Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! Mamnuniya | Milliy sertifikat

Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 3-sentabr kuni e’lon qilinadi.

Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:

15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;

16:00 dan – Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari;

17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube