Get Mystery Box with random crypto!

Test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi 2024-yil 6-14- | Bilimni baholash agentligi

Test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi

2024-yil 6-14-mart kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan 15 ta umumta’lim fani bo‘yicha test topshiriqlari aprobatsiyasi o‘tkazildi.

Test topshiriqlari aprobatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda 2024-2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlari aprobatsiyadan o‘tkazildi.

Aprobatsiyada o‘quv markazlari o‘quvchilari hamda akademik litsey, ixtisoslashtirilgan maktablar va umumta’lim maktablarining 8 ming nafardan ziyod bitiruvchisi ishtirok etdi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube