoki tekinga uylik boʻlishni, buning ustiga esa qoʻshimcha televizor, gilam, muzlatgich va avto ulov, soʻng esa dala hovli yoki shahar tashqarisidagi kottejlarni orzu qilganlardir. AQSH va Rossiya, Olmoniya va Britaniyalarda ham ahvol tahminan shunday boʻlgan.
Farzandlarchi? Farzandlar – ortiqcha sarf-harajat! Ular ishlashga va pul topishga, mansab pillapoyalaridan koʻtarilishga hamda ishdan soʻng yaxshi dam olishga xalaqit qilgan.
ХХ asrning ikkinchi yarmi avlodi butun umrlari davomida farzandlari jonlariga tegmasligi uchun harakat qilib yashashgan. Bu avlod butun umrlari mobayinida iste’molchi boʻlib kelgan va komfortda yashagan, kelajak avlod uchun hech narsa qilmagan, ularni oʻylamagan. Va bu iste’molchilar, ya’ni qoʻllari nimaga tegsa vayron qiladiganlar, ajdodlari qurib ketgan narsalarni ham yeb bittirganlar, yaqin kelajakda “qariganimizda farzandlarimiz bizlarga qarashmayapti”, deb dod-voy qilishadi...

- Abu Muslim. "Yangi dunyo"

@e_kutubxona
1.6K views07:35
Ochish/sharhlash
2022-09-23 12:00:11 Amina Shenliko‘g‘li. «Muslima ayol Yevropada» romanidan tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (3)

Onasining jasur sifatlarini ko‘rgan qiz farzandlar ham bu jasoratni ayni o‘zlarida shakllantiradilar. Yolg‘on gapirmagan onaning farzandlari aksariyat hollarda rostgo‘y bo‘ladilar.

• Bu dunyo shoshilinch ravishda o‘zgarmog‘i lozim!

• Kaltaklanmagan bola o‘zidan ishonch bilan katta bo‘ladi.

• Beshta til o‘rganish uchun ter to‘kkan inson oz bo‘lsa-da, islom tili uchun nega mehnat qilmasin?

• Insonlar umr yo‘ldoshlarini ikki shaklda topadilar. Yo Alloh xohlaydi hamda ularni bir-birlariga yozadi. Yoki insonning o‘zi xohlaydi, Alloh ularni bir-biriga yozadi. Bular ham turmush quradilar.

• Darhaqiqat ota-ona farzandiga jasorat bermas ekan, bolalar quyonyurak bo‘lib voyaga yetadi.

• Farzandning zehnlarida boshqalarga qarshi farzandini himoya qilgan ota shaxsiyati shakllangandir.
Bu esa bolaning yuragini kuchli qilgan omillardan biridir.

• Shunisi ham muhim bir jihatki, agar otam va onam men qilayotgan har ishni: “Qilma", —deganlarida edi, mening aql-zakovatim zinhor rivojlanmagan bo‘lar edi.


@e_kutubxona
1.5K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-09-22 20:05:47 #Ziyometr

Mendan ziyolilar kim va ularni qanday ajratamiz, deb so‘rashadi.

Ibn Rushd aytadi: "Insoniyat orasida omma doim ko‘pchilikni tashkil qilgan"

Agar Lozim bo‘lganda Qur’on ilmiy dalil va mantiqiy bahslarga to‘la bo‘lgan bo‘lardi. Ammo buni ommaning aksari tushunmagan, oqibatda Qur’onni chetga surgan bo‘lardi.

Qur’onda uch turli yondashuv bor:
1) Aql egalari uchun hikmat va tafakkurga chorlov.
2) O‘rta tabaqa uchun mujodala va bahs.
3) Omma uchun go‘zal mav’iza, xushxabar va ogohlantiruv.

Har bir qatlam uchun ular qabul qiladigan darajada yondashuv. Shuning uchun ham Qur’on barcha insonlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun nozil bo‘lgan. Ya’ni bashariyatga ziyo bo‘lgan.

Ziyolilar ham shunday bo‘lishi kerak.
Ziyoli ommani aybi uchun kamsitmaydi, qoloqligi uchun istehzo qilmaydi, ulardan qodir bo‘lmagan narsani kutmaydi.
Balki ommani omma tushunadigan tilda zulmatdan nurga chaqiradi.

Neojadidchilarning va ayrim o‘zidan ziyoli yasab olgan modernistlarning "bizning o‘zbeklar", "bizni xalq", "musulmonlarning aksari" deb ommani malomat qilishini ko‘rasiz.

Ha, bugungi kun o‘zbeklari shunday, ham 150 yil qaramlikda yashab, yana 30 yil diniy ta’limdan mosuvo yashagan bechora musulmonlarning ahvoli shunday, ziyolilar zimmasiga tushgan ommaning holi shunday.

Ularni zulmatdan nurga chiqarolsangiz gapiring, nurga chiqvolib qorong‘udagi ommani kamsitmang.

Ziyoli o‘zi mas’ul bo‘lgan ommaga rahm-shafqat bilan, latiflik bilan qaraydi, shundan ularni taniysiz.

- Said Komil

@e_kutubxona
2.3K views17:05
Ochish/sharhlash
2022-09-21 16:47:54 #Ihyou_ulumid_din

Qusurli aqllarning nazari

Ilmda mustahkam bo‘lgan kishi quyosh, oy va yulduzlar Alloh taoloning amriga bo‘ysundirilgan deb biladi.
Zaif kishi esa nazarini sabab-vositalar bilan cheklab qo‘yadi.
Zaifning nazari bunday: U quyosh chiqsa, nuri taraladi deb biladi. Xuddi chumoli qog‘ozning ustiga chiqib qolib, yozilayotgan qora harflarni qalamning ishi deb o‘ylagani singari. Uning tushunchasi barmoqlarni, barmoqdan so‘ng qo‘lni, qo‘ldan so‘ng uni harakatga keltiruvchi irodani, undan so‘ng yozishni iroda qiluvchi qobiliyatli kotibni, undan so‘ng yozayotgan qo‘lga qobiliyatni va xohish-irodani bergan zotni mushohada qilishga yetmaydi.
Ko‘pchilikning tushunchasi eng quyidagi sabablarni ko‘rish bilan cheklangan.
Sabablarning sababchisini ko‘ra bilishga aqllari qosirdir.

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

@e_kutubxona
2.9K views13:47
Ochish/sharhlash
2022-09-20 19:20:10 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №157 muhokama uchun Gomerning "Iliada" dostoni tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 24-sentabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Manzil: Kitobxonlar klubi
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting. Har shanba va yil davomida.
3.4K views16:20
Ochish/sharhlash
2022-09-20 17:00:06 ​​#Shaxsiyatlar

Malcolm X qamoqda o‘tirganda o‘qishga qattiq beriladi. Qamoqning hatto universitetlar  havasi keladigan  boy kutubxonasidagi kitoblarni  birvoshdan  "yeb chiqadi". Tarix,  falsafa, huquq, adabiyot, siyosatshunoslik, psixologiya sohalarida ko‘p o‘qiydi. Hatto qalin lug‘atlarni yodlab tashlaydi. Kuniga 15 soatlab o‘qiydi. 
Uning hayotini va faoliyatini yaqindan o‘rgangan kishilar fikricha u mavjud tuzum uchun katta xavfga aylanadi.  Uning nutqidagi mantiqiy izchillik,  kuchli joziba, hujjatining quvvati tinglovchilarni o‘ziga rom etadi.
Undagi shijoat, axloqiy halollik,  kurashuvchanlik mazlumlarga ilhom bag‘ishlaydi. Undagi betakror xislatlardan biri kelajakni tasavvur qila olish, boradigan manzilini aniq bilish ----  VISION --- edi. Liderlar uchun eng muhim xislat ham shu aslida.  Menejerlar shunchaki boshqaradi,  liderlar esa ortidan ergashtiradi.
Afsuski, hozirgacha Malcolm X darajasida xarizmatik, aniq nigoh bilan kelajak sari yetaklay oladigan musulmon lider chiqmadi. Uning hayotida biz uchun ko‘p saboq va ibratlar bor.
"Agar oqtanlilar bilan kurashish bo‘lmaganda, ertayu kech kitoblarga sho‘ng‘ib yashar edim".

- Fayziddin Mo‘min

@e_kutubxona
3.4K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-09-19 17:04:22 Kitobxonlar klubi faollari tavsiya qiladi

"Eng ko‘p marta o‘qigan kitoblar beshligi"


Abdujalil Xojimatov
1. "Azaliy nasiba" (3)
2. "Amallar niyatlarga bog'liqdir" (2)
3. "Alvido, Vatan!" (2)
4. "Iymon" (2)
5. "O'tkan kunlar" (2)

• Shalola Safartosheva
1. "Martin Iden"
2. "Sergey Ota"
3. "Ko'ngil ozodadur"
4. "Ichingdagi ichingdadur"
5. "Nechun yiğlarsan ey bulbul"

Nilufar Payziyeva
1. Morrining seshanba darslari (4)
2. Mening Dog'istonim (3)
3. Cho'l bo'risi (2)
4. Abadiyat qonuni (2)
5. Otoyining tug'ilgan yili (2)

Dilfuza Abdullayeva
1. Yulduzli tunlar va Avlodlar dovoni (2)
2. Ikki eshik orasi (2)
3. Mukoshafat ul-qulub (2)
4. Andisha va g'urur (2)
5. Telba (2)
Usta va Margarita (2)

Ro‘zmatova Guliruxsor
1. Qalblardan so'rang (3)
2. Mungli ko'zlar (2)
3. Yulduzli tunlar (2)
4. Nur borki, soya bor (2)
5. Ishqi Rasul (2)

• Nurboyeva Maftuna
1. "Kichkina shahzoda" (20+)
2. "Farengeyt boʻyicha 451 daraja (4)
3. "Choʻl boʻrisi" (3)
4. "Soʻna" (3)
5. "Dorian Grey portreti (3)

Aziz Samiyev
1. G'arbiy frontda o'zgarish yo'q (9)
2. Avlodlar dovoni (3)
3. Noma'lum ayol maktubi (3)
4. Evrilish (3)
5. Chinor (2)

Gulnoza Ravshan qizi
1. "O‘tkan kunlar" (3)
2. "Choliqushi" (2)

Jasurbekovna
1. "O‘tkan kunlar" (3)
2. "Ikki eshik orasi" (3)
3. "Kichkina Shahzoda" (3)
4. "Yulduzli tunlar" (2)

Gulira'no G‘ulomova
1. "Garri Potter va falsafiy tosh" (4)
2. "Yevgeniy Onegin" (3)
3. "Boburiynoma" (3)
4. "Anna Karenina" (2)
5. "Jinoyat va Jazo" (2)
"G'aroyib bolalar" (2)
"Gung qiz" K. To'ramurodov (2)

Dilnura Yuldosheva
1. "Mehrobdan chayon". A.Qodiriy (5)
2. "Choliqushi". Guntekin (4)
3. "Kecha va kunduz". Cho‘lpon (4)
4. "O‘lik jonlar". Gogol (2)
5. 1984. J.Oruell (2)

Umida Ashurova
1. Martin Iden (3)
2. Yulduzli tunlar (3)
3. Mehrobdan chayon (3)
4. Avlodlar dovoni (2)
5. Kichkina shahzoda (2)
O'tkan kunlar (2)
Tarixi Muhammadiy (2)
Ikki eshik orasi (2)
Dunyoning ishlari (2)

• Shuningdek, o‘qing:
01. 2021-yilda o‘qilgan TOP 5 kitob
02. 2022-yilda o‘qilishi rejalashtirilgan TOP 5 kitoblar
03. 18 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
04. 23 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
05. Eng yaxshi 5 ta tarixiy asarlar
06. Meni o‘zgartirgan 3 kitob
07. Men o‘qigan eng yaxshi hikoyalar beshligi

@e_kutubxona
3.6K viewsedited  14:04
Ochish/sharhlash
2022-09-19 09:32:31
So‘rovnoma

"O‘tkan kunlar" romanini necha marta o‘qigansiz?
Anonymous Poll
36%
0
37%
1 marta
20%
2-3 marta
4%
4-5 marta
1%
6-9 marta
3%
10 yoki undan oshiq marta
2.9K voters7.4K views06:32
Ochish/sharhlash