Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2021 #Ovozli_chat #Live Test sinovlarining dastlabki ya | Milliy sertifikat

#Qabul2021 #Ovozli_chat #Live
Test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi

Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etmoqda.

Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi:

test sinovlarining dastlabki yakunlari;
koronavirusga chalinganlar uchun qo‘shimcha test sinovlari;
test sinovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilish;
xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari.

Ishtirokchilar ovozli chat davomida qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda mavzu yuzasidan o‘z savollarini berishlari mumkin.

Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.me/dtmuzb?voicechat

Ovozli chat funksiyasi ishlashi uchun telegramning oxirgi versiyasi bo‘lishi lozim. Agar sizda telegramning oxirgi versiyasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, dasturni yangilab olishni unutmang.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube