Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 13-iyun, Seshanba Maktabgacha va ma | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Assalomu alaykum!

Bugun 13-iyun, Seshanba

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro albinizmdan xabardorlik kuni
AQSHda bolalar kuni
Lyuksemburgda onalar kuni
Kanadada Kanada daryolari kuni
Argentinada yozuvchilar kuni

VOQEALAR:

1920-yil — AQSH Pochta xizmati bolalarni posilkada joʻnatishni taqiqladi.
1942-yil — AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt ayni patda Markaziy razvedka boshqarmasi deb ataluvchi Strategik xizmatlar idorasini tuzishga qaror qildi.
1944-yil — Olmoniyada ilk bor qanotli raketalar qoʻllanildi.
1958-yil — Xitoyda birinchi eksperimental yadro reaktori ishga tushirildi.
2009-yil — Eronda prezidentlik saylovlarida Ahmadinejod g‘alaba qozonganidan keyin Tehronda tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

40-yil — Gney Yuliy Agrikola — Rim generali va davlat arbobi.
1773-yil — Tomas Yung — ingliz fizigi, shifokor va astronom, yorug‘lik to‘lqinlari nazariyasining asoschilaridan biri.
1790-yil — Xose Antonio Paes — Venesuela mustaqilligi uchun kurash qahramon va uning birinchi prezidenti.
1831-yil — Jeyms Klerk Maksvell — shotland fizigi, elektromagnit maydon nazariyasini ishlab chiqqan olim.
1865-yil — Uilyam Yeyts — irlandiyalik shoir va dramaturg, “Nobel” mukofoti sovrindori.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE