Get Mystery Box with random crypto!

Aql ko‘taradigan ilm berish haqida 'Talabaga ilmni uning f | Elektron kutubxona

Aql ko‘taradigan ilm berish haqida

"Talabaga ilmni uning fahm-farosati ko‘tarishiga qarab berish lozim. Aqli yetmagan narsani o‘rganmasinki, uni ilmdan nafratlantirib qo‘yadi yoki aqlini chalkashtirib yuboradi. Bu borada bashariyatning sayyidi bo‘lgan zotga (sollallohu alayhi vasallam) ergashish lozimdirki, u zot (sollallohu alayhi vasallam): «Biz payg‘ambarlar jamoasi odamlarni o‘z o‘rinlariga qo‘yishga va ularning aqllari yetadigan miqdorda gapirishga buyurilganmiz», deganlar.
Bas, qachonki talabaning haqiqatni anglashga yuzlanganini bilsa, unga haqiqatni sochsin. Zero, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Bir qavmga ularning aqllari yetmagan biror so‘zni gapirgan kishi ularning ba’zilari uchun fitnaga sabab bo‘ladi», deganlar.
Hazrat Ali (r.a.) ko‘ksiga ishora qilaturib, aytganlar: «Albatta, mana bu yerda juda ko‘p ilm bor, koshkiydi unga munosib tolib topolsam». Naqadar to‘g‘ri so‘zlaganlar. Chunki yaxshilarning qalbi sirlarning qabridir".

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

@e_kutubxona