Get Mystery Box with random crypto!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi R
Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Kanal manzili: @barkamolbolalarmaktabi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.19K
Kanalning ta’rifi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi
Web-site: www.babm.uz
m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/
Tel: 71-217-18-71

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-04-22 15:42:33
#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

Sevimli telekanalining ZAMON informatsion dasturida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Bolalarga bering dunyoni" hamda “Vazir sovrini” Respublika koʻrik-tanlovlarining taqdirlash marosimi keng yoritildi.

Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.5K views12:42
Ochish/sharhlash
2023-04-22 07:02:19 Assalomu alaykum!

Bugun 22-aprel, Shanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog'liq bo'lgan voqealarni siz bilan bo'lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro Yer shari kuni
Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida faoliyat koʻrsatuvchi qizlar kuni
Braziliyada kashfiyotlar kuni

VOQEALAR:

1964-yil — Finlyandiya koʻrfazidagi muzda dunyodagi birinchi “Paylot” muzyorar tipidagi bugʻ kemasi ish boshladi.
1969-yil — Xyustonda ilk bor inson ko‘zini ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi.
1983-yil — “Shtern” nemis jurnali Gitlerning kundaliklarini chop eta boshladi (keyinchalik bu soxta ekanligi ayon bo‘ldi).
1993-yil — “Mosais” veb-brauzerining birinchi versiyasi chiqarildi.

TAVALLUDLAR:

1592-yil — Vilgelm Shikkard — nemis astronomi, matematik va sharqshunos, birinchi arifmometr yaratuvchisi.
1834-yil — Gaston Plante — frantsuz fizigi, qoʻrgʻoshinli akkumulyator ixtirochisi.
1854-yil — Anri Lafonteyn — belgiyalik siyosatchi, “Nobel” mukofoti laureati.
1876-yil — Robert Barani — avstriyalik otorinolaringolog, “Nobel” laureati.
1912-yil — Malik Qayumov — O‘zbekistan xalq artisti, kinorejisser, kinooperator.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
607 views04:02
Ochish/sharhlash
2023-04-21 18:40:57
#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

Andijon viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tajribasi

Batafsil Oʻzbekiston 24 telekanalining “Maxsus reportaj” dasturi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#21apr #uzbekiston24

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.1K views15:40
Ochish/sharhlash
2023-04-21 09:05:46
O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Qadrli vatandoshlar!

Dunyodagi jamiyki islom ummati qatori yurtimiz mo‘min-musulmonlari ham katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va samimiy tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.

Batafsil https://yuz.uz/a/uz/76996

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
733 views06:05
Ochish/sharhlash
2023-04-21 03:58:04
Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi muqaddas ayyom bo‘lgan Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman!

Muborak Ramazon oyida qilgan barcha ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lsin!

Kelasi muqaddas mohi Ramazonga qadar Alloh barchamizni sog‘-salomat yetkazsin va iymonimizni mustahkam qilsin. Millat farzandlarining ilm va kasb-hunar oʻrganishga bo‘lgan mehri kamaymasin!

Yana bir bor Ramazon hayiti ayyomi bilan samimiy tabriklagan holda barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat tilab qolaman.

Xonadonlarimizdan tinchlik-totuvlik, fayzu baraka hech qachon arimasin!

Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo boʻlsin!

Hurmat va ehtirom bilan,

Sevara MAXMUDOVA
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori
1.1K viewsedited  00:58
Ochish/sharhlash
2023-04-21 03:26:26
Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

Ushbu muqaddas kunlarda Vatanimiz ravnaqi uchun salohiyatli barkamol avlodni kamol toptirish yo‘lida amalga oshirayotgan barcha ishlarimizda omad va zafarlar yor bo‘lishini, iqtidorli, serg'ayrat o'quvchi-yoshlarimiz ko'payaverishini niyat qilib qolamiz!

Barcha xonadonda ezgulik, mehr-oqibat va osoyishtalik hukmron boʻlsin. Kelgusi Ramazon oyiga bagʻri butunlikda, sogʻ-salomatlikda yetishishlik nasib qilsin.

Har doim ezgu amallar hamrohingiz boʻlsin. Musaffo osmonimizga, yurtimiz tinchligiga koʻz tegmasin!

Yana bir bor Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!

Hurmat va ehtirom bilan,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi!


Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
998 viewsedited  00:26
Ochish/sharhlash
2023-04-20 19:33:27
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
1.2K views16:33
Ochish/sharhlash
2023-04-20 18:24:16
#Taqdirlash_marosimi

“BOLALARGA BERING DUNYONI” HAMDA “VAZIR SOVRINI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVLARINING TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bolalarga bering dunyoni” hamda “Vazir sovrini” Respublika ko‘rik-tanlovlarining taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Batafsil videolavhada koʻrishingiz mumkin.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
417 views15:24
Ochish/sharhlash
2023-04-20 17:03:38
DIQQAT DIQQAT

"Bolalarga bering dunyoni" hamda "Vazir sovrini" Respublika ko'rik-tanlovlarining taqdirlash marosimi o'tkazildi

Xabaringiz bor, bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bolalarga bering dunyoni” hamda “Vazir sovrini” Respublika ko‘rik-tanlovlarining taqdirlash marosimi o'tkazildi.

"Vazir sovrini" Respublika ko'rik-tanlovi bo'yicha taqdirlangan o'quvchi-yoshlar bilan quyida tanishishingiz mumkin!

Yogʻoch oʻymakorligi yoʻnalishida;

Liboslar dizayni yoʻnalishida;

Yosh arxitektor yoʻnalishida;


Ma’lumot uchun, ushbu ko'rik-tanlov 20 998 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlarni qamrab oldi.

G'oliblar,
1-o'rin: Noutbuk
2-o'rin: Planshet
3-o'rin: Televizor
sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, ko'rik-tanlovda faol ishtirok etgan o'quvchi-yoshlar sertifikat hamda qimmatbaho sovgʻalar sohibiga aylandilar.

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
708 views14:03
Ochish/sharhlash
2023-04-20 14:11:24
#Barkamol_avlod_bolalar_maktabi_OAV_nigohida

Xorazm viloyati, Xiva tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi tajribasi

Batafsil Oʻzbekiston 24 telekanalining “Maxsus reportaj” dasturi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#20apr #uzbekiston24

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
949 views11:11
Ochish/sharhlash