Get Mystery Box with random crypto!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi R
Kanaldagi mavzular:
Болалар
Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Kanaldagi mavzular:
Болалар
Kanal manzili: @barkamolbolalarmaktabi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22.67K
Kanalning ta’rifi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi
Web-site: www.babm.uz
m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/
Tel: 71-217-18-71

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 68

2022-08-30 17:20:57
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan o'quv-seminar o'tkazildi

Bugun, Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Zoom platformasida barcha hududiy "Barkamol avlod" bolalar maktablari uchun “Marketing faoliyati” mavzusida oʻquv-seminar tashkil etildi.

O'quv-seminarda marketing yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, oʻquv-seminar davomida mavzu yuzasidan ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil ma’lumotlar berib oʻtildi.

Mazkur oʻquv-seminardan koʻzlangan asosiy maqsad maktabdan tashqari ta’limni yuqori bosqichga olib chiqishdan iborat.

Bizning internet sahifalarimizga obuna bo'ling! Bizni kuzatishda davom eting!

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
920 views14:20
Ochish/sharhlash
2022-08-30 08:25:55
Online treninglarimiz davom etadi

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan, bugun : da, respublikamizdagi barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablari uchun Facebookdagi rasmiy sahifamizda online trening tashkil etilmoqda.

To'garak: "Munchoqli bezak"
Mavzu: "Kristal munchoqlardan braslet yasash"

Diqqat!
Mavzuga oid bo'lgan savollarni trening tashkil etilayotgan vaqt izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Savollarga Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining ilg'or ish tajribaga ega bo'lgan mutaxassislari tomonidan javob olishingiz mumkin.

Mazkur treningdan maqsad, to'garak mashg'ulotlarining samaradorligini yanada oshirish va mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berishdan iborat.

Bizning internet sahifalarimizga obuna bo'ling! Bizni kuzatishda davom eting!

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
1.8K views05:25
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:19:13
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan o'quv-seminar tashkil etilmoqda

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan bugun : da, Zoom platformasida barcha hududiy "Barkamol avlod" bolalar maktablari uchun “Marketing faoliyati” mavzusida oʻquv-seminar tashkil etilmoqda!

Mazkur oʻquv-seminardan koʻzlangan asosiy maqsad maktabdan tashqari ta’limni yuqori bosqichga olib chiqishdan iborat.

Bizning internet sahifalarimizga obuna bo'ling! Bizni kuzatishda davom eting!

Zoom:
https://us02web.zoom.us/j/84822028793?pwd=ZU1Rd2hoRS94cHBOOEJzc2VQV3BoQT09

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
1.6K views04:19
Ochish/sharhlash
2022-08-29 17:36:09
Ijodiy hamkorlik

Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
hamda O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi o'rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Bunda, O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi
M
.Matchonov va Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori S.Maxmudova Memorandum doirasida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻzaro fikrlar almashib, quyidagi kelishuvga erishdilar:

Hamkorlikda “Вarkamol avlod” bolalar maktabining madaniyat va san’at yo‘nalishidagi to‘garaklar o‘quvchilari uchun tanlovlar joriy qilish;

Tashkil etilayotgan forumlar, davra suhbatlari, seminarlar hamda master-klasslar ijodiy uyushmaning el suygan aktyor va aktrissalarni jalb etish;

O‘zaro kelishuv bo‘yicha hamkorlik qilish.

Memorandum bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni bizning internet sahifalarimizda kuzatib boring!

Yangi loyihalar hali oldinda!
Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
890 views14:36
Ochish/sharhlash
2022-08-29 16:27:56
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan davra suhbati o'tkazildi

Bugun, Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, mavjud to'garaklar faoliyati, dars jarayoni hamda to'garak a'zolarining ijodiy ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Dars jarayonida toʻgarak a’zolari bilan ularni qiziqtirgan savollar bo'yicha suhbatlashildi.

To'garaklar faoliyati bilan tanishilgandan so'ng, toʻgarak a’zolari o'rtasida "Iqtidorli bolalar - yurt kelajagi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati o'tkazishdan asosiy maqsad, iqtidorli bolalar safini kengaytirish, o'quvchi-yoshlar o'rtasida sog'lom raqobat ruhini shakllantirishdan iborat.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
849 views13:27
Ochish/sharhlash
2022-08-29 15:50:47
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining
mas'ul xodimlari tomonidan Yakkasaroy tuman Xalq talimi bo'limi Xodimlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi bilan hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bunda, Yakkasaroy tumanidagi barcha umumta'lim maktablarida tarmoq to'garaklar tashkil etish, o'quvchi-yoshlarni to'garaklarga jalb etish mavzusida suhbatlashdilar.

Mazkur uchrashuvdan asosiy maqsad, maktabdan tashqari taʼlim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish, maktablarida tarmoq to'garaklar tashkil etish, o'quvchi-yoshlarni to'garaklarga jalb etishdan iborat.

Hududlarda hamkorlik uchrashuvlari o'tkazish davom etadi!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
906 views12:50
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:43:41
Gilamga portret tasvirlab, san'at asarini yanada yuksaltirayotganlar haqida eshitganmisiz?

BIZda ular bisyor!

"Barkamol avlod" bolalar maktablarida bir kunda to'garak a'zolarimiz tomonidan minglab shu kabi san'at asarlari yaratilayotganligini guvohi bo'lishingiz mumkin.

Keling, koʻring, biz bilan birgalikda farzandlaringizni bilimini yuksaltiring.

Zero Yangi Oʻzbekistonning kelajagi boʻlmish barkamol avlodni voyaga yetkazish har birimizning burchimizdir.

Ma’lumot uchun, gilamda tasvirlangan mazkur portret Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Gilamdo'zlik" toʻgarak rahbari Nurnepesova Aygo’zalning ijodiy ishi.

Masofadan turib “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak a’zosi boʻlish

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
1.3K views08:43
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:51:33
#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

Sevimli telekanalining ZAMON informatsion dasturida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "Ta'til - BARKAMOL bilan" tanlov va musobaqalar oyligi doirasida “Yangi O'zbekiston yulduzlari” shiori ostidagi respublika hisobot konsert dasturi o'tkazilganligi keng yoritildi.

Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
1.6K viewsedited  06:51
Ochish/sharhlash
2022-08-28 20:04:20 #dayjest

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan HAFTALIK DAYJEST

RESPUBLIKA “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABlNING YANGI RASMIY VEB-SAYTI ISHGA TUSHDI;

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan yangi bot ishga tushirildi;

So'rovnoma;

Online treninglarimiz davom etadi;

“Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazining ochilish marosimida toʻgarak a’zolarimiz tomonidan sahna koʻrinishlar namoyish etildi;

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi;

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan oʻquv-seminar oʻtkazildi;

Bizning to'garak a'zolarimiz mustaqil harakatlanaoladigan robotlar yasamoqda;

Xorijiy universitet GRANTi uchun imtihonlar davom etmoqda;

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan seminar oʻtkazildi;

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi;

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan davra suhbati o'tkazildi;

Online treninglarimiz davom etadi;

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan videokonferensiya oʻtkazildi;

“Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” shiori ostida hisobot konsert dasturi boʻlib oʻtdi;

So'rovnoma.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
1.4K viewsedited  17:04
Ochish/sharhlash
2022-08-28 18:20:15
Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan ishga tushirilgan yangi bot (@entry0410_bot ) ning qulayligi va informativligini baholang!

Botni yanada yaxshilash boʻyicha takliflaringizni esa izohda qoldiring! Sizning fikringiz biz uchun muhim!
Anonymous Poll
66%
100 ball
14%
90 ball
7%
80 ball
13%
70 ball
232 voters1.4K views15:20
Ochish/sharhlash