Get Mystery Box with random crypto!

Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan Me | Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan Media boʻlimi xodimlari tabriklandi

Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi rahbariyati tomonidan 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimizga xolisona yetkazib berishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining o'rni alohida ekanligi ta'kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida maktabdan tashqari ta’lim tizimi faoliyatini keng yoritishda faollik ko'rsatayotgan Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining Media boʻlimi xodimlari hamda barcha soha vakillariga minnatdorchilik bildirilib, ularni kelgusi ishlarida omad va zafarlar yoʻllandi.

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE