Get Mystery Box with random crypto!

#Hazrat_Umar O‘sha kunlarda yana bir qiziq voqea sodir bo‘ | Elektron kutubxona

#Hazrat_Umar

O‘sha kunlarda yana bir qiziq voqea sodir bo‘ldi. Hayotlik chog‘idayoq jannatga kirishi xushxabari berilgan Abu Talha ibn Ubaydulloh inisi Usmonning mukofot pulini eshitib, chidab turolmadi.
– Yaxshi bo‘lmapti, mo‘minlar amiri!
– Nima yaxshi bo‘lmapti?
– Siz Anasning o‘g‘li Nazrga ikki ming dirham beribsiz. U tengi yigit esa sakkiz yuz olibdi.
- Abu Talha, sen o‘zingcha haqsan. Lekin senga bir narsani aytib beray. Uhudda Nazrning otasi Anasga duch keldim, u mendan: «Rasulullohning ahvollari qalay?» — deb so‘radi. «Menimcha, shahid bo‘ldilar», - deya javob berdim. U shu zahoti qilichining qinini sindirib: «Payg‘ambar o‘lsa ham, uni yuborgan Alloh o‘lmaydi», - degancha oldinga otildi. Ayni o‘sha payt Usmonning otasi qo‘ylarini boqib yurgan edi. Bundan o‘zing ham xabardorsan. Qani ayt-chi, shunda ham ularni teng ko‘raymi?
Talhaning beradigan javobi yo‘q edi.

- Ahmad Lutfiy Qozonchi. Hazrat Umar (roziyallohu anhu) kitobidan

@e_kutubxona