Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 10-iyun, Shanba. Maktabgacha va makt | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Assalomu alaykum!
Bugun 10-iyun, Shanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Butunjahon muzqaymoq kuni
Butunjahon qo‘l san’ati kuni
Gaitida bolalar kuni
Qirg‘izistonda xotira kuni
Moldovada chegarachilar kuni

VOQEALAR:

1652-yil — Jon Xall Amerikada birinchi zarbxonani ochdi.
1793-yil — Parijda dunyodagi birinchi jamoat hayvonot bog‘i tashkil etildi.
1846-yil — Shotlandiyalik Robert Uilyam Tomson Londonda pnevmatik shinalar uchun patent oldi.
1848-yil — Nyu-York va Chikago o‘rtasida birinchi telegraf liniyasi ishga tushirildi.
1909-yil — Dunyoda birinchi marta SOS signali ishlatildi.
1947-yil — “Saab” o‘zining birinchi avtomobilini ishlab chiqardi.

TAVALLUDLAR:

1729-yil — Aleksandr Bibikov — rossiyalik davlat va harbiy arbobi, bosh general.
1832-yil — Nikolaus Avgust Otto — nemis muhandisi, 4 zarbli ichki yonish dvigateli ixtirochisi.
1844-yil — Karl Xagenbek — germaniyalik tadbirkor, Gamburgdagi Xagenbek hayvonot bog‘i asoschisi.
1865-yil — Frederik Kuk — dunyoda birinchi bo‘lib Shimoliy qutbga borganini da’vo qilgan amerikalik tadqiqotchi.
1915-yil — Saul Bellou — amerikalik yozuvchi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1921-yil — shahzoda Filipp, Edinburg gersogi, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE