Get Mystery Box with random crypto!

Munozara qoidasi Munozara qiluvchi tortishuvni faqatgina x | Elektron kutubxona

Munozara qoidasi

Munozara qiluvchi tortishuvni faqatgina xaqni bilmoq, topmoq uchun qilishi kerak.
Xuddi yo‘qolgan molini qidirayotgan inson kabi. Ya’ni, yo‘qotgan molini o‘zi topadimi, yoki birodarining vositasi bilan topadimi farqi yo‘q. Qarshisidagi insonni tortishuvchi raqib emas, balki yordamchi deya qabul qilmog‘i lozim. Qachonki unga xatosini bildirib, haqiqatni oshkor qilsa, go‘yo yo‘qolgan molini qidirib yo‘lga chiqqan vaqtida birodari yo‘l ko‘rsatsa, uni mazammat qilmasdan, balki unga xursand holda tashakkur aytgani kabi, unga ham tashakkur aytmog‘i kerak.
Ha, sahobai kiromlarning mashvaratlari, munozaralari xuddi shunday edi. Bir xotin Hazrati Umarga (r.a.) e’tiroz bildirganida, u zot jamoat huzurida: «Bu ayol to‘g‘ri so‘zladi, Umar esa xato ketdi», deya e’lon qilganlar. Bir kishi Hazrati Alining (r.a.) oldilariga kelib, u zotga savol berdi. Hazrati Ali berilgan savolga javob berganlaridan so‘ng, boyagi kishi: «Ey Amirul mo‘minin! Berilgan savolning javobini yanglish aytdingiz, menimcha javob bunday bo‘ladi», deb fikrini izhor qildi. Shunda Hazrati Ali unga: «Sen to‘g‘ri aytding, men xato qildim. Har bir ilm sohibidan buyukroq ilm sohibi chiqaveradi», dedilar.

- Imom G‘azzoliy

@e_kutubxona