Get Mystery Box with random crypto!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi R
Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Kanal manzili: @barkamolbolalarmaktabi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.19K
Kanalning ta’rifi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi
Web-site: www.babm.uz
m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/
Tel: 71-217-18-71

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-07-06 11:16:39
DIQQAT DIQQAT

“Milliy hunarmandchilik” respublika onlayn ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Milliy hunarmandchilik” respublika onlayn ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda!

Ko‘rik-tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
Do‘ppido‘zlik,
Gilamdo‘zlik,
Zardo‘zlik,
Mahsido‘zlik
.

Koʻrik-tanlovda ishtirokchilar nizomda keltirilgan shartlar bo'yicha ijodiy ishlarini 7-iyuldan, 17-iyul kuniga qadar @RBABM_TANLOVlarbot telegram botiga yuborishlari lozim!

Ko'rik-tanlov nizomi bilan batafsil quyidagi havola tanishing!

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan maxsus DIPLOM bilan taqdirlanadi.

Ko‘rik-tanlovda 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlarni hunarmandchilik va qo’l mehnati yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat.

Aziz o‘quvchi-yoshlar ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!

Barchangizga omad yor bo'lsin!


Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati


Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
261 viewsedited  08:16
Ochish/sharhlash
2023-07-06 07:14:48 Assalomu alaykum!
Bugun 6-iyul, Payshanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Butunjahon kardiologiya kuni
Qozog‘istonda poytaxt kuni
Chilida daraxt ekish kuni
Peruda o‘qituvchilar kuni
Komor orollarida Mustaqillik kuni

VOQEALAR:

1687-yil — Isaak Nyuton Londonda amaliy matematika, astronomiya va fizika sohasidagi eng yorqin kashfiyotlarni o‘z ichiga olgan mashhur “Philosofiae naturalis principia mathematika”ni nashr etdi.
1785-yil — dollar AQShning milliy valyutasiga aylandi.
1863-yil — Fransiyadagi eng yirik bank— “Crédit Lyonnais” tashkil topdi.
1885-yil — Dunyoda birinchi marta odam quturishga qarshi emlandi.
o‘tdi.
1945-yil — Nikaragua BMT ustavini ratifikatsiya qilgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi.

TAVALLUDLAR:

1781-yil — Stemford Raffles — ingliz mustamlakachi ma'muri, Singapur asoschisi.
1817-yil — Albert Kyolliker — shveytsariyalik anatomist, zoolog, gistolog, embriolog.
1859-yil — Karl Gustav Verner fon Xaydenstam — shved shoiri va yozuvchisi, adabiyot bo‘yicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
1897-yil — Anatoliy Mariengof — rus shoiri, dramaturg, yozuvchi va memuarist, imagizm asoschilaridan biri.
1921-yil — Nensi Reygan — amerikalik aktrisa, AQShning 40-prezidenti Ronald Reyganning rafiqasi.
1923-yil — Voytsex Yaruzelski — Polsha harbiy va davlat arbobi, general, 1981-1990 yillarda Polsha rahbari.

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
797 views04:14
Ochish/sharhlash
2023-07-05 07:42:31 Assalomu alaykum!

Bugun 5-iyul, Chorshanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Jazoirda Mustaqillik kuni
Armanistonda Konstitutsiya kuni
Argentinada bolalar kuni

VOQEALAR:

184- yil — ingliz Tomas Kuk birinchi sayyohlik agentligini ochdi.
1881-yil — Misrda Seti I, Amenxotep I, Tutmos III va Buyuk Ramzes II fir'avnlari dafn etilgan noyob qabriston topildi.
1924-yil — Parijda Sakkizinchi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
1994-yil — Xitoyda bolalar mehnatidan foydalanish taqiqlandi.

TAVALLUDLAR:

1704-yil — Jek Broton — ingliz bokschisi, birinchi boks qoidalari tuzuvchisi va boks qo‘lqoplari ixtirochisi.
1853-yil — Sesil Jon Rods — ingliz va Janubiy Afrikalik siyosatchi, tadbirkor, “De Beers” kompaniyasining asoschisi.
1888-yil — Gerbert Gasser — amerikalik fiziolog, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1891-yil — Jon Xovard Nortrop — amerikalik biokimyogar, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1946-yil — Jerar 't Xooft — gollandiyalik nazariy fizik, “Nobel” mukofoti sovrindori.

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.5K views04:42
Ochish/sharhlash
2023-07-04 18:21:51
#Biz_saylovda_ishtirok_etamiz
#Saylovchiman
#Mening_ovozim_muhim

Men saylovda albatta ishtirok etaman

SIZCHI?!

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
rasmiy sahifalariga ulanish:
Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.9K views15:21
Ochish/sharhlash
2023-07-04 17:04:15
#Bilarmidingiz

“Barkamol avlod” bolalar maktablarining murojaatlar markazlari mavjud!

“Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatiga oid murojaat va takliflar bilan ishlash tizimini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida
barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarining murojaatlar markazini (call-center) ishga tushirilgan edi.

Mazkur markazlarda har bir murojaat va taklif roʻyxatga olinib, oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

Murojaatlar markazlari dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00gacha qabul qilinadi.

Hududlardagi murojaat markazlari raqamlari roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin:
Qoraqalpog'iston Respublikasi (61) 224-75-39
Andijon viloyati (97) 583-37-00
Buxoro viloyati (93) 688-22-41
Jizzax viloyati (55) 151-41-08
Qashqadaryo viloyati (91) 212-12-61
Navoiy viloyati (79) 532-21-73
Namangan viloyati (90) 597 94 81
Samarqand viloyati (91) 543-87-10
Sirdaryo viloyati (97) 494-99-11
Surxondaryo viloyati (76) 224-12-59
Toshkent viloyati (93) 515-78-36
Farg‘ona viloyati (73)241-25-31
Xorazm viloyati (62) 225-25-15
Toshkent shahri (71) 237-32-56
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi (71) 217-18-71

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.7K views14:04
Ochish/sharhlash
2023-07-04 09:56:38
#Tavsiya

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi yozgi ta'til kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash uchun multfilmlar ketma-ketligini e'lon qiladi!

Multfilmlar bilan quyida tanishishingiz mumkin!
1. “Qiziqarli matematika”;
2. “Charxpalak”;
3. “Super kitob”;
4. “Avtosarguzashtlar”;
5. “Aqltoyning sarguzashtlari”;
6. “Jajji pari”;
7. "Qari bilganni pari bilmas";
8. "Rustam va Said";
9. "Quyosh yurti pahlavoni"(no‘xatpolvon);
10. "Gʻildirakli uy";
11. "Quvvat";
12. “Dovyurak oshpaz”;
13. "To‘g‘rivoy va Egrivoy".
14. "Afandi va laqma boy"
Yozni biz bilan maroqli oʻtkazing!

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.3K views06:56
Ochish/sharhlash
2023-07-04 08:49:22
Yozgi ta’til davomida "BARKAMOL SAYOHATDA" shiori ostida Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi yozgi ta'til davomida O'zbekiston bo'ylab sayohatlar qilishingiz uchun ma'lumotlar taqdim etadi!

Respublikamiz bo'ylab sayohat qilishingiz uchun eng sara manzillar ro'yxati bilan tanishing:
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg‘ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahri

Yo‘nalishlar bo‘yicha uyushtirilgan sayohatlarni @RBABM_challenge_bot telegram manziliga yuboring va BIZ ularni albatta namuna sifatida yoritib boramiz!

Ta'tilni BIZ bilan maroqli oʻtkazing!

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
2.0K views05:49
Ochish/sharhlash
2023-07-04 06:59:41 Assalomu alaykum!

Bugun 4-iyul, Seshanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

AQSHda Mustaqillik kuni
Qirg‘izistonda tibbiyot xodimi kuni
Belarusda suv transporti xodimlari kuni
Singapurda yoshlar kuni
Ruandada ozodlik kuni

VOQEALAR:

1631-yil — Parijda birinchi bandlik agentligi — manzil byurosi ochildi.
1776-yil —AQShning Mustaqillik deklaratsiyasi imzolandi.
1874-yil — Missisipi ustida birinchi ko‘prik qurildi.
1876-yil — San-Fransiskoda dunyodagi birinchi elektr tovarlari ko‘rgazmasi ochildi.
2004-yil — Gretsiya birinchi marta Yevropa futboli chempioni bo‘ldi.

TAVALLUDLAR:

1790-yil — ser Jorj Everest — ingliz geografi va tadqiqotchisi, Yerning eng baland cho‘qqisi aynan uning ismi bilan nomlangan.
1853-yil — Ernst Otto Bekmann — nemis kimyogari, differentsial termometr ixtirochisi.
1884-yil — Lui Meyer — amerikalik kino prodyuser, “Metro-Goldwyn-Mayer” kinokompaniyasining rahbari.
1921-yil — Jerar Debryo — fransuz-amerikalik iqtisodchi, “Nobel” mukofoti sovrindori.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.6K views03:59
Ochish/sharhlash
2023-07-03 18:01:55
#Infografika

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining Axborot xizmati tomonidan 2023-yilning iyun oyi davomida taqdim etilgan axborotlar yuzasidan infografika.

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi rasmiy sahifalariga ulanish:
Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.7K viewsedited  15:01
Ochish/sharhlash
2023-07-03 08:48:57
#BILASIZMI

"BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABLARIDA ZAMONAVIY TOʻGARAKLAR TASHKIL QILINADI”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.05.2023-yildagi PF-79-son Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida farmonining 8-bandiga muvofiq:

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab “Barkamol avlod” bolalar maktablarida xususiy sektorni jalb qilgan holda zamonaviy to‘garaklar tashkil qilinadi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
2.3K views05:48
Ochish/sharhlash