Get Mystery Box with random crypto!

Insonning afzaliyati Abdulloh ibn Muborakdan: «Komil inson | Elektron kutubxona

Insonning afzaliyati

Abdulloh ibn Muborakdan: «Komil insonlar kimlar?» deb so‘rashdi. «Olimlar», deb javob berdilar. «Podshohlar kim?» deb so‘rashdi so‘ngra. «Zohidlar», deya javob qildilar.
«Pastkashlar kim?» degan savolga esa: «Din nomidan dunyo yeydiganlar», dedilar.
Ibn Muborak olimlardan boshqasini komil inson demadilar. Chunki insonni hayvonlardan ajratib turadigan asosiy xususiyati ham ilmdir. Inson nima bilan sharafli bo‘lsa, o‘sha narsa bilan insondir. Uning afzalligi jismoniy quvvatida emas. Zero, tuya insondan ancha baquvvatdir. Jismning kattaligi bilan ham afzal emas, zero, fil undan kattaroqdir. Afzallik shijoat bilan ham o‘lchanmaydi, chunki yirtqich hayvon undan ko‘ra shijoatliroqdir. Yeb-ichish bilan ham afzal emas, ho‘kizning qorni unikidan kattaroq. Demak, inson faqat ilm uchun yaratilgan.

- Imom G‘azzoliy. "Ihyou ulumid-din"

@e_kutubxona