Get Mystery Box with random crypto!

Lissabonda TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotining natijalari yuzasid | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Lissabonda TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotining natijalari yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tmoqda

Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan joriy yilning 17-22-mart kunlari Portugaliyaning Lissabon shahrida TIMSS 2023 tadqiqoti doirasida Milliy loyiha koordinatorlarning yettinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur uchrashuvda IEA (Gamburg va Amsterdam), TIMSS&PIRLS xalqaro tadqiqot markazi, RTI tashkilotlari hamda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlar qatorida O’zbekiston vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Xalqaro uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda taqdimotlar va treninglar o‘tkazilishi belgilangan:

TIMSS 2023 tadqiqotining tashkil etish va ma’lumotlarni boshqarish jihatlari;
Xalqaro sifat nazoratchilarining tahlillari;
Tadqiqot ishtirokchilarining tanlab olish jarayonlari;
Mamlakatlarning ta’lim tizimlariga oid ensiklopediyalarini muhokama qilish;
Baholash metodologiyasi va uni amalga oshirish;
Matematika va tabiiy fanlar bo’yicha loyihaviy hisobot tahlili;
So’rovnomalar bo’yicha loyihaviy hisobot tahlili.

Maʼlumot uchun: TIMSS 2023 tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari 2023-yil 17-apreldan 5-mayga qadar reprezentativlik asosida tanlab olingan 166 ta maktablarda o‘tkazilgan. Unda jami 8800 nafar 4-va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha sinov jarayonlarida hamda kontekst soʻrovnomalarda ishtiroki ta'minlangan.

Shu bilan birga, 166 nafar maktab direktori, 1035 nafar matematika va tabiiy fanlar o‘qituvchilari va 4450 nafar ota-onalar
soʻrovnomalarda ishtirok etgan bo'lib, natijalar 2024-yil dekabr oyida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram