Get Mystery Box with random crypto!

Vatanimizning Mustaqillik kuni bilan! 1-sentabr sanasi Vatani | Milliy sertifikat

Vatanimizning Mustaqillik kuni bilan!

1-sentabr sanasi Vatanimiz va xalqimiz uchun unutilmas, tarixiy kun hisoblanadi!

Bundan 30 yil oldin O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan suveren davlat sifatida ko‘pmillatli xalqining farovonligi va erkini ta’minlash hamda taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanladi.

Bugun o‘tgan yillar davomida erishilgan yutuqlarni uzoq sanash mumkin, ammo muhimi – yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Shu tufayli hamyurtlarimiz bilan tinchlik va xotirjamlikda, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shib, ulkan zafarlarni qo‘lga kiritib kelmoqdamiz!

Fursatdan foydalanib, Davlat test markazi jamoasi nomidan O‘zbekiston xalqiga mustahkam sog‘liq, farovonlik va omad, jonajon Vatanimizga esa – tinchlik va ulkan taraqqiyot tilab qolamiz.

O‘zbekistonliklar o‘zlarining ezgu amallari va muvaffaqiyatlari bilan jahon hamjamiyatida yurtimiz nufuzini mustahkamlab borishlari barqaror va bardavom bo‘laversin!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube