Get Mystery Box with random crypto!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi R
Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Kanal manzili: @barkamolbolalarmaktabi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.19K
Kanalning ta’rifi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi
Web-site: www.babm.uz
m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/
Tel: 71-217-18-71

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1

Oxirgi xabar 5

2023-06-09 07:03:10
#Иштирокчилар_билан_таништирамиз
#Samarqand_2023

TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI TA'LIM VAZIRLARI SAMARQANDDA UCHRASHADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan joriy yilning 13-14-IYUN kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar ta'lim vazirlarining VII yig'ilishi tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad –Turkiy davlatlar tashkiloti a’zo mamlakatlari o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va umumiy ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat.

Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston ta’lim vazirlari va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Xalqaro Turkiy akademiya prezidenti maslahatchisining ishtirok etishi kutilmoqda.
________

EDUCATION MINISTERS OF THE ORGANIZATION OF TURKIC STATES WILL MEET IN SAMARKAND!

The VII meeting of education ministers of the member-states of Organization of Turkic States is being organized by the Ministry of Preschool and School Education on June 13-14 this year in Samarkand.

The goal of this event is to expand cooperation in the field of education and determine common priority tasks among the member countries of the Organization of Turkic States.

The ministers of education of Uzbekistan, Turkiye, Kyrgyzstan, Azerbaijan, Kazakhstan and the Secretary General of the Organization of Turkic States and Adviser to the President of the International Turkish Academy are expected to participate in this prestigious event.

Vazirlikning
rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
1.1K views04:03
Ochish/sharhlash
2023-06-09 07:03:02 Assalomu alaykum!

Bugun 9-iyun, Juma.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro do‘stlar kuni
Xalqaro arxivlar kuni
Butunjahon akkreditatsiya kuni

VOQEALAR:

1822-yil — AQShda Charlz Grem sun’iy jag‘ni patentladi.
1904-yil — London simfonik orkestri o‘zining birinchi kontsertini berdi.
1923-yil — Bolgariyada harbiy to‘ntarish bo‘lib o‘tdi.
1934-yil — Donald Dak ishtirokidagi birinchi multfilm namoyish etildi.

TAVALLUDLAR:

1768-yil — Semyuel Sleyter — to‘qimachilik bo‘yicha mutaxassis, Amerika sanoat inqilobi “otasi”.
1775-yil — Georg Fridrix Grotefend — nemis filologi, qadimgi fors mixxati yozuvlarini ochishga zamin yaratgan olim.
1781-yil — Jorj Stivenson — birinchi parovozlardan birini yaratgan ingliz ixtirochisi, shuningdek, birinchi jamoat temir yo‘li quruvchisi.
1843-yil — Berta fon Zunter — avstriyalik yozuvchi, pasifist, tinchlik bo‘yicha “Nobel” mukofotini olgan birinchi ayol.
1915-yil — Les Pol — amerikalik gitarachi, elektr gitara yaratuvchisi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.2K views04:03
Ochish/sharhlash
2023-06-06 15:44:41
To'garak a'zolari o'rtasida shaxmat turniri o'tkazildi

Yozgi ta’til vaqtida oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni toʻgaraklarga jalb etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Yunusobod tumani "Yoshlar ishlari agentligi" bilan hamkorlikda shaxmat turniri tashkil etildi.

Bunda, "Barkamol avlod" toʻgarak a’zolari hamda tumandagi "Muruvvat"’ MFY fuqarolari ishtirok etdi.

Tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilar kelgusi bosqich uchun yoʻllanma va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
626 views12:44
Ochish/sharhlash
2023-06-06 13:45:49
#Bizning_faxrimiz

NAVBATDAGI G‘ALABA

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Ashihara-karate Federasiyasi bilan hamkorlikda “Ashihara-karate” sport turi bo‘yicha OSIYO kubogi o‘tkazildi.

Bunda, Qashqadaryo viloyati Nishon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Karate" to‘garak rahbari Hamraqulov Begzod ishtirok etib OSIYO KUBOGI sohibiga aylandi.

G‘oliblikni qo'lga kiritgan to‘garak rahbarimizni viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi  nomidan erishgan  yutugʻi va xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Telegram  Facebook 
     Instagram  YouTUBE
810 views10:45
Ochish/sharhlash
2023-06-06 07:34:56 Assalomu alaykum!

Bugun 6-iyun, Seshanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Vengriyada o‘qituvchilar kuni
Ukrainada jurnalistlar kuni
Litvada otalar kuni
Tayvanda muhandislar kuni

VOQEALAR:

1942-yil — sintetik matodan tikilgan birinchi parashyutdan sakraldi.
1761-yil — M.V. Lomonosov Veneraning quyosh diskidan o‘tishini kuzatib, unda atmosfera mavjudligini aniqladi.
1933-yil — Nyu-Jersi shtatidagi Kamden shahrida birinchi kinoteatr ochildi, bu avtomobil ixlosmandlariga mashinalardan chiqmasdan kino tomosha qilishga imkon berdi.

TAVALLUDLAR:

1850-yil — Ferdinand Braun — nemis fizigi, kineskop ixtirochisi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1868-yil — Robert Folkon Skott — ingliz qutb tadqiqotchisi, Janubiy qutbni kashf etganlardan biri.
1875-yil — Tomas Mann — nemis yozuvchisi, adabiyot bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1917-yil — Kirk Kerkoryan — kelib chiqishi arman bo‘lgan amerikalik tadbirkor, milliarder.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.2K views04:34
Ochish/sharhlash
2023-06-05 12:35:54
#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

Sevimli telekanalining ZAMON informatsion dasturida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari" shiori ostida festival o'tkazilganligi keng yoritildi.

Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.5K views09:35
Ochish/sharhlash
2023-06-05 11:11:08

1.3K views08:11
Ochish/sharhlash
2023-06-05 10:14:09
#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

Mahalla telekanalida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari" shiori ostida festival o'tkazilganligi keng yoritildi.

Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.2K views07:14
Ochish/sharhlash
2023-06-05 09:43:47 Assalomu alaykum!

Bugun 5-iyun, Dushanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Butunjahon atrof-muhit kuni
Daniyada Konstitutsiyasi kuni
Qozog‘istonda ekologlar kuni
Islandiyada dengizchilar kuni

VOQEALAR:

1783-yil — Jozef-Mishel va Jak-Etenn Mongolfe birinchi havo sharini uchirdi.
1947-yil — AQSH davlat kotibi George Marshall Yevropaga yordam berish rejasini taklif qildi.
1977-yil — Apple II birinchi shaxsiy kompyuter sotuvga chiqdi.
1995-yil — Andijon muhandislik iqtisodiyot universiteti tashkil etildi.

TAVALLUDLAR:

1718-yil — Tomas Chippendeyl — ingliz mebel ishlab chiqaruvchisi, rokoko uslubidagi noyob mebellar yaratuvchisi.
1894-yil — Roy Gerbert Tomson — kanadalik mediamagnat, “Thomson Corporation” asoschisi.
1900-yil — Dennis Gabor — asli vengriyalik ingliz fizigi, golografiya asoschisi, “Nobel” mukofoti laureati.
1907-yil — Rudolf Payerls — ingliz fizigi, Amerika atom bombasi yaratuvchilardan biri.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.2K views06:43
Ochish/sharhlash
2023-06-05 09:09:21
#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

Yoshlar telekanalining DAVR informatsion dasturida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari" shiori ostida festival o'tkazilganligi keng yoritildi.

Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.4K views06:09
Ochish/sharhlash