O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi
2024-yil
17-mart kuni barcha hududlarda
o‘zbek tili va adabiyot fanidan
milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahrida tashkil etildi.
Unda jami
17 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va
14 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
Imtihon natijalari
yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika —
Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube