Get Mystery Box with random crypto!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti A
Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
Kanal manzili: @avloniyuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 116.49K
Kanalning ta’rifi

Facebook
https://www.facebook.com/avloniy.uz
Website
http://avloniy.uz/
YouTube
https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA
Қайта тайёрлов:
https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov
LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2024-03-06 13:55:43
#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird: “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan ta'limdagi yangiliklar va islohotlar.

Ta'limga kiritilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
12.9K views10:55
Ochish/sharhlash
2024-03-05 10:06:58
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Suhbat jarayoni natijalariga ko‘ra 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha 14 nafar talabgor va 13.00.07-Ta’limda menjement ixtisosligi bo‘yicha 23 nafar talabgor MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul qilindi. Jarayonlar onlayn translyatsiya orqali yoritib borildi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
25.0K views07:06
Ochish/sharhlash
2024-03-04 20:32:25
TALIS 2024 asosiy so'rovnoma jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha vebinar-trening o'tkazildi!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida 2024-yil 1-mart kuni TALIS 2024 asosiy so‘rovnomasida "Maktab koordinatorlarining vazifalari" to‘g‘risida vebinar-trening tashkil etildi.

TALIS 2024 tadqiqoti uchun tasodifiylik asosida 14 ta hududlardan jami 210 ta maktablar Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tanlangan bo'lib, joriy yilning 5-31- mart kunlari taxminan 4200 nafar o‘qituvchilar asosiy so'rovnoma jarayonlarida ishtirok etadilar.

Ma'lumot o'rnida:
TALIS
(Teaching and Learning International Survey) — o'qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta'lim muhiti va boshqaruvini baholashga qaratilgan birinchi hamda eng yirik xalqaro tadqiqot. Tadqiqot maktab o'qituvchilari va direktorlariga kasbiy va pedagogik rivojlanishlari bo'yicha nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o'z fikrini bildirish imkonini beradi.

Tadqiqotning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o'qitish va o'rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta'lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo'nalishlarni ko'rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma'lumotlar taqdim etish.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
27.6K views17:32
Ochish/sharhlash
2024-03-04 20:22:43
O‘zbekistonning ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlaridagi ishtiroki
#uzbekiston24

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlari oʻzbekistonlik oʻquvchilarining PISA xalqaro tadqiqotlaridagi ishtiroki, keyingi tadqiqotlarga tayyorgarlik hamda oʻquv dasturlarini takomillashtirish borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida “Oʻzbekiston24” telekanali orqali maʼlumot berishdi.

Youtube (HD)da ko'rish:



Telegram Instagram
Facebook X (Twitter)
YouTube Trm.uz
21.7K views17:22
Ochish/sharhlash
2024-03-04 18:41:10
Menejerlik o‘quv kurs tinglovchilarining yakuniy sinovlari o‘tkazildi

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan mazkur kurs tinglovchilari maktabda o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, taʼlim menejmenti, o‘zini va o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish, inson resurslarini boshqarish, ish yuritish va hisobot, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlash modullari bo‘yicha yakuniy sinovlari (test, keys hamda amaliy topshiriqlar)ni topshirdilar.

Amaliy topshiriqlar ishida tinglovchilar tanlanma muammoli mavzular doirasida tadqiqot ishini olib borib, muammoli vaziyatlarni o‘rgandi hamda ularga yechim topishda mahalliy va xorijiy tajribalarni tahlil qilib, muammolarning yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdilar.

Tinglovchilarning amaliy topshiriqlar taqdimoti Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan shakllantirilgan, tajribali mutaxassislardan iborat komissiya aʼzolari tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
26.0K views15:41
Ochish/sharhlash
2024-02-29 04:49:02
MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA qabul qilingan talabgorlar DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan "Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida mustaqil izlanuvchilikka qabul eʼlon qilingan edi.

Bugun, 29-fevral soat 10 - 00 da milliy-tadqiqot institutida 13.00.07-Taʼlimda menejment ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka suhbat bo'lib o'tadi.

Suhbat jarayonlarini quyidagi havola orqali jonli kuzatishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/avloniyuzb

Manzil: Toshkent, Ziyo ko'chasi, 6-uy
Asosiy o‘quv binosi, 103-xona


Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook | YouTube |  Instagram
21.1K viewsedited  01:49
Ochish/sharhlash
2024-02-27 10:29:04
Hurmatli pedagoglar!

Ertaga — 28-fevral kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.

Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.

Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
13.1K views07:29
Ochish/sharhlash
2024-02-26 19:26:10
#Xalqaro_hamkorlik

O’zbekiston va Singapur Ta’lim vazirliklari o’rtasida o’zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi


Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligida Singapur davlatida bo'lib turgan vazirlik delegatsiyasi vakillari Singapur Ta'lim vazirligida bo'lishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sifatini yaxshilash, ta'limda ilg’or tajribalarni qo’llash, shu jumladan kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, vazirlik delegatsiyasi vakillari Singapurning National Institute of Education (Milliy Ta'lim Instituti) da bo‘lib, amaldagi pedagoglar malakasini oshirish yuzasidan taqdimot qilishdi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida:

malaka oshirish tizimi hamda o’quv dasturlari va kontentlarni takomillashtirish,
ta’lim berish sifatini yaxshilash va boshqa yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
22.1K views16:26
Ochish/sharhlash
2024-02-24 20:06:47
#Insta_loyiha2
#Maktab

Яхши тарбия — бу бизнинг бахтли кексалигимиз, ёмон тарбия — ғам-аламларимиз, кўз ёшларимиз ва бутун мамлакат олдидаги айбимиздир.
——————

Видеоролик “Баркамол авлод” болалар мактаби ва Тошкент шаҳридаги 243-мактаб устозлари, ўқувчилари ва мактаб раҳбарияти иштирокида тайёрланди.

Telegram
24.3K views17:06
Ochish/sharhlash
2024-02-24 10:40:10
#Respublika_tashkilotlari

Ta'limga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib borishni istaysizmi?

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi tashkilotlar hamda oliy ta'lim muassasalarining rasmiy sahifalari bilan tanishib boring:

Maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga doir yangiliklar t.me/mdokanal

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar haqidagi eng qaynoq xabarlar t.me/piimauz

Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar t.me/avloniyuz

O'qituvchilar uchun foydali havolalar hamda sohaga doir yangiliklar t.me/uzluksiz_rivojlanish

Ustozlar uchun pedagogik ko'mak
t.me/rtm_metodik_xizmat

Barkamol avlod bolalar maktablari haqida t.me/Barkamolbolalarmaktabi

Toshkent davlat pedagogika universiteti va uning faoliyati https://t.me/TDPU_uz

"Yangi O'zbekiston" universiteti faoliyati bilan bog'liq yangiliklar t.me/newuzbekistanuniversity

Fan olimpiadalari bo’yicha eng sara xabarlar
https://t.me/olimpdep

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
25.3K views07:40
Ochish/sharhlash