Assalomu alaykum! Bugun 3-iyul, Dushanba. Maktabgacha va ma | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Assalomu alaykum!
Bugun 3-iyul, Dushanba.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!
BAYRAMLAR:
Xalqaro polietilien paketlardan voz kechish kuni
Myanmada ayollar kuni
Argentinada muhandislar kuni
VOQEALAR:
1835-yil — Pulkovskaya tog‘idagi Pulkovo rasadxonasining asosiy binosi ochildi.
1915-yil — Turkiyada birinchi qog‘oz pul muomalaga chiqarildi.
1927-yil — Qoraqalpog‘istondagi Beruniy tumani tashkil topdi.
1928-yil — birinchi televizorlar sotuvga chiqarildi. Ularning narxi 75 dollar.
1954-yil — Buyuk Britaniyada karta tizimi bekor qilindi.
TAVALLUDLAR:
1850-yil — Alfredo Keil — portugaliyalik bastakor, Portugaliya milliy madhiyasi musiqasi muallifi.
1858-yil — Charlz Shuxert — amerikalik geolog, paleontolog, paleograf, Yel universiteti professori.
1900-yil — Margarita Rudomino — sobiq ittifoq kutubxonachisi, hozirda uning nomini olgan chet el adabiyoti kutubxonasining asoschisi va birinchi rahbari.
1987-yil — Sebastian Fettel — nemis poygachisi, “Formula 1” ning to‘rt karra chempioni.
Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE