Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 1-iyul, Shanba Maktabgacha va maktab | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Assalomu alaykum!
Bugun 1-iyul, Shanba

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi!

BAYRAMLAR:

Ozarbayjonda Boku xalqi kuni
Armanistonda prokurorlar kuni
Qirg‘izistonda soliq xodimlari kuni
Ruandada Mustaqillik kuni
Turkiyada Dengiz kuchlari kuni

VOQEALAR:

1875-yil — Butunjahon pochta ittifoqi o‘z faoliyatini boshladi.
1877-yil — Birinchi Uimbldon tennis turniri boshlandi.
1991-yil — Pragada Varshava shartnomasini rasmiy ravishda tarqatib yuborish to‘g‘risidagi protokol imzolandi.
1994-yil — O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘m muomalaga kiritildi.
1999-yil — Shotlandiya parlamenti 300 yil ichida birinchi marta ochildi.

TAVALLUDLAR:

1788-yil — Jan-Viktor Ponsele — fransuz matematigi, muhandisi, proyektiv geometriya asoschisi.
1844-yil — Verney Kemeron — Ekvatorial Afrikani birinchi bo‘lib kesib o‘tgan ingliz tadqiqotchisi.
1903-yil — Emi Jonson — britaniyalik uchuvchi, Angliyadan Avstraliyaga bir o‘zi parvoz qilgan dunyodagi birinchi ayol.
1908-yil — Este Lauder — amerikalik ishbilarmon ayol, “Estee Lauder” korporatsiyasi asoschisi va birinchi ijrochi direktori.
1914-yil — Kristl Kranz — nemis tog‘ chang‘isichi, 1936-yilgi Olimpiya chempioni, 12 karra jahon chempioni.

Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE