Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37.83K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 19

2022-11-28 12:00:16 #VASATIYA

Islom ummati tartib-intizomda ham o‘rtacha, adolatli va afzal ummatdir. Unda hayot faqat his-tuyg‘u, vijdon va odob-ahloq orqali tartib-intizomga solinmaydi. Yoki ba’zilarga o‘xshab, faqat kuch ishlatish, turli jazolar orqali tartib-intizomga solinmaydi. Balki insonning ma’naviy tarbiyasini kuchaytirib, odob-ahloq, taqvo, halollik masalalarini ongi, aqli va vijdoniga singdirish bilan birga, hukmni ham ishga solinadi. Chunki hamma ham ruhiy-vijdoniy yo‘l bilan tuzalib qolmaydi.

- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Vasatiya - hayot yo‘li" kitobidan

@e_kutubxona
704 views09:00
Ochish/sharhlash
2022-11-27 16:48:49 OMONAT KITOBLAR

   Bir kishi faqih Abu Homid Ahmad ibn Abu Tohirdan bir kitobni omonatga oldi. Abu Homid bir ish bilan uning uyiga borganida u kishining o‘sha kitobning ustiga uzum qo‘yganini ko‘rdi.
   Keyinroq o‘sha kishi Abu Homiddan yana omonatga kitob so‘radi. Abu Homid u so‘ragan kitobni bir tovoqqa solib olib chiqdi. U kishi Abu Homiddan kitobni nega tovoqqa solib olib chiqqanini so‘radi. Abu Homid dedi:
  "Bu sen so‘ragan kitob. Bu tovoq esa yeydigan narsangni qo‘yishing uchun!".
   Kishi xatosini angladi!

   Inson uchun kitobi aziz bo‘ladi. Agar birovga manfaat berishini, savobni, ilm tarqatishni va kitob so‘rovchini ranjitishni o‘ylamaganida kitobini birovga bermagan bo‘lar edi.
   Kitobni omonatga olgan kishi ham uni chiroyli saqlashi, muhofaza qilishi va egasiga chiroyli holatda qaytarishi lozim.
  Ba’zilarga kitob bersangiz kitobda ovqat qoldiqlarini ko‘rasiz. Go‘yo kitobni o‘qish uchun emas, ovqatlantirish uchun olgandek.
   Ba’zilar esa kitobingiz ustiga choy, qahva to‘kib, varaqlarini sarg‘aytirib qaytarishadi.
   Albatta bu ishlarni qasddan qilishmaydi. Beparvolikdan, e’tiborsizlikdan qilishadi.
   Ba’zilar kitobingizni qaytarishganda kitob yirtilgan, varaqlari bukilgan va shalviragan holda bo‘ladi.
   Boshqa birovlar esa kitobingizga bir nimalarni yozishadi, chizib tashlashadi.

   Birodarim! Bu mening kitobim, sizniki emas. Mas’uliyatni his qilishingiz kerak. Bunday qilishingiz mumkin emas. Bu ish omonatga xiyonat hisoblanadi. Omonatga olgan narsasidan inson so‘raladi!
   Ba’zilar esa yuqoridagilarning baridan yomonroq bo‘ladi. Kitobni olishga olib qaytarib bermaydi. Butunlay egallab oladi!
   Bu menga Anatol Fransning quyidagi gapini eslatadi:
   "Kitobingizni boshqalarga bermang. Ular baribir qaytarishmaydi. Mening uyimdagi barcha kitoblar boshqalardan olingan kitoblardir!".
  
- Abdulqodir Samarqandiy

@e_kutubxona
1.3K views13:48
Ochish/sharhlash
2022-11-25 15:46:21 #VASATIYA

Dangasalik tanasiga singib ketgan va riyozatni yoqtirmaydigan ba’zi bir kishilar: «Xuddi tashqi suratni o‘zgartirib bo‘lmaganidek, axloqlarni ham o‘zgartirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi», deydilar.
    Bu mutlaqo noto‘g‘ri gap. Agar axloqni o‘zgartirib bo‘lmaydigan bo‘lsa, va’zu nasihatlarning ma’nosi bo‘lmas edi. O‘zimiz ovlab kelgan vahshiy hayvonning uy hayvoniga aylanayotganini ko‘rib turib, qanday qilib axloqning o‘zgarishini inkor qilamiz?! It taomni yemay, tark qilishni, ot chiroyli yurishni o‘rganadi. Faqat ba’zilari osonlik bilan, boshqalari qiyinchilik bilan o‘rganadi, xolos.
    Ba’zilar, asli yaratilganda bor narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi, degan xayolda bo‘ladilar. Bilish kerakki, maqsad mazkur sifatlarni butunlay yo‘q qilib tashlash emas. Aksincha, riyozat chekib urinishdan maqsad shahvatlarni ifrot va tafriytning o‘rtasi bo‘lgan moʻtadillikka qaytarishdir. Ularni tamoman yo‘q qilib yuborish mumkin emas.
    Zotan, asl yaratishda shahvatni foyda uchun zarur bo‘lgani uchun yaratilgan. Misol uchun, taom shahvati kesilsa, inson halok bo‘lishi, jinsiy shahvat qirqilsa, nasl kesilishi turgan gap. Agar g‘azab butunlay yo‘q bo‘lsa, odam o‘zini halok qiladigan narsadan ham himoyalanmay qo‘yadi.
    Alloh taolo Oli Imron surasida:
«Va g‘azabni yutadiganlar», degan (134-oyat). «Gʻazabni yo‘qotadiganlar», degan emas.
Shuningdek, taom shahvatida ham, badnafslik bilan o‘ta chimxo‘rlik orasidagi moʻtadillik matlubdir.

- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Vasatiya - hayot yo‘li" kitobidan

@e_kutubxona
1.9K views12:46
Ochish/sharhlash
2022-11-23 18:00:17 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №164 muhokama uchun GYOTEning "FAUST" asari tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 26-noyabr, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Manzil: Kitobxonlar klubi
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting. Har shanba va yil davomida.
1.3K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-11-23 15:34:35 Onore de Balzak. «Gorio» romanidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar

Bu burjua qizlarini boshingizga urasizmi? Qo‘ying, aylanishmang ularga. Oʻzingizga, haligi, to muhabbat boricha sevadigan ayollardan birini toping. Dunyoda topiladi bunday ayollar.

• Shavkatli Parij shahrimizning ajoyib xususiyatlaridan biri shuki, unda senga hech kimning e'tiborini tortmasdan tugʻilish, yashash va oʻlish imkoniyati berilgan.

• Oliy siyosat sohasidagi yana ikki-uch fikrni singdirib olsangiz, bu dunyoning qandayligini o‘zingiz ham toʻgʻri tushunadigan bo'lib qolasiz. Bu dunyoda himmat-saxovat ko'rsatish bobida kichik-kichik tomosha qo‘yib turish kerak, ana shunda, yuksaklarga parvoz qila oladigan odam parterdagi ahmoqlarning gʻulduros olqishlari ostida istagan injiqliklarini ta'minlay oladigan boʻladi.

• Parijda indamay ishini bitkazib yuradigan va hech kim bilan sirdosh boʻlmaydigan odam halol odamdir.

• Biz yigitlar jafo chekishga doim tayyor turganimiz evaziga arziydigan darajada qattiq, sadoqat bilan sevilishdek baxtga ishonchimiz komil boʻlsa, ehtimol, xafagarchilikni uncha bilmagan bo'larmidik.

• Qonunning biror paragrafi toʻgʻrisida bir xil fikrda boʻlgan uchta sudyani jamiki sudlarni axtarsangiz ham topib bo'lmaydi.

@e_kutubxona
1.9K views12:34
Ochish/sharhlash
2022-11-22 13:30:38 #Oʻtkan_kunlar

"Ittifoqni nima ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo‘lsak yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsak o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yinturug‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a tutqin qilib topshirg‘uchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim! Bobolarning muqaddas gavdasi madfun Turkistonimizni to‘ng‘uzxona qilishig‘a hozirlang‘an biz itlar yaratguchining qahriga albatta yo‘liqarmiz! Temur Ko‘ragon kabi dohiylarning, Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Forobiy, Ulug‘bek va Ali Sino kabi olimlarning o‘sib-ungan va nash’u namo qilg‘anlari bir o‘lkani halokat chuqurig‘a qarab sudrag‘uchi albatta tangrining qahrig‘a sazovordir, o‘g‘lim! Gunohsiz bechoralarni bo‘g‘izlab, bolalar yatimxonalarini vayron qilg‘uchi zolimlar — qurtlar va qushlar, yerdan o‘sib chiqg‘an giyohlar qarg‘ishig‘a nishonadir, o‘g‘lim!..".

- Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan

@e_kutubxona
1.8K views10:30
Ochish/sharhlash
2022-11-21 18:56:44
GYOTE: «Faust»

Kitobni baholang:
Anonymous Poll
48%
7%
3%
1%
3%
37%
Kitobni o‘qimaganman (natijani ko‘rmoqchiman)
455 voters1.2K views15:56
Ochish/sharhlash
2022-11-21 14:26:14 #VASATIYA

Sen hammaning birday mo‘min bo‘lmaganiga ko‘p ham kuyunaverma. Ularning hammasi iymonga kelishi shart emas. Agar shu narsa zarur bo‘lganida, Alloh taolo ularning hammasini avval boshdan mo‘min qilib yaratar edi yoki mo‘min bo‘lishga majbur etar edi. Ha:
«Agar Robbing xohlasa, yer yuzidagi kishilarning hammasi iymonga kelar edilar». (10/99)
Lekin barcha hikmat sohibi bo‘lgan U Zot bunday qilmadi. Insonni yaxshilik va yomonlik, iymon va kufrga layoqat bilan yaratdi. Unga u yoki bu yo‘lni tanlab olish ixtiyorini berdi. Alloh insonga to‘g‘ridan noto‘g‘rini ajratadigan aql ham berdi. U zot aqllarga eng oson yo‘lni ko‘rsatish uchun Payg‘ambarlar yubordi. Kitoblar nozil qildi. Shunday qilib, iymon ishi ixtiyorli bo‘ldi. Ana o‘sha omillar orqali har bir odam to‘g‘ri yo‘lni topib olishi mumkin. Lekin Alloh hech kimni majbur qilmaydi.
«Yoki sen odamlarni mo‘min bo‘lishga majburlaysanmi?»
Yo‘q, albatta. Iymon ishi qalbga bog‘liq. Unga majburlash foydasizdir.

-- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Vasatiya - hayot yo‘li" kitobidan

@e_kutubxona
2.2K views11:26
Ochish/sharhlash
2022-11-20 20:00:50 #OYDINLAR

"Har bir jamiyatda bir guruh insonlar bor. Ular u jamiyatning barakasi va barcha yaxshiliklarining manbasidir. Bu guruh jamiyat manfaati uchun molini, harakatini va vaqtini sarflaydi. Ana shu guruh insonlar jamiyatning salohiyati o‘lchovidir. Ana shu guruh zaiflashib qolsa bizda jamiyat qolmaydi. Jamiyat jasadlar uyumiga aylanib qoladi".

- Doktor Abdulkarim Bakkor

@e_kutubxona
1.1K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-11-18 20:09:41 #TAFAKKUR

Bir kuni chuqur o‘yga tolib o‘tirgan edim. Oldimga bir pashsha uchib kelib qo‘ndi. O‘zimdan so‘radim: "Shu pashsha hozir mening miyamda javlon urayotgan fikrlarimni biladimi?".
  Tabiiyki, bilmaydi. U bundan ancha uzoq.
So‘ngra dedim:
  "Agar bashariyatning eng daho kishilari bir-birlariga ko‘maklashib fikrlashishsa ham Oliy Zotning haqiqatini bilishda o‘sha pashshachalik ham bo‘la olishmaydi. Uluhiyat buyukroq va oliyroqdir.
   Yana o‘zimdan so‘radim:
"Men yer yuzidan qancha masofani egallayman?".
  Javob: "Bir necha qarich joyni".
Ichimda nimadir zaiflashdi. So‘ngra zaifligim yanada ziyoda bo‘lib dedim:
  "Yer sayyorasi koinotdan men yerdan egallagan joydan ham kamroq joy egallaydi. U bu buyuk malakut ichra quyosh nuridagina ko‘rinadigan g‘uborchalik ham emas.
  Agar bu Yer sayyorasi o‘zidagi barcha jonzot bilan yo‘q bo‘lib ketsa koinot hech narsa yo‘qotmaydi go‘yo.
  Agar butun borliq yo‘q bo‘lib ketsa ilohiy buyuklikka zarracha zarar bera olmaydi.
  Alloh taoloning: "Agar Alloh Masih ibn Maryamni, uning onasini va yer yuzidagi barcha kimsalarni halok qilishni iroda qilsa kim Uni biror narsadan man qila oladi?!", degan oyatini o‘qib tadabbur qilib qalbimga qo‘rqinch hissi sizib kirdi.
     HECH KIM MAN QILA OLMAYDI!

- Muhammad Gʻazzoliy

@e_kutubxona
1.0K views17:09
Ochish/sharhlash