Get Mystery Box with random crypto!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi R
Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Kanal manzili: @barkamolbolalarmaktabi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.19K
Kanalning ta’rifi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi
Web-site: www.babm.uz
m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/
Tel: 71-217-18-71

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-04-18 17:12:24
DIQQAT DIQQAT

"Vazir sovrini" ko'rik-tanlovining respublika bosqichi o'tkazilmoqda

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Vazir sovrini" respublika ko'rik-tanlovi tashkil etilgan edi.

Shu munosabat bilan ERTAGA "Vazir sovrini" ko'rik-tanlovining respublika bosqichi Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida oʻtkazilmoqda.

Respublika bosqichida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'quvchi-yoshlar bellashadilar:
Yog‘och o‘ymakorligi;
Liboslar dizayni;
Yosh arxitektor
.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi barcha ko'rik-tanlov ishtirokchilariga omad va zafarlar tilaydi!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.0K views14:12
Ochish/sharhlash
2023-04-18 13:48:21
#Yangi_IMKONIYATLAR_oyligi

Smile spring" respublika varraklar festivalining hududiy bosqichi o'tkazilmoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "YANGI IMKONIYATLAR OYLIGI" doirasida "Smile spring" respublika varraklar festivali e'lon qilingan edi.

Hozirda ushbu ko'rik-tanlovning hududiy bosqichi "Barkamol avlod" bolalar maktablarida o'tkazilmoqda.

Festival nizomiga ko'ra, 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan barcha o‘quvchi-yoshlar ishtirok etmoqda.

Nizom bilan tanishish

Eslatib o'tamiz, aprel oyining uchinchi 10 kunligida “Smile spring” varraklar festivalinining respublika bosqichi Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida o'tkazish rejalashtirilgan.

Festivalni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarni texnik yo‘nalishdagi to‘garaklarga jalb qilish, ma’naviy olamini boyitish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, iqtidorli bolalarni aniqlash va sportning texnik turlarini yanada rivojlantirishdan iborat.

Festival g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining DIPLOM hamda ESDALIK SOVG'ALARI bilan taqdirlanadilar.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.3K views10:48
Ochish/sharhlash
2023-04-18 13:30:40
#Barkamol_avlod_bolalar_maktablari_OAV_nigohida

“Barkamol avlod” bolalar maktabining toʻgarak a’zosi quyosh nurida harakatlanuvchi elektromobil yaratdi.

Batafsil Zo'r TV telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida koʻrishingiz mumkin!

#Eksklyuziv

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.1K views10:30
Ochish/sharhlash
2023-04-18 08:56:42 Assalomu alaykum!

Bugun 18-aprel, Seshanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog'liq bo'lgan voqealarni siz bilan bo'lishadi!

BAYRAMLAR:

Butunjahon radioni sevuvchilar kuni
Xalqaro obidalar va tarixiy joylar kuni
O‘zbekistonda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni
Yaponiyada kashfiyotlar kuni

VOQEALAR:

1846-yil — Amerikalik Royal Xaus telegraf apparatiga patent oldi.
1853-yil — Osiyoda birinchi temir yo‘l ishga tushirildi.
1902-yil — Buyuk Britaniyada jinoyatni aniqlash uchun ilk bor daktiloskopiyadan foydalanildi.
1975-yil — “Microsoft” kompaniyasi tashkil topdi.

TAVALLUDLAR:

1838-yil — Pol Emil Lekok de Buabodran — galliy, samariy va disproziy elementlarini kashf etgan fransiyalik kimyogar.
1872-yil — Bernard Dodj — amerikalik botanik, zamburug‘larni tadqiq qilgan hamda tasniflagan olim.
1907-yil — Mitxat Bulatov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan binokor.
1939-yil — Anatoliy Bushuy — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, tilshunos.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.3K views05:56
Ochish/sharhlash
2023-04-18 07:18:15
#Fakt_va_rejalar

"BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABLARI HAQIDA 3 FAKT

Respublika bo‘ylab 219 ta “Barkamol avlod" bolalar maktablari mavjud. Unda 290 ming nafardan ziyod yoshlar qamrab olingan.

“Barkamol avlod” bolalar maktablarining barchasi xatlovdan o‘tkazilgan.

Sirdaryo viloyati, Gʻijduvon va Sergeli tumanlarida ushbu maskanlar namuna sifatida zamon talablari asosida barpo etildi.

Kelgusida mazkur tajribani butun Respublika bo‘yicha ommalashtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi tarmoq to‘garaklarini 2 barobarga oshirish ko'zda tutilmoqda.
_______
HURMATLI OTA-ONALAR!

Sizga qulaylik yaratish maqsadida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining yangilangan manzillari veb-saytimizga joylashtirildi.

Shuningdek, maxsus telegram bot ham ishga tushirilgan.

Ushbu bot orqali siz to’garak nomlari, aloqa uchun raqam va manzillar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
1.1K views04:18
Ochish/sharhlash
2023-04-17 18:55:46
Memorandum ijrosi amalda...

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi o'rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Ushbu Memorandum doirasida Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Favqulodda vaziyatlarda favqulodda harakatlar" mavzusida xodimlar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kafedra katta oʻqituvchisi Mayor Sherali Asomov hamda kafedra oʻqituvchisi Kapitan Gʻolibjon Oʻrinboyevlar ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish hamda birlamchi oʻt oʻchirish vositalari va ularning turlari haqida koʻrgazmali ma’lumotlar berib oʻtdilar.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad xodimlar o'rtasida favqulodda vaziyatlar hamda yong'in kelib chiqqan vaqtda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirib borishdan iborat.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
787 views15:55
Ochish/sharhlash
2023-04-17 13:32:34
"Barkamol avlod" bolalar maktablarining to'garak a'zolaridan navbatdagi XALQARO G'ALABA

Taekwondo ITF sport turi bo'yicha Qozog'iston Respublikasida o'tkazilgan KAZAKHSTAN YOUTH TAEKWON DO FEDERATION tomonidan o'tkazilgan Osiyo chempionatida Andijon viloyati, Jalaquduq tuman "Barkamol avlod" bolalar maktablarining "Taekwondo ITF" to'garak a'zolari munosib qatnashib g'oliblikni qo'lga kiritdilar.

Quyidagi mutlaq g'olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing!

Ashuraliev Muhammadsidiq
Davlatbekov Dilhushbek
Abdushukurov Adhamjon

Taekwondo ITF sport turi bo'yicha Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, barcha raqiblarini ortda qoldirib, g'oliblik shoxsupasiga ko'tarilgan to'garak a'zolarimizni Maktabgacha va maktab ta'lim xuzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi nomidan erishgan yutuqlari va Xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini yuksak pog'onaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.2K views10:32
Ochish/sharhlash
2023-04-17 11:34:13
#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

Sirdaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tajribasi

Batafsil Oʻzbekiston 24 telekanalining “Maxsus reportaj” dasturi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#17apr #uzbekiston24

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.6K views08:34
Ochish/sharhlash
2023-04-17 07:26:24 Assalomu alaykum!

Bugun 17-aprel, Dushanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog'liq bo'lgan voqealarni siz bilan bo'lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro sirk kuni
Tojikistonda Dushanbe shahri kuni
Qozogʻistonda yongʻin xavfsizligi kuni
Yaponiyada bolalarni himoya qilish kuni

VOQEALAR:

1492-yil — Xristofor Kolumb Ispaniya bilan Hindistonga yangi yo‘l ochish haqida shartnoma imzoladi.
1980-yil — Janubiy Rodeziya oʻz nomini Zimbabvega oʻzgartirdi.
1982-yil — Angliya qirolichasi Yelizaveta II Kanadaning yangi konstitutsiyaviy qonunini tan olib, uni to'liq mustaqil deb e'lon qildi.
1992-yil — Rossiyaga ikki rasmiy nom berildi – “Rossiya Federatsiyasi” va “Rossiya”.

TAVALLUDLAR:

1403-yil — Ali Qushchi — ilmiy faoliyat ko‘rsatgan matematik va astranom. Unga nisbatan Ulug‘bek “farzandi arjumand” sifatida ishonch bildirgan.
1598-yil — Jovanni Battista Richcholi — italiyalik astronom va ilohiyotchi, Oy xaritasini tuzgan birinchi olim.
1837-yil — Jon Pirpont Morgan — amerikalik moliyachi, sanoatchi, “General Electric” kompaniyasi asoschisi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
469 views04:26
Ochish/sharhlash
2023-04-16 19:43:40


Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan HAFTALIK DAYJEST

Endilikda veb-saytimiz orqali xalqaro tanlovlardan doimiy xabardor bo'lishingiz mumkin;

#Natijalar_gapirsin
"Barkamol avlod" bolalar maktabi to‘garak a'zosidan musiqiy kayfiyat!;

Robotexnika bolalarga nima o'rgatadi?

"Barkamol avlod" bolalar maktablari yanada zamonaviylashtiriladi;

"IT universitetlari va ulardagi imkoniyatlar" mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi;

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hududlarda…;

Malaka oshirish boʻyicha oʻquv-trening oʻtkazildi;

Xalq soʻzi gazetasi
2023-yil 15-aprel kungi 75-soni, 4-bet
"Oʻqituvchilarning obroʻ-e’tibori yanada yuksaladi"
Sevara Maxmudova;

“Barkamol avlod” bolalar maktabining toʻgarak a’zosi quyosh nurida harakatlanuvchi elektromobil yaratdi;

#Natijalar_gapirsin
Koʻplab qiziqishlarga sabab boʻlgan ELEKTROMOBIL namoyishi!;

Toʻgaraklar faoliyatini rivojlantirish va yangiliklar kiritish muhokama etildi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.1K views16:43
Ochish/sharhlash