Get Mystery Box with random crypto!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi R
Kanaldagi mavzular:
Болалар
Telegram kanalining logotibi barkamolbolalarmaktabi — Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Kanaldagi mavzular:
Болалар
Kanal manzili: @barkamolbolalarmaktabi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22.67K
Kanalning ta’rifi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining rasmiy sahifasi
Web-site: www.babm.uz
m.facebook.com/respublikabarkamolavlod/
instagram.com/respublikabarkamolavlodmaktabi/
Tel: 71-217-18-71

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-07-03 08:48:57
#BILASIZMI

"BARKAMOL AVLOD" BOLALAR MAKTABLARIDA ZAMONAVIY TOʻGARAKLAR TASHKIL QILINADI”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.05.2023-yildagi PF-79-son Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida farmonining 8-bandiga muvofiq:

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab “Barkamol avlod” bolalar maktablarida xususiy sektorni jalb qilgan holda zamonaviy to‘garaklar tashkil qilinadi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
2.3K views05:48
Ochish/sharhlash
2023-07-03 07:22:16 Assalomu alaykum!

Bugun 3-iyul, Dushanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro polietilien paketlardan voz kechish kuni
Myanmada ayollar kuni
Argentinada muhandislar kuni

VOQEALAR:

1835-yil — Pulkovskaya tog‘idagi Pulkovo rasadxonasining asosiy binosi ochildi.
1915-yil — Turkiyada birinchi qog‘oz pul muomalaga chiqarildi.
1927-yil — Qoraqalpog‘istondagi Beruniy tumani tashkil topdi.
1928-yil — birinchi televizorlar sotuvga chiqarildi. Ularning narxi 75 dollar.
1954-yil — Buyuk Britaniyada karta tizimi bekor qilindi.

TAVALLUDLAR:

1850-yil — Alfredo Keil — portugaliyalik bastakor, Portugaliya milliy madhiyasi musiqasi muallifi.
1858-yil — Charlz Shuxert — amerikalik geolog, paleontolog, paleograf, Yel universiteti professori.
1900-yil — Margarita Rudomino — sobiq ittifoq kutubxonachisi, hozirda uning nomini olgan chet el adabiyoti kutubxonasining asoschisi va birinchi rahbari.
1987-yil — Sebastian Fettel — nemis poygachisi, “Formula 1” ning to‘rt karra chempioni.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.8K views04:22
Ochish/sharhlash
2023-07-02 10:39:43
2-iyul - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!

"Oʼzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʼgʼrisida"gi Qonun 1992-yil 2-iyulda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining ramzidir.

Gerb - xalqimizning orzulari, qadriyatlari, tarixi va an'analarini o'zida mujassam etgan Davlatimizning muqaddas ramzlaridan biridir.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi barchangizni Davlatimiz gerbi qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan muborakbod etadi.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
_________

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
2.4K viewsedited  07:39
Ochish/sharhlash
2023-07-02 08:46:43 Assalomu alaykum!
Bugun 2-iyul, Yakshanba.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro sport jurnalistlari kuni
O‘zbekistonda gerb kuni
Ozarbayjonda politsiya xodimlari kuni
Ukrainada soliq xizmati xodimlari kuni
Norvegiyada qirol Ulafa V kuni

VOQEALAR:

1499-yil — Amerigo Vespuchchi Amazon deltasini kashf etdi.
1900-yil — Parijda II Olimpiya o‘yinlarining ochilish marsomi bo‘lib o‘tdi.
1910-yil — “Ermitaj” restoranida Moskva futbol ligasining ta'sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
1924-yil — Xalqaro sportga yo‘naltirilgan OAV assotsiatsiyasi tashkil etildi.
2002-yil — Stiv Fossett dunyodagi birinchi havo sharidagi sayohatni yakunladi.

TAVALLUDLAR:

1840-yil — Pavel Kuzminskiy — rus muhandisi, ixtirochi, gazni qaytaruvchi turbinani yaratuvchisi.
1862-yil — Uilyam Genri Bragg — ingliz fizigi, rentgen tizimli tahlilining asoschisi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1877-yil — Germann Gessen — nemis yozuvchisi, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1888-yil — Zelman Vaksman — amerikalik mikrobiolog, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1906-yil — Xans Albrext Bete — amerikalik astrofizik, “Nobel” mukofoti sovrindori.
1923-yil — Vislova Shimborska — polshalik shoir, “Nobel” mukofoti sovrindori.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
1.8K viewsedited  05:46
Ochish/sharhlash
2023-07-01 09:04:16 Assalomu alaykum!
Bugun 1-iyul, Shanba

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Ozarbayjonda Boku xalqi kuni
Armanistonda prokurorlar kuni
Qirg‘izistonda soliq xodimlari kuni
Ruandada Mustaqillik kuni
Turkiyada Dengiz kuchlari kuni

VOQEALAR:

1875-yil — Butunjahon pochta ittifoqi o‘z faoliyatini boshladi.
1877-yil — Birinchi Uimbldon tennis turniri boshlandi.
1991-yil — Pragada Varshava shartnomasini rasmiy ravishda tarqatib yuborish to‘g‘risidagi protokol imzolandi.
1994-yil — O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘m muomalaga kiritildi.
1999-yil — Shotlandiya parlamenti 300 yil ichida birinchi marta ochildi.

TAVALLUDLAR:

1788-yil — Jan-Viktor Ponsele — fransuz matematigi, muhandisi, proyektiv geometriya asoschisi.
1844-yil — Verney Kemeron — Ekvatorial Afrikani birinchi bo‘lib kesib o‘tgan ingliz tadqiqotchisi.
1903-yil — Emi Jonson — britaniyalik uchuvchi, Angliyadan Avstraliyaga bir o‘zi parvoz qilgan dunyodagi birinchi ayol.
1908-yil — Este Lauder — amerikalik ishbilarmon ayol, “Estee Lauder” korporatsiyasi asoschisi va birinchi ijrochi direktori.
1914-yil — Kristl Kranz — nemis tog‘ chang‘isichi, 1936-yilgi Olimpiya chempioni, 12 karra jahon chempioni.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
2.0K viewsedited  06:04
Ochish/sharhlash
2023-06-30 11:07:27
#E'tirof

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi uslubchisi "Mard Oʻgʻlon" Davlat mukofoti bilan taqdirlandi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan maktabdan tashqari ta'lim tizimida olib borayotgan samarali mehnat faoliyati uchun Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Uslubiy boʻlim uslubchisi Abbos Xurramov "Mard Oʻgʻlon" Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Abbos Xurramovni "Mard Oʻgʻlon" Davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etgan holda kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi!

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
2.6K viewsedited  08:07
Ochish/sharhlash
2023-06-30 07:22:35 Assalomu alaykum!
Bugun 30-iyun, Juma.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro asteroid kuni
Butujahon ijtimoiy tarmoqlar kuni
O‘zbekistonda yoshlar kuni
Gvatemalada armiya kuni
Dominikanda o‘qituvchilar kuni

VOQEALAR:

1936-yil — Margaret Mitchellning “Shamollarda qolgan hislarim” kitobining birinchi nashri chop etildi.
1941-yil — Britaniya olimlari hukumatga atom bombasini yaratish imkoniyati haqida xabar berdi.
1948-yil — “Bell Laboratories” olimlari Uilyam Shokli, Valter Brattain va Jon Bardin tranzistor ixtiro qilishganini e'lon qildi.
1964-yil — Oy birinchi marta yaqin masofadan suratga olindi.
2017-yil — Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 30-iyun “Yoshlar kuni” etib belgilandi.

TAVALLUDLAR:

1911 yil – Cheslav Milosh (vaf. 2004), polshalik shoir, tarjimon, esseist, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti
1930-yil — To‘lqin Mirkomilov — kimyogar olim
1941-yil — O‘lmas Alixo‘jayev — aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
1942-yil — Robert Ballard — halokatga uchrab, cho‘kib ketgan “Titanik”ni topgan amerikalik geology.
1966-yil — Mayk Tayson — amerikalik bokschi, og‘ir vazn toifasida so‘zsiz jahon chempioni.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
2.1K views04:22
Ochish/sharhlash
2023-06-29 06:51:02 Assalomu alaykum!
Bugun 29-iyun, Payshanba

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Xalqaro sanoat dizayni kuni
Grenadada baliqchilar kuni
Indoneziyada oila kuni
Ekvadorda muhandislar kuni
Fijida sport kuni

VOQEALAR:

1914-yil — Arktikada samolyotlarning bilan birinchi parvozlar boshlandi.
1916-yil — Boeing samolyotining birinchi parvozi amalga oshirildi.
1964-yil — Televizorni masofadan boshqarish pulti yaratildi.
1973-yil — Arktika doirasidan tashqarida dunyodagi birinchi atom elektr stantsiyasi bo‘lgan Kol atom elektr stantsiyasi ishga tushirildi.
1975-yil — Kurchatov nomidagi Yadro energetikasi institutida dunyodagi eng yirik “Tokamak-10” termoyadro qurilmasi ishga tushirildi.
2007-yil — AQShda birinchi “iPhone” sotuvga chiqdi.

TAVALLUDLAR:

1516-yil — Rembert Dodoens — botanik, shifokor, geograf, astronom.
1746-yil — Ioaxim Geynrix Kampe — nemis pedagogi, noshir, yozuvchi va filolog.
1911-yil — Bernard Lippe-Bisterfeldskiy — Butunjahon yovvoyi tabiat fondining birinchi prezidenti.
1925-yil — Jorjio Napolitano — italiyalik siyosatchi, Italiya prezidenti
1957-yil — Gurbanguli Berdimuhamedov — sobiq Turkmaniston prezidenti.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
2.6K viewsedited  03:51
Ochish/sharhlash
2023-06-28 03:20:03
Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni bugungi mehr-oqibat, ezgulik va sahovat ayyomi, muborak Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan samimiy qutlaymiz!

Ushbu muqaddas kunda avvalo, ona yurtimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz doimo musaffo bo‘lishini tilaymiz!

Barchangizning oilangizga sog‘lik, omonlik, baxt va saodat tilaymiz!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi jamoasi!

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
3.5K views00:20
Ochish/sharhlash
2023-06-27 14:07:52
Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan Media boʻlimi xodimlari tabriklandi

Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi rahbariyati tomonidan 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimizga xolisona yetkazib berishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining o'rni alohida ekanligi ta'kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida maktabdan tashqari ta’lim tizimi faoliyatini keng yoritishda faollik ko'rsatayotgan Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining Media boʻlimi xodimlari hamda barcha soha vakillariga minnatdorchilik bildirilib, ularni kelgusi ishlarida omad va zafarlar yoʻllandi.

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE
2.3K views11:07
Ochish/sharhlash