Get Mystery Box with random crypto!

PISA 2025 tadqiqotiga oid vazifalar bo‘yicha Avstraliyaning AC | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

PISA 2025 tadqiqotiga oid vazifalar bo‘yicha Avstraliyaning ACER tashkiloti bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori, PISA 2025 tadqiqoti milliy menejeri (National Project Manager) A.Ismailov, maʼlumotlar bilan ishlar bo‘yicha menejer S.Palvannazirov, Avstraliya taʼlim tadqiqotlari kengashining tadqiqotlar bo‘yicha rahbari (ACER) Eveline Gebhardt hamda Baholash va psixometrika tadqiqotlari yo‘nalishi masʼul xodimi Tiffani Olivia qatnashdi.

Maʼlumot uchun: ACER tashkiloti PISA 2025 xalqaro tadqiqotini dunyo mamlakatlarida joriy etish bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan Bosh pudratchi tashkilot etib belgilangan.

Muhokama davomida tadqiqot doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tajriba-sinoviga tayyorgarlik jarayonlari, shu jumladan, test va so‘rovnoma materiallarining tarjima, tahrir va xalqaro verifikatsiyadan o‘tganligi, maktablarning tanlab olinganligi, tajriba-sinovini o‘tkazish sanalarining xalqaro grafiklarga muvofiq kelayotganligi va boshqa turli masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, keyingi bosqichlarni samarali amalga oshirish uchun taklif va tavsiyalar berildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram