Get Mystery Box with random crypto!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti A
Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
Kanal manzili: @avloniyuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 116.49K
Kanalning ta’rifi

Facebook
https://www.facebook.com/avloniy.uz
Website
http://avloniy.uz/
YouTube
https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA
Қайта тайёрлов:
https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov
LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-04-01 12:12:37
#Jonli_efir

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining 2023-yilgi yakuniy sarhisobi hamda joriy yilda vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga bag’ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

Jonli efirni quyidagi havola orqali kuzatib boring.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
13.6K views09:12
Ochish/sharhlash
2024-03-31 13:10:02
Menejerlik o‘quv kurs tinglovchilarining yakuniy sinovlari o‘tkazildi

Eslatib o‘tamiz, mart oyida tashkil etilgan menejerlik o‘quv kurslariga jami 144 nafar tinglovchi qabul qilingan edi.

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan mazkur kurs tinglovchilari maktabda o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, taʼlim menejmenti, o‘zini va o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish, inson resurslarini boshqarish, ish yuritish va hisobot, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlash modullari bo‘yicha yakuniy sinovlari (test, keys hamda amaliy topshiriqlar)ni topshirdilar.

Amaliy topshiriqlar ishida tinglovchilar tanlanma muammoli mavzular doirasida tadqiqot ishini olib borib, muammoli vaziyatlarni o‘rgandi hamda ularga yechim topishda mahalliy va xorijiy tajribalarni tahlil qilib, muammolarning yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdilar.

Tinglovchilarning amaliy topshiriqlar taqdimoti Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan shakllantirilgan, tajribali mutaxassislardan iborat komissiya aʼzolari tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
23.1K views10:10
Ochish/sharhlash
2024-03-31 13:03:36
#forum

“XXI ASR PEDAGOGI: KASBIY EVOLYUTSIYA VA INNOVATSION YONDASHUVLAR”


30- mart kuni O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va
Maktab ta’limi  vazirligi, Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar milliy ofisi va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida
“XXI asr pedagogi: kasbiy evolyutsiya va
Innovatsion yondashuvlar” ilmiy-amaliy forum tashkil etildi.
Forumda Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi professor-o‘qituvchilari hamda boshqa ishtirokchi olimlar tomonidan XXI asr zamonaviy ta’limini isloh qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan mavzulardagi ma'rizalari orqali ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalari berildi.
Ma’ruzalardan so‘ng ishtirokchilar bilan ochiq debat tashkil etildi.

Milliy markaz rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram |  Instagram |  Facebook | Website
19.3K views10:03
Ochish/sharhlash
2024-03-29 12:29:59
O‘qituvchilar professionallar sifatida qadrlanadimi?

Jamiyat o‘qituvchilardan nima kutadi?

Mazkur video rolik orqali TALIS tadqiqoti doirasida olingan maʼlumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
19.5K views09:29
Ochish/sharhlash
2024-03-29 11:59:58
Ta‘limda sifat, samaradorlik va rag‘bat

Mamlakatimizda pedagoglar maqomini oshirish, ta‘lim sharoitlarini takomillashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

“O‘zbekiston24” teleradiokanalining studiya 24 dasturida shu kabi masalalar doirasida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Dilafruz Azamatova.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
19.4K viewsedited  08:59
Ochish/sharhlash
2024-03-29 09:15:56 QAYSI PEDAGOG KADRLAR QAYTA TAYYORLASH KURSLARIDA TAHSIL OLISHLARI MUMKIN?
DIQQAT!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti informatika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi

Bunda quyidagi oliy ma’lumotli mutaxassislar qayta tayyorlash kurslarida o‘qishlari mumkin:

Matematika o‘qituvchisi
Fizika va astronomiya o‘qituvchisi
Texnologiya (mehnat ta'limi) o‘qituvchisi
Kasbiy ta'lim (kompyuter texnologiyalari va informatika ta'lim sohasi)
Injener-pedagog

Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67(2)

Telegram orqali murojaat, savol va takliflarinigizni https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov telegram guruhiga yo‘llashingiz mumkin.

Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi postlarimizda.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
21.0K viewsedited  06:15
Ochish/sharhlash
2024-03-29 08:18:26
Ta'lim sifatini yaxshilash - ustuvor vazifa

Maktab taʼlimi tizimidagi pedagog-o‘qituvchilar malakasini oshirishda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Bu to‘g‘rida O‘zbekiston 24 teleradiokanalining studiya 24 dasturida.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
21.2K viewsedited  05:18
Ochish/sharhlash
2024-03-28 20:11:08
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълимини ривожлантириш ва сифатини оширишга оид режалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией планов по развитию и повышению качества школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
18.0K views17:11
Ochish/sharhlash
2024-03-27 11:25:09 #Menejerlik_sertifikati

Menejerlik sertifikatiga o'qish davrida ish haqqi saqlab qolinadimi? Ushbu sertifikatga ega nomzodlarga ustama belgilanadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga muvofiq, endi maktab direktorlarining vakant lavozimlariga faqat menejerlik sertifikati mavjud va rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar orasidan tanlab olinadi.

Bunda maktab direktorligiga nomzod xodimlar ish jarayonidan ajralgan holda o‘qisa ish haqqi saqlanmasligi nazarda tutilgan.

Reja-taqsimot bo‘yicha amaldagi direktorlar ishdan ajralgan holda jalb etiladi. Bunda ish haqqi saqlanadi, xizmat safari xarajatlari asosiy ish joyidan qoplanadi.

2024-yil sentabr oyidan boshlab tegishli menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan:

maktab direktorlariga — 50 %;
direktor o‘rinbosarlariga — 30 % miqdorida
qo‘shimcha ustama berilishi belgilangan.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
19.8K views08:25
Ochish/sharhlash
2024-03-22 08:01:29
#Jarayon

Joriy yilning 18-mart kuni Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi hamda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida Profi universitetining faollar zalida “Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining o‘quv-metodik kengashi maqsadi va asosiy vazifalari” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘quv-metodik kengashi a’zolari, ta’lim sohasiga mas’ul mutasaddi rahbarlar hamda pedagoglar ishtirok etdi.

Seminarni Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori, pedagogika fanlari doktori, professor F. Ro‘ziqulov ochib berdi.

Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi matbuot xizmati

Telegram http://t.me/navmohm
       Veb-sayt http://navoiymoi.uz
17.9K views05:01
Ochish/sharhlash