Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2021 Test topshiriladigan fanlar majmuasi Davlat komis | Milliy sertifikat

#Qabul2021
Test topshiriladigan fanlar majmuasi

Davlat komissiyasining 2021-yil 7-martdagi 10-son bayoni bilan 370 ta ta’lim yo‘nalishi uchun, 2-iyuldagi 1-son bayon bilan esa yangi tashkil etilgan 101 ta ta’lim yo‘nalishi uchun fanlar majmuasi tasdiqlangan bo‘lib, Davlat komissiyasining 27-iyuldagi 2-son bayoni bilan ushbu fanlar majmuasi birlashtirilib tasdiqlangan.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarining fanlar majmuasiga o‘zgartirish kiritilmaganligini ma’lum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan fanlar majmuasi Davlat test markazi mas’ul xodimlarining texnik xatoligi tufayli noto‘g‘ri joylashtirilgan edi va ushbu xatolik to‘g‘rilandi.

2021-2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube