Get Mystery Box with random crypto!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi R
Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Kanal manzili: @barkamolbolalarmaktabi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.19K
Kanalning ta’rifi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi
Web-site: www.babm.uz
m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/
Tel: 71-217-18-71

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 69

2022-08-28 17:24:50
DIQQAT DIQQAT

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilarimiz!

Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan yaqinda ishga tushirilgan botning qulayligi va informativligi boʻyicha soʻrovnoma o'tkazilmoqda!

Mazkur so'rovnomada faol ishtirok eting!

Botni yanada yaxshilash boʻyicha takliflaringizni izohda qoldiring!

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Birgalikda "Barkamol avlod" bolalar maktablari faoliyatini yanada yuqori bosqichga olib chiqishga o'z hissangizni qo'shing!

#Soʻrovnoma

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
1.4K views14:24
Ochish/sharhlash
2022-08-28 09:40:26
“Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan xayriya konserti oʻtkazildi

Toshkent shahar, Chilonzor tuman" Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlariga bag'ishlangan XAYRIYA konserti tashkil etildi.

Konsert dasturida toʻgarak a’zolari tomonidan turli xil sahna koʻrinishlari tashkil etilib, tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.

Soʻng, tadbir tashkilotchilari tomonidan obodonlashtirish ishchi xodimlariga turli sovgʻalar ulashildi.

Ezgulikni har qadamda qilmoqligimiz lozim.
ZERO EZGULIK ALBATTA QAYTADI!
1.4K views06:40
Ochish/sharhlash
2022-07-07 08:58:49
Dasturlash asoslari bo'yicha online treninglarimiz davom etadi!

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan
bugun, : da, darsimizning navbatdagi soni ZOOM platformasida tashkil etilmoqda!

Treningda respublikamizdagi barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablarining AKT bo'yicha mutaxassislari hamda mazkur sohaga qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Trening o'tkazishdan maqsad IT sohasi bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berishdan iborat.

Treningni mazkur havola orqali kuzatishingiz mumkin: https://us02web.zoom.us/j/88964399485?pwd=bDdVbDdGbTZscnFrMlp2Wi9wSHpPdz09

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site |Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
843 views05:58
Ochish/sharhlash
2022-07-07 08:24:11
#Yosh_sportchilar_oyligi

"Ta'til-BARKAMOL bilan" shiori ostida "Yosh sportchilar" oyligi
boshlandi

Samarqand viloyati Ishtixon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Ta'til-BARKAMOL bilan" turkum tanlov va musobaqalar oyligi doirasida "Yosh sportchilar" shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu davra suhbatiga "Bolalar va o'smirlar sport maktabi" murabbiyi Sh.Hamidov taklif etilib, suhbat davomida toʻgarak a’zolariga stol tennisi boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlar berib oʻtdi.

Davra suhbatini o'tkazishdan maqsad, o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog'lom turmush tarzini targʻib qilish hamda "Jismoniy tarbiya va sport" yo'nalishidagi to'garaklar faoliyatini yuqori bosqichga olib chiqishdan iborat.

Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
718 views05:24
Ochish/sharhlash
2022-07-06 18:01:56
Ta’til - BARKAMOL bilan turkum tanlovlar oyligining navbatdagi bosqichiga start berildi

Bugun, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Ta’til - BARKAMOL bilan” turkum tanlov va musobaqalar oyligi doirasida "Yosh sportchilar" shiori ostida barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablari uchun davra suhbati oʻtkazildi.

Ushbu davra suhbati davomida "Barkamol kubogi" futbol hamda "Dextrous" (Uddaburonlar) stol tennisi musobaqalarining tashkil etilish tartibi haqida to'xtalib o'tildi.

Davra suhbatiga O'zbekiston Futbol Assotsatsiyasi tarkibidagi "Lokomotiv" futbol klubi a'zosi B.Ergashov hamda Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi “Stol tennisi” to'garagi rahbari D.Alimovalar taklif etilib, ishtirokchilarga "Futbol" va "Stol tennisi" sport turlari haqida qoʻshimcha ma’lumotlar berib o'tdilar.

Mazkur davra suhbatidan asosiy maqsad "Jismoniy tarbiya va sport" yo'nalishidagi to'garaklarni yuqori bosqichga olib chiqishdan iborat.
Telegram|Facebook|Instagram
1.3K views15:01
Ochish/sharhlash
2022-07-06 15:04:55
Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hududlarda…

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
tomonidan Toshkent viloyati Chinoz, Yangiyoʻl tumanlari hamda Yangiyoʻl shahar “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati bilan tanishildi.

Dastlab, toʻgaraklar faoliyati va maktablar binosi koʻzdan kechirilib, amaliy uslubiy yordamlar koʻrsatildi.

Mazkur faoliyati bilan tanishishlardan maqsad, toʻgaraklarda oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish, madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o'tkazish hamda ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish yuzasidan amaliy-uslubiy yordamlar ko'rsatishdan iborat.

Hududlarga amaliy-uslubiy yordamlar davom etadi...

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
1.2K views12:04
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:36:49
Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan targʻibot ishlari sog'lomlashtirish maydonchalarida ham amalga oshirilmoqda

Xabaringiz bor, Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining mas'ul xodimlari tomonidan targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Yunusobod tumanida joylashgan 220-sonli umumta'lim maktabi qoshida tashkil etilgan "Quyoshcha" sog'lomlashtirish maydonchasida targ'ibot ishlari olib borildi.

Targ'ibot so'nggida mas'ul xodimlar tomonidan o'quvchi-yoshlarga targ'ibot flayerlari taqdim qilindi.

Mazkur targʻibot ishlaridan asosiy maqsad, maktabdan tashqari taʼlim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish hamda o'quvchi-yoshlarni to'garaklarga jalb etishdan iborat.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site |Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
1.0K views11:36
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:18:16
Navbatdagi Xalqaro hamkorlik

Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi va O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi o'rtasida o'zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi

Tomonlar Memorandum doirasida quyidagi kelishuvga erishdilar:

Iqtidorli bolalarni aniqlash va ijodkorlikka rag‘batlantirish, bolalarning tasviriy san’atga qiziqishini oshirishga qaratilgan turli ko‘rgazmalar o‘tkazish;

SHHTga a’zo mamlakatlar vakillarini korporativ madaniyat va korporativ hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilish;

Bolalarning badiiy ijodiyotini, yer yuzida tinchlikni saqlashga ijodiy munosabatni rivojlantirishga ko‘maklashish;

Oʻzaro kelishuv boʻyicha boshqa yoʻnalishlarda hamkorlik qilish.

Memorandum bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni bizning internet sahifalarimizda kuzatib boring!

Yangi loyihalar hali oldinda...

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
1.3K views10:18
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:57:56
Endilikda ShHTga a'zo davlatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garak a'zolarining ijodiy ishlari namoyish etiladi

Bolalar o‘zlarining ijod namunalari bilan Vatan ravnaqi va farovonligi haqidagi tasavvurlarini bayon qilishlari maqsadida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi, O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda “Zaminda tinchlik bizning qo‘limizda” mavzusida "Barkamol avlod" bolalar maktablari to'garak a'zolarining rasmlar ko‘rgazmasi tashkillashtirilgan edi.

Joriy yilning 5-iyul kuni mazkur ko'rgazmaning g'olib va sovrindorlari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, g'oliblarining ijodiy ishlari ShHTga a'zo davlatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda namoyish etiladi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Sizlar kabi o'quvchi-yoshlar bilan faxrlanadi hamda kelgusidagi o'qishlaringizga zafarlar tilaydi.
Telegram|Facebook|Instagram
1.1K views09:57
Ochish/sharhlash