Get Mystery Box with random crypto!

#Yangi_IMKONIYATLAR_oyligi “TOGʻ SARGUZASHTLARI” FESTIVALINI | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

#Yangi_IMKONIYATLAR_oyligi

“TOGʻ SARGUZASHTLARI” FESTIVALINING RESPUBLIKA BOSQICHI OʻTKAZILDI

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan “Yangi IMKONIYATLAR oyligi” doirasida “Togʻ sarguzashtlari" festivali e’lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani Chimyon togʻ yon bagʻrida “Togʻ sarguzashtlari” festivali ko'tarinki ruhda o'tkazildi!

Festival doirasida jamoalar quyidagi shartlar bo‘yicha bellashdilar:
Velosipedda sun'iy muhitda turli shartlarni bajarish;
Joyga nisbatan yo‘nalish bo‘yicha mo‘ljal olish;
Tabiiy to‘siqlardean o‘tish;
Qoyaga alpinizm texnikasi asosida chiqish;
Tepalikka tez yugurib chiqib-tushish;
Gulxan yoqish;
Sayyohlik qo‘shiqlari;
Minerallar va o'simliklar nomini aniqlash.

Festivalda 15 433 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

G‘olib deb topilgan jamoalar Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining diplomlari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Respublika"Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE