Get Mystery Box with random crypto!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti A
Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
Kanal manzili: @avloniyuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 116.49K
Kanalning ta’rifi

Facebook
https://www.facebook.com/avloniy.uz
Website
http://avloniy.uz/
YouTube
https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA
Қайта тайёрлов:
https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov
LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-03-21 09:54:59
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, hamkasblar va do'stlar!

Navro‘z umumxalq bayrami bilan barchangizni tabriklaymiz. Mazkur bayram xonadoningizga tinchlik, osoyishtalik, baxt va omad, baraka olib kelsin. Jamiyki ezgu niyat va maqsadlaringiz amalga oshsin!
Mas'uliyatli va sharafli bo'lgan ustozlik faoliyatingizda ilmiy va ijodiy yutuqlar tilaymiz!

Hurmat bilan,
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti jamoasi
22.9K viewsedited  06:54
Ochish/sharhlash
2024-03-21 02:16:02
#FOTOREPORTAJ

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova “O‘quv-metodik kengashlar faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yishda kengash a’zolarining shaxsiy mas’uliyati”

Navoiy viloyati pedagogika markazi direktor oʻrinbosari, p.f.n dotsent A.Pulotov tomonidan “Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi o‘quv-metodik kengashi va apellyatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar fanlar yo‘nalishi bo‘yicha sho‘balarga bo‘linib, mavzu doirasida taklif va mulohazalarini jamladilar.

Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi matbuot xizmati

Telegram http://t.me/navmohm
       Veb-sayt http://navoiymoi.uz
15.8K views23:16
Ochish/sharhlash
2024-03-20 13:42:55
PISA 2025 tadqiqotiga oid vazifalar bo‘yicha Avstraliyaning ACER tashkiloti bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori, PISA 2025 tadqiqoti milliy menejeri (National Project Manager) A.Ismailov, maʼlumotlar bilan ishlar bo‘yicha menejer S.Palvannazirov, Avstraliya taʼlim tadqiqotlari kengashining tadqiqotlar bo‘yicha rahbari (ACER) Eveline Gebhardt hamda Baholash va psixometrika tadqiqotlari yo‘nalishi masʼul xodimi Tiffani Olivia qatnashdi.

Maʼlumot uchun: ACER tashkiloti PISA 2025 xalqaro tadqiqotini dunyo mamlakatlarida joriy etish bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan Bosh pudratchi tashkilot etib belgilangan.

Muhokama davomida tadqiqot doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tajriba-sinoviga tayyorgarlik jarayonlari, shu jumladan, test va so‘rovnoma materiallarining tarjima, tahrir va xalqaro verifikatsiyadan o‘tganligi, maktablarning tanlab olinganligi, tajriba-sinovini o‘tkazish sanalarining xalqaro grafiklarga muvofiq kelayotganligi va boshqa turli masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, keyingi bosqichlarni samarali amalga oshirish uchun taklif va tavsiyalar berildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
19.4K views10:42
Ochish/sharhlash
2024-03-20 10:08:26 Menejerlik o‘quv kursi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi.

Bu to‘g‘risida OAVlarda

Axborot 24 - o‘zbek tilida - https://t.me/mtrkuzofficial/197772

Axborot 24 - rus tilida - https://t.me/mtrkuzofficial/197763

Yoshlar telekanali - https://t.me/Yangidavr_rasmiy/17670

UzA - https://uza.uz/posts/581061

Maʼrifat - https://t.me/marifatziyo/11610?single

Aniq.uz - https://t.me/aniquzbek/102984

O'zbekiston 24 radiokanali

Toshkent telekanali - https://t.me/toshkentkanali/11763

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
19.8K viewsedited  07:08
Ochish/sharhlash
2024-03-20 09:21:47
Menejerlik o‘quv kursi bitiruvchilariga "Menejerlik sertifikati"ni topshirish tadbiridan video lavha.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
18.9K views06:21
Ochish/sharhlash
2024-03-19 15:45:00
Lissabonda TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotining natijalari yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tmoqda

Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan joriy yilning 17-22-mart kunlari Portugaliyaning Lissabon shahrida TIMSS 2023 tadqiqoti doirasida Milliy loyiha koordinatorlarning yettinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur uchrashuvda IEA (Gamburg va Amsterdam), TIMSS&PIRLS xalqaro tadqiqot markazi, RTI tashkilotlari hamda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlar qatorida O’zbekiston vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Xalqaro uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda taqdimotlar va treninglar o‘tkazilishi belgilangan:

TIMSS 2023 tadqiqotining tashkil etish va ma’lumotlarni boshqarish jihatlari;
Xalqaro sifat nazoratchilarining tahlillari;
Tadqiqot ishtirokchilarining tanlab olish jarayonlari;
Mamlakatlarning ta’lim tizimlariga oid ensiklopediyalarini muhokama qilish;
Baholash metodologiyasi va uni amalga oshirish;
Matematika va tabiiy fanlar bo’yicha loyihaviy hisobot tahlili;
So’rovnomalar bo’yicha loyihaviy hisobot tahlili.

Maʼlumot uchun: TIMSS 2023 tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari 2023-yil 17-apreldan 5-mayga qadar reprezentativlik asosida tanlab olingan 166 ta maktablarda o‘tkazilgan. Unda jami 8800 nafar 4-va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha sinov jarayonlarida hamda kontekst soʻrovnomalarda ishtiroki ta'minlangan.

Shu bilan birga, 166 nafar maktab direktori, 1035 nafar matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchilari va 4450 nafar ota-onalar
soʻrovnomalarda ishtirok etgan bo'lib, natijalar 2024-yil dekabr oyida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
23.4K views12:45
Ochish/sharhlash
2024-03-19 15:00:00
Menejerlik o‘quv kursi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Maktab direktorligiga nomzodlar uchun tashkil etilgan "Menejerlik o'quv kursi" ning ilk 64 nafar bitiruvchilariga "Menejerlik sertifikatlari" topshirildi.

Eslatib o'tish joizki, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida joriy yil fevral oyidan boshlab menejerlik o'quv kurslari tashkil etilgan edi.

Unda zamonaviy rahbarlar uchun faoliyati davomida zarur bo'ladigan ko'nikmalar nazariy va amaliy jihatdan uyg'unlashgan holda o'qitildi.

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarova boshchiligida Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan taqdqirlash marosimida bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
22.2K views12:00
Ochish/sharhlash
2024-03-16 10:50:33
Hashar - xalqimizning bebaho qadriyatlaridan

O‘lkamizga bahor fasli kirib kelishi xalqimizning urf-odatlari, qadriyatlarida namoyon bo‘ladi.

Umumxalq hasharlarining o‘tkazilishi xalqimiz orasida hamjihatlik, o‘zgalarga ko‘mak qo‘lini uzatish, ahillik kabi fazilatlarning yana-da kuchayishiga, mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Bu yilgi umumxalq hashari ham 16-18 mart kunlari Navro‘z bayrami arafasida hamda ozodalik va poklik oyi bo‘lgan muborak Ramazon oyida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida ham "Navro‘z" umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, binolar, ko‘chalar va hududdagi bog‘larni obodonlashtirish maqsadida “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Institut hududidagi yerlar yumshatilib, daraxtlarga shakl berilmoqda. Ariqlar, tomorqa va yo‘laklar tozalanib, tartibga keltirilmoqda.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
16.0K views07:50
Ochish/sharhlash
2024-03-15 14:12:49
A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rahbariyati Belorussiya Respublikasining “Taʼlim akademiyasi” davlat taʼlim muassasasi rahbariyati bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori A.Ismailov hamda Belorussiya Respublikasining Taʼlim akademiyasi davlat taʼlim muassasasi rektori I.Starovoytova ikki tomonlama hamkorlik aloqalari borasida fikr almashdilar.

Tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan, maktab taʼlimi pedagog xodimlarining malakasini oshirishda o‘zaro hamkorlik qilish, stajirovkalarni tashkil etish, hamkorlikda konferensiya, seminar treninglar hamda tadbirlarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil qilib, tajriba ulashish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hamkorlik kelishuv doirasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, rejalar kelishib olindi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
22.0K views11:12
Ochish/sharhlash
2024-03-15 07:39:37
Menejerlik o‘quv kursiga qabul tartibi qanday amalga oshiriladi?

Menejerlik o‘quv kursiga talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, mart oyida qo‘shimcha 150 nafar, jami 300 nafar nomzodlar qabul qilindi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
37.3K viewsedited  04:39
Ochish/sharhlash