Get Mystery Box with random crypto!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi R
Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Kanal manzili: @barkamolbolalarmaktabi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.19K
Kanalning ta’rifi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi
Web-site: www.babm.uz
m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/
Tel: 71-217-18-71

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-06-13 09:55:53 Assalomu alaykum!

Bugun 13-iyun, Seshanba

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro albinizmdan xabardorlik kuni
AQSHda bolalar kuni
Lyuksemburgda onalar kuni
Kanadada Kanada daryolari kuni
Argentinada yozuvchilar kuni

VOQEALAR:

1920-yil — AQSH Pochta xizmati bolalarni posilkada joʻnatishni taqiqladi.
1942-yil — AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt ayni patda Markaziy razvedka boshqarmasi deb ataluvchi Strategik xizmatlar idorasini tuzishga qaror qildi.
1944-yil — Olmoniyada ilk bor qanotli raketalar qoʻllanildi.
1958-yil — Xitoyda birinchi eksperimental yadro reaktori ishga tushirildi.
2009-yil — Eronda prezidentlik saylovlarida Ahmadinejod g‘alaba qozonganidan keyin Tehronda tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

40-yil — Gney Yuliy Agrikola — Rim generali va davlat arbobi.
1773-yil — Tomas Yung — ingliz fizigi, shifokor va astronom, yorug‘lik to‘lqinlari nazariyasining asoschilaridan biri.
1790-yil — Xose Antonio Paes — Venesuela mustaqilligi uchun kurash qahramon va uning birinchi prezidenti.
1831-yil — Jeyms Klerk Maksvell — shotland fizigi, elektromagnit maydon nazariyasini ishlab chiqqan olim.
1865-yil — Uilyam Yeyts — irlandiyalik shoir va dramaturg, “Nobel” mukofoti sovrindori.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.1K views06:55
Ochish/sharhlash
2023-06-12 16:57:45
“TOGʻ SARGUZASHTLARI” FESTIVALI GʻOLIBLARI ANIQLANDI!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Yangi IMKONIYATLAR oyligi” doirasida “Togʻ sarguzashtlari” festivalining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Festivalning mutlaq gʻolib va sovrindorlari aniqlandi!

Ular bilan quyida tanishing!
1- o'rin: Surxondaryo viloyati, Denov tuman “Barkamol avlod” maktabining “Qalqon” jamoasi;
2-o'rin: Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tuman “Barkamol avlod” maktabining “Yogʻdu lochinlari” jamoasi;
3-o'rin: Qashqadaryo viloyati, Kitob tuman “Barkamol avlod” maktabining “Burgutlar” jamoasi.

G‘oliblar:
1-oʻrin:
3 o‘rinli chodir ;
2-oʻrin: 2 o‘rinli chodir ;
3-oʻrin: 2 o‘rinli chodir kabi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

G'oliblarni Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Bizni kuzatib boring!
Eng yangi hamda qiziqarli tanlovlar va loyihalar bizda!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.5K views13:57
Ochish/sharhlash
2023-06-12 12:17:13
#Yangi_IMKONIYATLAR_oyligi

“TOGʻ SARGUZASHTLARI” FESTIVALINING RESPUBLIKA BOSQICHI OʻTKAZILDI

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan “Yangi IMKONIYATLAR oyligi” doirasida “Togʻ sarguzashtlari" festivali e’lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani Chimyon togʻ yon bagʻrida “Togʻ sarguzashtlari” festivali ko'tarinki ruhda o'tkazildi!

Festival doirasida jamoalar quyidagi shartlar bo‘yicha bellashdilar:
Velosipedda sun'iy muhitda turli shartlarni bajarish;
Joyga nisbatan yo‘nalish bo‘yicha mo‘ljal olish;
Tabiiy to‘siqlardean o‘tish;
Qoyaga alpinizm texnikasi asosida chiqish;
Tepalikka tez yugurib chiqib-tushish;
Gulxan yoqish;
Sayyohlik qo‘shiqlari;
Minerallar va o'simliklar nomini aniqlash.

Festivalda 15 433 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

G‘olib deb topilgan jamoalar Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining diplomlari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Respublika"Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.4K views09:17
Ochish/sharhlash
2023-06-12 05:24:40 Assalomu alaykum!

Bugun 12-iyun, Dushanba

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni
Turkmanistonda fan kuni
Filippinda Mustaqillik kuni

VOQEALAR:

1920-yil — Panama kanalining rasmiy ochilishi bo‘lib o’tdi.
1945-yil — Fransiyada urush paytida kiritilgan matbuot senzurasi bekor qilindi.
1955-yil — Yoqutistonda birinchi yirik olmos koni topildi.
1973-yil — Jenevada BMTning yangi organi — BMTning Atrof-muhit bo'yicha dasturi boshqaruvchilar kengashi o'z ishini boshladi.

TAVALLUDLAR:

1890-yil — Egon Shile — avstriyalik rassom va grafik, ekspressionizm vakili.
1924-yil — Jorj V. Bush — AQShning 41-prezidenti, kongressmen, diplomat.
1941-yil — Chik Koreya — amerikalik jaz pianinochisi va bastakori, 22 karra “Gremmi” mukofoti sovrindori.
1942-yil — Bert Zakman — nemis shifokori, fiziolog, “Nobel” mukofoti sovrindori.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.5K views02:24
Ochish/sharhlash
2023-06-11 20:37:07


Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan HAFTALIK DAYJEST

OAV biz haqimizda;

OAV biz haqimizda;

OAV BIZ haqimizda;

OAV BIZ haqimizda;

Navbatdagi gʻalaba!

To'garak a'zolari o'rtasida shaxmat turniri o'tkazildi;

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida ochiq mashgʻulot oʻtkazildi;

Gʻoliblar aniqlandi;

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hududlarda…

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hududlarda.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.4K views17:37
Ochish/sharhlash
2023-06-11 10:34:59
#Jizzax

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hududlarda…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Jizzax viloyati, Doʻstlik, Yangiobod va Mirzachoʻl tuman “Barkamol avlod” bolalar maktablarining o‘quv binosi va faoliyati bilan tanishildi.

Dastlab to‘garak mashg‘ulotlari jarayoni kuzatilib, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatildi.

Bundan maqsad, to‘garaklarda o‘quvchi-yoshlar qamrovini oshirish, madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish hamda ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish yuzasidan amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatishdan iborat.

Hududlarga amaliy-uslubiy yordamlar davom etadi...

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
814 views07:34
Ochish/sharhlash
2023-06-10 07:55:06 Assalomu alaykum!
Bugun 10-iyun, Shanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Butunjahon muzqaymoq kuni
Butunjahon qo‘l san’ati kuni
Gaitida bolalar kuni
Qirg‘izistonda xotira kuni
Moldovada chegarachilar kuni

VOQEALAR:

1652-yil — Jon Xall Amerikada birinchi zarbxonani ochdi.
1793-yil — Parijda dunyodagi birinchi jamoat hayvonot bog‘i tashkil etildi.
1846-yil — Shotlandiyalik Robert Uilyam Tomson Londonda pnevmatik shinalar uchun patent oldi.
1848-yil — Nyu-York va Chikago o‘rtasida birinchi telegraf liniyasi ishga tushirildi.
1909-yil — Dunyoda birinchi marta SOS signali ishlatildi.
1947-yil — “Saab” o‘zining birinchi avtomobilini ishlab chiqardi.

TAVALLUDLAR:

1729-yil — Aleksandr Bibikov — rossiyalik davlat va harbiy arbobi, bosh general.
1832-yil — Nikolaus Avgust Otto — nemis muhandisi, 4 zarbli ichki yonish dvigateli ixtirochisi.
1844-yil — Karl Xagenbek — germaniyalik tadbirkor, Gamburgdagi Xagenbek hayvonot bog‘i asoschisi.
1865-yil — Frederik Kuk — dunyoda birinchi bo‘lib Shimoliy qutbga borganini da’vo qilgan amerikalik tadqiqotchi.
1915-yil — Saul Bellou — amerikalik yozuvchi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1921-yil — shahzoda Filipp, Edinburg gersogi, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.3K views04:55
Ochish/sharhlash
2023-06-09 17:02:58
#Jizzax

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hududlarda…

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Jizzax viloyati, Zomin, Forish hamda Sharof Rashidov tuman “Barkamol avlod” bolalar maktablarining o‘quv binosi va faoliyati bilan tanishildi.

Dastlab to‘garak mashg‘ulotlari jarayoni kuzatilib, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatildi.

Bundan maqsad, to‘garaklarda o‘quvchi-yoshlar qamrovini oshirish, madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish hamda ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish yuzasidan amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatishdan iborat.

Hududlarga amaliy-uslubiy yordamlar davom etadi...

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.3K views14:02
Ochish/sharhlash
2023-06-09 13:48:17
G‘OLIBLAR ANIQLANDI!

#Kayfiyat_uchun

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan #Kayfiyat_uchun challenge e’lon qilingan edi.

Mazkur challengening mutlaq g'oliblari bilan tanishing!

1-o'rin: Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar ''Barkamol avlod'' bolalar maktabining to‘garak rahbari va a'zolari;
2-o'rin: Farg‘ona viloyati, Qo'qon shahar ''Barkamol avlod'' bolalar maktabi to'garak a'zolari;
3-o'rin: Namangan viloyati, Chust tuman  "Barkamol  avlod " bolalar maktabi to'garak a'zolari
.

G'oliblar maxsus DIPLOM bilan taqdirlanadilar.

G'oliblarni Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi nomidan tabriklaymiz!



Bizni kuzatib boring!
Eng yangi hamda qiziqarli tanlovlar va loyihalar bizda!

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
2.0K views10:48
Ochish/sharhlash
2023-06-09 13:14:44
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida ochiq mashgʻulot oʻtkazildi

Yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan “Robototexnika” toʻgaragi a'zolari uchun ochiq mashgʻulot tashkil etildi.

Ochiq mashgʻulot davomida toʻgarak a’zolari toʻgarak rahbarlari bilan birgalikda o'z orzusidagi “Smart house” (Aqlli uy) loyihasi bo‘yicha uy yasadilar.

Mashgʻulot jarayonida ota-onalar ham ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan shu kabi mashg‘ulotlar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.4K views10:14
Ochish/sharhlash