Get Mystery Box with random crypto!

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi 2024- | Bilimni baholash agentligi

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2024-yil 3-mart kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 4-7- va 11-12-mart kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazildi.

Unda 5,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 4 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: imtihon natijalari 19-mart kuni e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube