Get Mystery Box with random crypto!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi R
Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Kanal manzili: @barkamolbolalarmaktabi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.19K
Kanalning ta’rifi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi
Web-site: www.babm.uz
m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/
Tel: 71-217-18-71

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-05-04 19:06:37
DIQQAT DIQQAT

"Smile spring" festivalining respublika bosqichi o'tkazilmoqda

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan “Yangi IMKONIYATLAR oyligi” doirasida "Smile spring" respublika festivali tashkil etilgan edi.

Shu munosabat bilan ERTAGA "Smile spring" festivalining respublika bosqichi Jizzax viloyati, Gʻallaorol tumanida oʻtkazilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi barcha festival ishtirokchilariga omad va zafarlar tilaydi!

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
395 views16:06
Ochish/sharhlash
2023-05-04 17:55:22
Hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan rejalar kelishib olindi

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi va “OOO Omega” oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Memorandum doirasida Zoom platformasi orqali uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi IT hamda “Robototexnika” toʻgaraklarini rivojlantirish, ularga xalqaro tajribani tatbiq etish, hozirda sodir boʻlayotgan yangiliklarni sohada yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama etildi.

Memorandum doirasida "Barkamol avlod” bolalar maktablari to'garak a'zolari uchun yanada yangi imkoniyatlar taqdim etilishi ma'lum qilindi.

YANGI LOYIHALAR OLDINDA!

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
616 views14:55
Ochish/sharhlash
2023-05-04 13:55:52
#Xalqaro_tanlov

Xabaringiz bor, Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktablari 2023 yil 2-4-may kunlari Ispaniya davlatida bo‘lib o‘tayotgan "Kosta Bravo go‘zalliklari" festivalida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishgan edi.

Ayni damda Liorеt dе Mar shahrida o'tkazilayotgan "Kosta Bravo go'zalliklari" Xalqaro fеstival - tanlovining "Tasviriy  va amaliy san'at" yo'nalishi bo'yicha 3-bosqichiga start berildi. Festival Klatilda bog‘ida bo‘lib o‘tmoqda!

Barcha to'garak a'zolarimizga omad tilaymiz!

Eslatib o'tamiz, ushbu festivalda Ispaniya, Andorra, Marokash, Fransiya, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston, Belgiya, Gruziya, Latviya va boshqa ko‘plab davlatlar dan jami 250 nafarga yaqin iqtidorli ishtirokchilar turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro bellashmoqdalar.

Ma'lumot uchun, bugun 21:10da (O'zbekiston vaqti bilan) mazkur festivalning taqdirlash marosimini quyidagi havola orqali online kuzatishingiz mumkin
https://bit.ly/3p3v4nL

Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
835 views10:55
Ochish/sharhlash
2023-05-04 12:18:22
Farg'ona viloyatidan yangicha targ'ibot usuli

ENDILIKDA to'garak a'zolarimiz targ'ibot ishlarini amalga oshirmoqda

Farg'ona viloyati, Marg'ilon shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining to'garak a'zolari tomonidan hududdagi 23- va 1- sonli maktablarda targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

Bunda Marg'ilon shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Iqtirdorli bolalar kengashi" a'zolari 7 yo'nalishda tashkil etilgan to'garaklarga o'quvchilarni taklif etdi.

Targ'ibot davomida "Iqtidorli bolalar kengashi" a'zolari tomonidan mahorat darsi (master klass) o'tkazilib, o'quvchi-yoshlarga maxsus flayelar taqdim etildi.

Targ'ibot so'nggida 50 ga yaqin o'quvchilar to'garaklarga qiziqish bildirib, targ'ibot jarayonining o'zidayoq 20 ga yaqin o'quvchi to'garak a'zosiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, targ'ibot ishlaridan asosiy maqsad, maktabdan tashqari taʼlim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish, maktablarida tarmoq to'garaklar tashkil etish, o'quvchi-yoshlarni to'garaklarga jalb etishdan iborat.

Farg'ona viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Telegram Instagram Facebook Artshop
905 views09:18
Ochish/sharhlash
2023-05-04 07:56:13 Assalomu alaykum!

Bugun 4-may, Payshanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro o‘t o‘chiruvchilar kuni
Butunjahon sovg‘a berish kuni
Butunjahon astmaga qarshi kurash kuni
Fijida yoshlar kuni

VOQEALAR:

1715-yil — Parijda ilk yig‘ma soyabonlar ishlab chiqarila boshlandi.
1904-yil — Angliyada Genri Roys va Charlz Rolls “Rolls-Roys” nomi ostida mashinalar ishlab chiqarishni boshladi.
1927-yil — AQShda “Oskar” mukofoti bilan taqdirlaydigan Kinematografiya akademiyasi tashkil etildi.
1996-yil — O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi tashkil topdi.

TAVALLUDLAR:

1655-yil — Bartolomeo Kristofori — italiyalik musiqa asboblari ustasi, pianino ixtirochisi.
1776-yil — Yoxann Fridrix Gerbart — nemis faylasufi, psixologi va tarbiyachisi, boshlang‘ich estetika asoschisi.
1899-yil — Frits fon Opel — “Opel” kompaniyasiga tamal toshini qo‘ygan nemis avtosanoatchisi.
1929-yil — Odri Xepbern — “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan britaniyalik aktrisa va raqqosa.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.3K views04:56
Ochish/sharhlash
2023-05-03 18:09:05
ISSIQ HAVODA QAYNOQ CHALLENGE!

#Kayfiyat_uchun

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi #Kayfiyat_uchun challengeni e’lon qiladi!

Challenge 4-maydan 30-may kuniga qadar o'tkaziladi.

Nizom bilan tanishish

Challengeda barcha o'quvchi-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Challenge shartlari

Challengeda ishtirok etish istagida bo'lgan o'quvchi-yoshlar jamoaviy, oila azolari, ustozi bilan yoki yakkaxon milliy va zamonaviy musiqalarga raqs tushishi va tasvirga olishlari lozim.

Challengedan maqsad, o‘quvchi-yoshlarni san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoa bo‘lib ishlashni o‘rgatish, va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakillantirish hamda quvnoq kayfiyat ulashishdan iborat.

Barchani challengeda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
5.1K viewsedited  15:09
Ochish/sharhlash
2023-05-03 17:20:59
#Natijalar_gapirsin

"Barkamol avlod" bolalar maktabi imkoniyatlar dargohi!

Farg‘ona viloyati, Marg'ilon shahar ''Barkamol avlod'' bolalar maktabining "Shidokan karate" to‘garak a'zolari tomonidan tayyorlangan sport harakatlarini e'tiboringizga havola etamiz!

Batafsil videolavhada ko'rishingiz mumkin.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.6K views14:20
Ochish/sharhlash
2023-05-03 16:07:35
DIQQAT DIQQAT

“Xotira abadiy” respublika koʻrik-tanlovi o'tkazilmoqda!

#Koʻrik_tanlov

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Xotira abadiy” respublika koʻrik-tanlovi tashkil etilmoqda!

Koʻrik-tanlov 4-maydan 12-may kuniga qadar o'tkaziladi.

Nizom bilan tanishish

Koʻrik-tanlovda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Koʻrik-tanlov shartlari

Koʻrik-tanlov Madaniyat va san'at yo‘nalishida o'tkaziladi.

Koʻrik-tanlovdan asosiy maqsad, o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.

Barchani koʻrik-tanlovda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
6.3K views13:07
Ochish/sharhlash
2023-05-03 14:06:40
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan yig'ilish o'tkazildi

Xabaringiz bor, "O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni tarixda ilk bor 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan Referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.

Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabida direktor huzurida yig'ilish tashkil etildi.

Bunda yurtimiz ravnaqi uchun o'tkazilgan Referendumda faol ishtirok etgan hamda targ'ibot tadbirlarida qatnashgan jamoa a'zolariga tashakkur izhor etildi.

Shuningdek, yig'ilish davomida 2023-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bo'yicha barcha xodimlar ma'lumot berib o'tdilar.

Bundan tashqari, ushbu yig'ilishida kelgusida bajarilishi kerak bo'lgan vazifalar mas'ul xodimlarga belgilab berildi.

Mazkur yig'ilishdan asosiy maqsad, amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar haqida ma'lumotlar berishdan iborat.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.4K views11:06
Ochish/sharhlash
2023-04-22 18:21:24
#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

Zoʻr TV telekanalining BU KUN” informatsion dasturida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan maxsus maktab-internatida tashkil etilgan tarmoq toʻgaraklar faoliyati keng yoritildi.

Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
723 views15:21
Ochish/sharhlash