Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2021 Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha uchinchi k | Milliy sertifikat

#Qabul2021
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha uchinchi kun natijalari e’lon qilindi

2021-yil 25-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

25-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

transfer.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish-2021” bo‘limidan):

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube